N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keyingi ishlar
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
5.2. O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keyingi ishlar.
Insho bola shaxsini shakllantirish vositasi. Bolalar voqea- hodisalarni sinchiklab kuzatishni o‘rganadi, fikrini izchil yoritishga o‘rganadi. Adabiy tilni egallaydi. Insho mavzusi: qahramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, maktab, ilm-xosiyati, ota-onalarga munosabat, kattalarga hurmat, tabiat, bayramlar, hayvonot dunyosi, yaxshilik, yomonlik, odob-ahloq mavzularida bo‘lishi o‘quvchilarning shunday ahloqiy xulqqa ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun: 1. Osondan qiyinga tamoyiliga amal qilish. Inshoni muntazam o‘tkazib borilsa, o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalaydi. 2. Inshoni hayot bilan bog‘lash. Kuzatishlar, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan hisobot, xat, maqola, taqriz shaklida yozishning ahamiyati katta. 3. Insho uchun maktab va o‘qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos mavzu tanlash. Mehnat, vatan, ahloqiy muammolar haqidagi mavzular kiradi. 4. Insho ustida ishlashda ishning emotsional darajasini oshirish. Tabiatni qiziqarli, obrazli, ta’sirli qilib tasvirlash. Mavzular: ”Bizning qishloq”, ”Jamoamiz dalasida”, ”Paxta boyligimiz”, ”Daraxt o‘tqazish”, ”Polizda”, ”Bizning gulzor”, ”Varrak”, ”Kim bo‘lsam ekan?”, ”Onam o‘qituvchi”, ”Bu mening bobom”. Eng yaxshi insho sinfda o‘qib beriladi. Konkurs e’lon qilinadi. Mavzu inshoning predmeti, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab material to‘planadi, faktlar yig‘iladi. Insho mavzusini to‘liq yoritish uchun uni tushunishga bog‘liq.. Eng asosiy narsa insho uchun mavzu tanlash. Mavzu tartiblangan, chegaralangan bo‘lishi lozim. Mavzular: “Karam uzish”, “Uzumzorda”, “Paxta terimi”, “Kuz kunlarining birida”, “Kech kuzda kolxoz bog‘i”, “Qorbo‘ron o‘ynadik”, “Yozgi ta’tilning bir kunida”... Mavzuni yoritish uchun o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi. M: “Uzumzorda” mavzusida insho yozish uchun: Uzumzor qishloqning qayerida joylashgan? U yerda kim bog‘bon bo‘lib ishlaydi? Qanday uzum turlari bor? Siz u yerga borganda nima qildingiz? Uzumzorni tasvirlovchi so‘z, birikmalar to‘plang. Gaplar tuzing. 90 Boqqa o‘zingizning munosabatingizni bildiring. Topshiriqlar yozdiriladi, material to‘planadi. To‘plangan materiallar og‘zkai savol- javob yo‘li bilan aniqlanadi, kamchiliklar tuzatiladi, reja tuziladi, so‘zlatiladi, so‘ng yozishga ruxsat beriladi. Reja-bu loyiha. Har bir og‘zaki va yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi – reja. 1-sinfda reja so‘roq gap shaklida, o‘qituvchi tomonidan tuzib beriladi. 2-sinfda o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar bilan jamoa bo‘lib tuziladi. Unda ham asosan so‘roq gap shaklida bo‘ladi. 3-sinfda jamoa bo‘lib tuziladi, darak gap shaklida bo‘ladi. 4-sinfda mustaqil tuziladi, darak gap, atov gap (ba’zi qismi) shaklida bo‘ladi. Reja 2,3,5 qismli bo`ladi. O‘quvchilar o‘qigan hikoyasiga reja tuzib, qayta hikoyalaydilar. So‘ng insho rejasini tuzadilar. So‘ng seriyali rasm asosida reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. So‘ng syujetli rasm va kuzatishlar asosda reja tuzishga o‘tadilar. Reja tuzishga o‘rganishdan oldin nima to‘xtatilinadi; keyin qanday davom ettiriladi, so‘ng nima haqida gapiriladi, nima bilan tugatiladi deb yo‘l-yo‘riq beriladi. Reja insho yozishga tayyorgarlik davrida tuziladi. Mavzu e’lon qilingach, ekskursiya kuzatishdan oldin tuzib olinsa, insho muvaffaqqiyatli yoziladi. Inshoga tayyorgarlikni o‘qituvchi boshqaradi. Tayyorgarlik davrida: 1) hikoya qilishga talab uyg‘otadigan vaziyat yaratish; 2) insho uchun material yig‘ish; 3) til vositalarini tanlash. Tayyorgarlik insho yozilishidan bir necha kun oldin boshlanadi. Darsdan tashqari vaqtlarda, boshqa dars jarayonida ham tayyorgarlik ko‘riladi. Insho ustida ishlash 3 bosqichda: 1) material to‘plash; kuzatish, ekskursiya, rasmni ko‘rib chiqish, kinofilm, spektakl ko‘rish, badiiy adabiyotlar o‘qish; 2) mavzuga doir mos materiallar tanlash, sistema solish joylashtirish, suhbat, muhokama qilish, zarur materiallarni ajratish, reja tuzish, lug‘at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorgarlik ko‘rish 3) inshoni nutqiy shakllantirish; insho matnni tuzish, yozish takomillashtirish, xatolarini to‘g‘rilash, tekshirish. 1-2-bosqichlardagilar darsdan tashqari paytlarda bajariladi. Tayyorlov bosqichida qancha ko‘p ishlansa, insho sifatli bo‘ladi. 91 Darsda yig‘ilgan materiallar yodiga tushirilsa, yozishga qiziqish uyg‘otiladi. 1-sinfda insho yozish bir dars, 2-sinfda bir dars keyingi soatdan 15- 20 daqiqa, 3-4 sinfda bir-bir yarim, ba’zan 2 dars ajratiladi. Xatolar ustida ishlashga 20-25 daqiqa ajratiladi. 1) mavzuni e’lon qilish, uni o‘quvchilar bilan muhokama qilish 2) to‘plangan materiallarni sistemaga solish, rasm asosida bo‘lsa, rasmni ko‘rish, suhbat o‘tkazish. 3) reja tuzish yoki oldin tuzilgan rejaga aniqlik kiritish 4) Matnni nutqiy tayyorlash, zarur so‘zlarni yozish, birikma gap, bog‘lanishli nutq tuzish, imlosi qiyin so‘zlarni tushuntirish; 5) Inshoni yozish, o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga induvidual yordam beradi. 6) Insho tekshiriladi, o‘quvchilar tuzatishlari bo‘lsa, baho pasaytirilmaydi (o‘quvchilar tekshiradi). 7) O‘qituvchi 2 kun ichida inshoni tekshiradi. Inshoni baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1) mavzuning yoritilishi 2) reja, kompozitsiya, izchillik, xulosa chiqarilganmi? 3) Janri, uslubi, tasvir muhokama elementlari bormi? Badiiy elementlari bormi? 4) Insho hajmi 5) Leksikasi 6) Sintaksisi 7) Imloviy, ishoraviy savodxonligi 8) Husnixat, xat boshi, hoshiya. Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling