N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
To‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayon
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
To‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayon.
To‘liq qayta hikoyalash uchun hikoya tanlanadi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘p o‘tkaziladi. Bir kishining hikoya tarzidagi matn bo‘ladi. Matnda keyinchalik qahramonlarni tabiat tasvirini muhokama elementlarini bo‘lishi zarur. Qayta hikoyalash uchun tuzilgan savollar har bir gapga qaratilmasdan umumlashtiruvchi harakterda bo‘lishi kerak. To‘liq bayonga tayyorgarlik: 2-sinf ona tili: 49,57,147,146,172,187-mashqlar. To‘liq bayonda uchraydigan kamchiliklar: a) Hikoyani to‘g‘r boshlashni bilmaslik b) Matn mazmunini davom ettira olmaslik: v) Tushunmasdan noto‘g‘ri bayon qilish g) Bayon qilishda til kambag‘illigi Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun: a) Matnni qismlarga bo‘lish b) Qismlarga sarlavha topish v) Reja tuzish g) Reja asosida qayta hikoyalash Til kambag‘al bo‘lmasligi uchun til materiallari ustida ishlash. Bayon yozish quyidagicha uyushtiriladi. 1) Bolalarga bir- ikki marta o‘qib beriladi. 2) Suhbat: qismlarga bo‘lish, mazmuniy bog‘lanishlarni aniqlab reja tuzish. 3) Lug‘at ishi (so‘z ma’nosi va imlosi) 4) Muhim til birliklariga diqqat qilish. 5) Gaplar tuzdirish. 6) Qayta hikoyalash. 7) Yozish. Tanlab qayta hikoyalash matnning tor mavzusi, kichikroq so‘roqqa oid qism tanlanadi. Masalan: o‘qilgan matndagi qahramonlarning 81 ko‘rinishi, ikki qahramonning to‘qnashuvi, tabiat tasviri tanlanadi. Tanlab hikoyalash turlari: 1) qahramonning tashqi ko‘rinishini tanlab qayta hikoyalash, masalan, Odinaning qo‘y boqib kelgandan so‘ng boyning uni jazolashi; 2) tabiat tasvir. Matnning bir qismini unga chizilgan rasm asosida qayta hikoyalash; 3) o‘qituvchining topshirig‘i bilan hikoyaning bir epizodini qayta hikoyalash; 4) berilgan mavzu asarning turli o‘rinlaridan parchalar olib qayta hikoyalash. 5) qisqartirib qayta hikoyalashda quyidagi savollardan foydalaniladi: 6) har bir qismni bir gap bilan aytish, 1-qismdan asosiy gap qaysi? 7) ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi bor: 1) shaxsni o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon; 2) hikoyadagi biror qahramon tilidan qayta hikoyalash va bayon; 3) matnni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalash va bayon; 4) so‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Bunda quyidagi topshriqlar bajariladi: “Siz shunday holatda o‘zingizni qanday sezasiz? Bular rasmlarda tasvirlangan deb o‘ylang. Shu voqealar ko‘z oldingizdan o‘tayaptimi? Siz ko‘rgansiz, eshityapsiz o‘zingiz tasvirladim deb o‘ylang”. Qahramonning tashqi ko‘rinishini o‘ylashingiz mumkin. Suhbat orqali asosiy joylari ajratib olinadi. Reja tuziladi. Reja asosiy o‘rinlarni ifodalashi zarur. Tekshiruv bayoni asosan o‘quvchilarni bilimini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchi bilimidagi sayoz o‘rinlarni belgilab olish, xato kamchiliklarni bartaraf etish choralarini rejalashtirish. Tekshiruv bayoni bir o‘quv yilida 2-3 marta o‘tkaziladi. Uning turi to‘liq ta’limiy bayonniki kabi o‘tkazilish tartibi ham bayon turidan kelib chiqib, ta’limiy bayon kabi uyushtiriladi. Farqi shundaki, yozish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga yordam ko‘rsatmaydi, bu bayon turi 3-4 sinflarda chorak oxirida yoki biror katta bo‘lim o‘tib bo‘lingach o‘tkaziladi. Masalan: ona tilidan so‘z turkumlaridan ot, sifat, son, olmosh, fe’l o‘tib bo‘lingach, ularga doir bilimlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling