N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
oq, sariq, ko‘k, qizil rangli hurir yopinchiqlar bilan bezandi.Quyidagi
parchada esa adib qush uyadoshlaridan mahorat bilan foydalangan: G‘oz, o‘rdak, oqqush, qilquyruqlar osmonni to‘ldirib qag‘illashib yuqori-quyi uchmoqda. Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya karvonidek uchmoqda. Kaklik xush ovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoqda, uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora. Bu parchadagi kaklik, qilquyruq so‘zlari o‘quvchilar uchun notanish. O‘qituvchi matnni o‘qib bo‘lgach, o‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob qiladi: – O‘quvchilar, matnda rang ma’nosini bildiruvchi qanday so‘zlar qo‘llanilgan? – Yashil, oq, sariq, ko‘k, qizil so‘zlari. – O‘quvchilar qizil, sariq ranglarning ham turli xil ko‘rinishlari bor. Masalan, qizil rangning pushti, gulobi, qirmizi kabi turlari, sariq rangning za’faron, zarg‘aldoq, sarg‘ish, malla kabi turlari bor. Shunday deb o‘qituvchi bu ranglarning rasmini ko‘rsatadi. Shundan so‘ng matndagi qush nomlari ustida ishlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matndan qushlar nomini bildiruvchi so‘zlarni toptirib, ularning izohini lug‘atdan o‘qitadi. O‘quvchilar qushlar haqida ma’lumot olgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga shunday deb savol beradi : – Yozuvchi qushlar hayotini qanday tasvirlagan? Matndan qushlar haqidagi gaplarni o‘qing. O‘quvchilar matndagi qushlarning xatti-harakati tasvirlangan gaplarni o‘qiydi. Matndagi qilquyruq so‘zi o‘quvchilar uchun tushunarsiz. Shuning uchun o‘qituvchi bu so‘zning izohini lug‘atdan o‘qib beradi. Qilquyruq – dumi uzun va ingichka qush. So‘ng bu qushning rasmini ko‘rsatadi. “Jala darakchisi” she’ridagi jala so‘zi yomg‘ir so‘zining uyadoshidir. Jala so‘ziga “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at”da “shiddatli yomg‘ir” deb izoh berilgan. 67 O‘qituvchi jala so‘zining ma’nosini izohlagach, o‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob qiladi. – O‘quvchilar, jala yomg‘irning bir turi ekan. Yomg‘ir esa yog‘inning bir turi. Aytinglar-chi tabiatda yana qanday yog‘in turlari uchraydi ? – Qor, do‘l, – deb javob beradi o‘quvchilar. – O‘quvchilar, bulardan tashqari tabiatda shudring, qirov, bulduriq kabi yog‘in turlari ham uchraydi. Shudring – bahor, yozda kechasi havodan tushadigan musaffo tomchi. Kuzatgan bo‘lsangizlar tongda daraxtkar bargida, maysalarda, gullar yuzida suv tomchilari yaltirab turadi. Ana shu tomchilar shudring deyiladi. Qirov esa kech kuzda yerning yoki narsalarning betida hosil bo‘ladigan yupqa qor zarralaridir. Qirov bulduriq ham deyiladi. “Navro‘z – bahor bayrami” matnida shirinlik, ko‘kat, non, taom uyadoshlariga mansub so‘zlar qo‘llangan. O‘qituvchi bu matnni o‘quvchilarga o‘qitgach, quyidagicha topshiriq beradi: Matndan shirinlik, ko‘kat, non, taomni bildiruvchi so‘zlarni topib, daftaringizga yozing. O‘quvchilar yozadi: Shirinliklar: shinni, qiyom, qandolat. Non: chalpak, kulcha, patir, lochira. Ko‘katlar: yalpiz, ismaloq. O‘qituvchi bu so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan o‘qib beradi va ular bildirgan narsalarning rasmini ko‘rsatadi. Boshlangʻich sinf o‘qish darslarida yuqorida ko‘rsatilgan tarzda ishlash o‘quvchilar nutqini uyadosh so‘zlar bilan boyitadi, ularning o‘simlik, hayvon, meva va boshqa hodisalar haqidagi tasavvurini kengaytiradi. Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling