Tashqi zona
Ma’lumotlarni standart yozishda tashqi yo‘laklar maydoni nihoyatda samarasiz ishlatiladi, negaki sezilarli darajada katta may don bilan farqlanadigan bu yo‘laklar ichki yo‘laklar kabi xuddi shu ma’lumotlar miqdorini o‘z ichiga oladi. Past darajali formatlashda qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan biri diskning ichki silindrlariga qaraganda diskning tashqi silindrlarida ko‘p miqdordagi sektorlar soni yaratilishidan iborat.
1} Sektor
3.4-rasm. Barcha yo‘laklaridagi sektorlar soni bir xil bo‘lgan standart yozish.
3.5-rasm. Zonali yozish: yo‘laklardagi sektorlar soni diskning markazidan ko‘chishi darajasida o‘zgaradi.
Zonali yozish usulini qo‘llamaydigan jamlagichlarda, tashqi silindrlarning yo‘laklari uzunligi ichki silindrlarga qaraganda ikki baravar uzun bo‘lishiga qaramay, har bir silindrda bir xil miqdorda ma’lumotlar saqlanadi. Bu xotira qurilmasi sig‘imining noratsional ishlatilishiga olib keladi.
Zonali yozishda silindrlar zonalar deb ataladigan guruhlarga bo‘linadi. Diskning tashqi chekkaga yaqinlashishiga qarab yo‘laklar ko‘p sonli sektorlarga bo‘linadi. Bitta zonaga tegishli barcha silindrlarda yo‘laklardagi sektorlar soni bir xildir. Zonalar soni jamlagich turiga bog‘liq. Ko‘pchilik qurilmalarda ular 10 va undan ortiq bo‘ladi (3.5-rasm).
Tarkibida joylashtirilgan disk kontrollerlari mavjud bo‘l- gan SCSI va ATA jamlagichlari turli xil sektorlar soniga ega
yo‘laklarni formatlash imkonini beradi. Bu tipdagi jamla- gichlarga joylashtiriladigan kontrollerlar zonali yozish algorit- mini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa jismoniy silindr, o‘qish/ yozish moslamalari va sektorlarni ularga mos holdagi man- tiqiy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlar soniga o‘zgartirishga imkon beradi. Natijada jamlagichda bir xil sektorlar soniga ega bo‘lgan yo‘laklar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |