N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Ona tili o‘qitish metodikasi fani


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Adizova

Ona tili o‘qitish metodikasi fani - Ona tili o‘qitish metodikasi
fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va 
yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi. 
Ona tili o‘qtitish metodikasi tamoyillari - Ona tili o‘qtitish 
metodikasi tamoyillari o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi o‘quv 
mehnatining yo‘nalishlarini belgilab beradi. 
Orfoepiya - adabiy til talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi 
tilshunoslikning sohasidir. 
Orfografiya - so‘zlar va ularning shakllarini yozish haqidagi 
qoidalar tizimidir. 
Piktografik yozuv - Rasmlarga asoslangan yozuv turi. 
Pozitsion o‘zgarishlar - So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rniga 
ko‘ra o‘zgarishi. 
Progressiv assimilyatsiya - Assimilyatsiyada oldingi fonema o‘zidan 
keyin fonemani o‘ziga o‘xshatadi: 
Regressiv assimilyatsiya - Keyingi fonema o‘zidan oldingi 
fonemani o‘ziga o‘xshatishi. 
Savod o‘rgatish metodikasi - Savod o‘rgatish metodikasi 
elementar o‘qish va yozishga o‘rgatadi. 
Talaffuz me’yorlari - Adabiy til uchun joriy qilingan me’yorlar. 
Tamoyil - Qoidalar jamlanmasi. 
Tarixiy-an’anaviy tamoyil - boshqa tillardan (masalan, arab, rus 
yoki rus tili orqali boshqa tillardan) o‘zlashgan so‘zlar hozir ham 
o‘tmishdagi shakliga muvofiq yoziladigan tamoyil. 
Tarixiy-an’anaviy tamoyil - Boshqa tillardan (masalan, arab, rus 
yoki rus tili orqali boshqa tillardan) o‘zlashgan so‘zlar hozir ham 
o‘tmishdagi shakliga muvofiq yoziladigan tamoyil. 
Til - Ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega 
bo‘lgan hodisa. 


106 
Transkripsiya - Og‘zaki nutqda fonemalarning turlicha 
o‘zgarishlarini, har xil variantlarda talaffuz etilishini aniq aks 
ettiradigan yozuv 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling