N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Kirish Chiqish 
3.2-rasm. Maydon ichidagi avtomobil yo‘llari: 
1 – halqasimon yo‘l; 2 – berk yo‘l; 3 – raz’ezd; 4 – bo‘rilish; 5 – halqasimon yo‘lni 
kengaytirilgan qayriladigan qismi. 
To‘g‘ri burchakli yo‘l plitalari ( uzunligi 2.5...3.0 m, kengligi 1.0...1.5 m 
qalinligi 0.14...0.22 m va massasi 0.63...1.8 t) tayyorlanishi va qurilish 
maydonida ishlatilishi oddiy, yuqori yuklarni qabul qiladi, istagan vaqtda va 
faslda o‘rnatilib darrov foydalanish mumkin. Yo‘llar ko‘proq izli bir va ikki yo‘l
raz’yezdli qilib quriladi. Ponasimon plitalar yo‘l qoplamasini butun kengligi 
bo‘ylab o‘rnatilishiga imkon beradi, burilish joylarida qayrilish radiusi
hohlagancha bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri chiziqli yo‘llarda plitalar navbat bilan bir 
marta keng qismi , bir marta tor qismi tomoni bilan o‘rnatilib boriladi. Bu 
turdagi plitalardan foydalanganda ayrim uchastkalarda (ayniqsa burilishda) 
monolit qismlarga ehtiyoj qolmaydi.


32 
3.3-rasm. Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo‘llar: 
a – izli, to‘g‘riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o‘zi ikkitomonlama;
c – transport raz’ezdida yo‘lni kengaytirilishi; d – ponasimon shakldagi plitalardan; 
1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok. 
Ushbu turdagi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash 
xarajatlari harakat intensiv bo‘lgan qurilishlarda o‘zini 1.5...2 yilda qoplaydi. 
Yig‘ma va bo‘laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki 
bo‘lib , undan ko‘p marta foydalanish imkonini beradi. 
3.2.2. Qurilish yuklarini ortish va tushirish 
Qurilish yuklarini ob’yektga ko‘chirishda junatiladigan yerda ularni 
ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo‘ladi. Bu operatsiyalar to‘liq 
mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va 
maxsus mashinalar va mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil 


33 
ishlashi mumkin yoki transport vositalarini konstruktiv qismining bo‘lagi 
bulishi mumkin. 
Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj 
kranlari, siklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko‘chuvchi lentali 
konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to‘shiruvchilar va boshqalar kiradi. 
Ikkinchi guruhga avtomobil-samosvallar, o‘zi yuk tushiruvchi platformali 
transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi. 
Qurilishda kichik o‘lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket 
va konteynerda tashish keng qo‘llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga 
joylashtirilgan yuk to‘pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo‘lishi kerakkim , 
uni ko‘chirish bosqichlarida shakli o‘zgarmasin. 
Konteyner – ko‘p marta qo‘llaniladigan inventar qurilma yoki idish. 
Universal konteynerlar yopiq, ortish va tushirishni ta’minlaydigan moslamalar 
bilan jihozlangan turli kategoriyali yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Maxsus 
konteynerlar konstruksiyasi ma’lum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar, 
pardozlash plitkalari, linoleum, bino seksiyasi uchun elektromontaj armaturasi 
va boshqalarni tashish uchun yaratiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling