N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


 Usulning afzalligi va qo‘llanilishi


Download 359.27 Kb.
bet67/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

10.3.5. Usulning afzalligi va qo‘llanilishi 

Tomyopma hajmdor elementlarini qurilayotgan bino yonida konveyerda


yig‘ish, barcha ishlarni alohida operatsiyalarga bo‘linganligi, ularni yuqori
darajada mexanizatsiyalashganligi, ishchilarni tor ixtisoslikka egaligi va asosan
yerda bajarilishi mehnat unumdorligini keskin ko‘tarishga olib keladi.
Konveyerda yig‘ish va blokli montajning afzalliklari:
• yerda yig‘ilgan to‘liq tayyor tomyopma bloklardan foydalanish;
• ohir vaznli temirbeton o‘rniga blokni yukko‘taruvchi qismi va
tomyopmasiga (metall fermalar, strukturalar, profilli to‘shamalar) yengil metall
konstruksiyalar qo‘llanilishi;
• yengil plitali yoki o‘ramali issiqsaqlagichni qo‘llanilishi va sementli
to‘shama va shag‘alli sochmaga ehtiyoj yo‘qligi;
• maksimal miqdordagi ishlar hajmini ishchini doimiy ish joyi va qo‘l
ostida kerakli uskunalar, materiallar va konstrutsiyalar bo‘lgan konveyerga
ko‘chirilishi. Yuqoriga qaraganda bloklarni yig‘ish ishlarni pastda qulay
sharoitlrda bajarilishi meg‘nat sarfini sezilarli kamayishiga olib keladi (jadval
10.1). Konveyer – zavod texnologiyasining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda
bajaruvchilar doimiy ish joyiga ega bo‘lib, mahsulot (yig‘iladigan tomyopma
bloklari) esa ko‘chadigan bo‘ladi.


129

10.1. − jadval
36×36 m li blokka ketgan mehnat sarfi, odam-kunlar
Jarayon 
Elementli montaj 
Konveyer 
Metallkonstruksiyalar montaji
Tom qoplamasini barpo etish
Oynavandlik ishlari
Metallkonstruksiyalarni bo‘yoqlash
Kommunikatsiyalar montaji
Blokni montaji
286
84
37
30
187

111
38
7
6
126
24
Jami
624
312
Bundan tashqari bu usulning ko‘pgina boshqa afzallik tomonlari mavjud
Shunday qilib konveyer usulida montaj qilishda elementlab usuliga
qaraganda mehnat sarfi 2 barobar kam bo‘ladi.
Konveyer yig‘ish va blokli montaj qo‘llanilishining asosiy dastlabki
shartlari quyidagilardir:
• binoning yetarli darajada katta o‘lchamlari (minimal maydon 15 ming
m
2
);
• tomyopma bloklarining umuiy konstruktiv yechimlari;
• binoda uzun o‘lchovga ega bir-biriga parallel oraliqlarining mavjudligi,
hamda barcha oraliqlarda ko‘prikli kranlarning va unga yarasha kranosti
yo‘llarining borligi;
• oraliqlarni bir xil balandligi;
• tomyopmasi va tomqoplamasining yengillashtirilgan konstruksiyasi
(po‘lat profilli to‘shama va samarali issiqsaqlagich);
• qurilishni qisqa muddatlari, moliyalashtirishning yetarli darajada
jadalligi;
• barcha qurilish ishlarini oqim usulida olib borish imkoni;
• shunga uxshash ob’yektlarda ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan
asbob-uskunalar, jihozlar va moslamalarning qo‘llanilishi.



130



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling