Trekdagi sektorlar soni (sectors per track) chetdagi zonalardan tashkil topgan.
Servobelgining joylashuvi. Ular belgilangan yuzada joylashgan bo‘lishi mumkin (dedicated servo), ishchi yuzaga o‘rnatiladi (embedded servo) yoki joylashuvning gibrid variantiga ega (hybrid servo).
Tezlik va unumdorlik quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Qo‘shni trekga o‘tish vaqti (track-to-track seek) milli- sekundlarda o‘lchanadi va holatga o‘tish tizimi tezligini tav- siflaydi. Zamonaviy qattiq disklar uchun o‘tish vaqti 0,5-2 ms ga teng. Yozish uchun o‘tish vaqti o‘qish uchun belgilangan o‘tish vaqtdan bir necha marotaba kattadir (yanada aniq holatga o‘tishda yozish maqsadga muvofiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |