Foydalanuvchining muloqat vositalari tarkibiga quyidagilar
kiradi:
videomonitor (videoterminal, displey) - ShKga kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks ettiruvchi qurilma;
nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari - tez rivojlanib bora- yotgan multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
klaviatura - ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;
grafik planshetlar (digitayzerlar) - planshet yuzasida maxsus ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li bilan grafik axborotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
skanerlar (o‘qish avtomatlari) - qog‘ozli va plonkali tashuv- chilardan avtomatik tarzda o‘qish uchun va mashina yozuvidagi matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni ShKga kirituvchi qurilma;
sensorli ekranlar - ShK ga displey ekranidagi tasvirning alohida elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |