N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet44/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Tashqi yo‘lak (0)

O‘rta yo‘lak Ichki yo‘lak


Sektor




3.2-rasm. Qattiq disklardagi jamlagichning yo‘laklari va sektorlari.

Odatda, jamlagichlarga bir necha disklar o‘rnatiladi va ma’lumotlar har bir diskning ikkala tomoniga ham yoziladi. Ko‘pchilik jamlagichlarda kamida ikkita yoki uchta disklar mavjud (bu holat 4 yoki 6 tarafiga yozish imkonini beradi),

lekin 11 tagacha va undan ko‘proq disklarni o‘z ichiga oluvchi qu- rilmalar ham mavjud. Diskning hamma tarafida bir xil joylash- tirilgan yo‘laklari silindrga bir- lashadi (3.3-rasm). Diskning har bir tomoni uchun o‘zining o‘qish/yozish yo‘laklari mavjud, lekin shu bilan birga hamma o‘qish/yozish mosla- malari umumiy o‘zakka yoki us-
Tashqi



3.3-rasm. Qattiq disklardagi jamlagichning silindri.


tunga biriktirilgan. Shuning uchun o‘qish/yozish moslamalari bir-biridan mustaqil ravishda aylanmaydi va faqat sinxron harakatlanadi.

Qattiq disklarning ko‘pchilik birinchi modellarida aylanishning takrorlanish darajasi 3 600 ayl/min ni tashkil qilgan va hozirgi vaqt- gacha qattiq disklar uchun deyarli standart bo‘lib hisoblangan. Ammo hozirgi kunda qattiq disklar aylanish chastotasi oshib ketdi. Hozirgi kunda ko‘pgina seriyali ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlardagi jamlagichlar disklar aylanish tezligi 5 400 ayl/ min ni tashkil etadi. Ishchi tavsiflari yaxshilangan modellarda disk­lar aylanish tezligi 7 200 ayl/min gacha yetadi. 10 000 yoki 15 000 ayl/min aylanish tezligiga ega bo‘lgan jamlagichlar odatda faqat samaradorligi yuqori ishchi stansiyalar va serverlarda qo‘llaniladi.

Qattiq diskning normal ishlashida o‘qish/yozish moslamalari disklarga tegmaydi. Ammo elektr manbayining o‘chirilishi va diskning to‘xtatilishi bilan ular disk yuzasiga tushadi. Qurilma ishlayotgan vaqtda o‘qish/yozish moslamasi va aylanayotgan disk yuzasi orasida juda kichik havo yo‘li (havo yostig‘i) paydo bo‘ladi. Agar bu tirqishga chang tushsa yoki tebranish sodir bo‘lsa, o‘qish/yozish moslamasi «to‘liq harakatda» aylanayotgan disk bilan «to‘qnashadi». Agar zarba yetarlicha kuchli bo‘lsa, moslamaning sinishi sodir bo‘ladi. Buning oqibatida ma’lumotlarning bir necha baytlari yo‘qolishi, hatto butun jamlagich ishdan chiqishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik jamlagichlarda magnit disklar yuzasi legirlanadi va maxsus moy bilan qoplanadi, bu har kungi o‘qish/yozish moslamasi «uchishi» va «qo‘nishi»ni, shuningdek, yanada jiddiy silkinishlarni qurilma ko‘tara olishiga imkon beradi.

Magnit disklar paketlari zich yopilgan g‘ilof tarkibida bo‘lganligi va ularning ta’miri ko‘zda tutilmagani sababli ulardagi yo‘laklar zichligi juda yuqori, ya’ni bir dyuymga 96 000 dan va undan yuqori (Hitachi Travelstar 80 GH) bo‘ladi.

HDA bloklari (Head Disk Assembly - disklar va o‘qish/yozish moslamasi bloki) amaliy jihatdan to‘liq sterillik holatidagi maxsus sexlarda yig‘iladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling