IEEE 1394 (Institute of Electrical and Electronic Engineers 1394 - elektrotexnika va elektronika bo‘yicha injenerlar instituti standarti 1394) - bu kompyuterning ichki komponentlarini va tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan yangi va istiqbolli interfeysdir.
IEEE 1394 Fire Wire, ya’ni «olovli sim» nomi bilan ham mashhur. Fire-Wire raqamli ketma-ket interfeys yuqori ishonchlilik va ma’lumotlarni uzatish sifati bilan xarakterlanadi, uning protokoli vaqtning real masshtablarida sezilarli buzilishlarsiz video- va audiosignallarni o‘tishini ta’minlash bilan axborotlarni vaqt bo‘yicha kafolatlangan uzatilishini quvvatlaydi. FireWire shina yordamida Plug and Play texnologiyasi bo‘yicha va deyarli istalgan konfiguratsiyalardagi ko‘p sonli turli qurilmalarni bir-birlariga ulash mumkin, bu bilan u avval aytilgan qiyin konfiguratsiyalanadigan turdagi shinalardan foydali farqlanadi. Bitta kontrollerga yaxlit oltita simli kabel yordamida bitta portga 63 tagacha qurilmalar ulanishi mumkin. Interfeysning o‘tkazish xususiyati 100-400 Mbit/s ni tashkil yetadi, kelajakda hatto 1600 Mbit/s ga yetishi kutilmoqda. Bu interfeys qattiq disklarni, CD- ROM va DVD-ROM diskyurituvchilarni, shuningdek, raqamli videokomeralar, videomagnitafonlar kabi yuqori tezlikli tashqi qurilmalarni ulash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |