N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Adizova

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar: 
1. Bog'lanishli nutqni o'stirish jarayonida o'quvchilarda hosil 
qilinadigan asosiy ko'nikmalarni ayting. 
2. «O´quvchilar bog'lanishli nutqini o'stirishda namunaviy 
matnning o`rni» mavzusida ahborot tayyorlang. 
3. Xikoya tarzidagi matnni og'zaki qisqartirib yoki tanlab qayta 
xikoyalashga bag'ishlangan dars ishlanmasini tayyorlang. 
4. 3- sinf «o´qish kitobi»dagi hikoyalarning biridan foydalanib, 
ijodiy qayta hikoyalash uchun matn tuzing. Qayta hikoyalashdagi ijodiy 
elementni ayting. 
5. 4- sinf o'quvchilari yozgan bayon matnini tahlil qilish chizmasini 
tuzing va shu asosda bir o'quvchi bayonini tahlil qiling. 
 
 


79 
4-MAVZU: BOG‘LANISHLI NUTQ. OG‘ZAKI QAYTA 
HIKOYA QILISH VA YOZMA BAYON. 
Tayanch atamalar: gap, gap ustida ishlash, gap bo’laklari, 
sintaksis, so’z birikmasi, morfologiya, gapning bosh bo‘laklari, og’zaki 
va yozma nutq, qayta hikoyalash, tanlab hikoyalash, qisqartirib qayta 
hikoyalash, ijodiy qayta hikoyalash, bayon. 
4.1. Og‘zaki va yozma qayta hikoyalash qo‘yiladigan talablar. 
Bayon o‘qib berilgan namunaviy matnni, matn mazmunini ma’lum 
tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir. 
Namunaviy matn og‘zaki va yozma hikoya qilinadi. Bayon 
yozishga tayyorgarlik o‘qish darslarida o‘qilgan asar matnnini qayta 
hikoyalash, savollarga javob berish, rejatuzish, reja asosida qayta 
hikoyalash jarayonida boshlanadi. Ona tili darslarida mashq ishlash 
jarayonida tayyorgarlik yozma shalda oshiriladi. Har qanday qayta 
hikoyalash asosida bayon yozish mumkin. Bayon bu kichik hajmdagi 
tuzilishi sodda matn tanlanadi. Keyin u murakkablashtirilib boriladi. 
Hikoya shaklidagi matnda asta-sekin tasvir muhokama elementlari bor 
matn tanlanadi. Qatnashuvchilari soni ko‘paytirib boriladi. Bayon asta-
sekin ijodiy xarakter kasb etib boradi. Boshlang‘ich sinf dasturiga 
ikkinchi sinfda o‘ttiz bir so‘zli matn tanlanadi. So‘roqlar yordamida 
bayonlar yoziladi. Uchinchi sinfda qirq oltmish so‘zli matn to‘rtinchi 
70-90 so‘zli mustaqil tuzilgan reja asosida bayon yoziladi. 
Bayonning ahamiyati: 
- bolalarda adabiy nutq to‘g‘ri shakllanadi 
- nutq madaniyati egallanadi 
- badiiy uslub singdiriladi 
- badiiy tilga sezgirlik oshiriladi 
Bayonning mavzulari: 
- kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn 
- tabiat bilan bog‘langan matn 
- fan-texnika madaniyat yutuqlarga oid matn 
Bayon 
mavzusi 
o‘quvchilarni 
bilimini 
kengaytiradi. 
Dunyoqarashini shakllantiradi. Qayta hikoyalashda til materiallaridan 
nutq aborotlaridan sintaktik qurilishdan foydalana olish zarur. Qayta 
hikoyalashda maxsus tayyorgarlikda quyidagi talablarga rioya qilinadi. 
1) Qayta hikoyalash turi haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi. 


80 
Matnga yaqinlashtirilib, tanlab, qisqartirilib, ijodiy qayta hikoyalanadi. 
2) Suhbat, matn mazmuni tahlil qilinadi. Tili oborotlari, gaplari 
aniqlanadi 
3) Qayta hikoyalanishni puxtalash uchun ifodali o‘qish. 
4) Matnni kompozitsiyali qismlarga bo‘lish sarlavha, reja tuzish. 
5) Matnni qayta hikoyalash kamchiliklarni tuzatish. 
6) Qayta hikoyalashni bolalar hayoti bilan bog‘lash. 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling