O‘zgartirgichlar - ular barcha stereo kanallarda mavjud bo‘lib, analogli-raqamli (ARO‘) va raqamli-analogli (RAO‘) o‘zgartirgichlar deb ataladi. ARO‘ chiziqli kirish yoki mikrofondan kelayotgan analog signalga ishlov berib, uni raqamli signalga aylantiradi. RAO‘ raqamli signalni analog signalga o‘zgartirib, uni chiziqli chiqishga uzatadi. Hosil qilingan tovushning sifati o‘zgartirgichning bitli chuqurligiga bog‘liq.
Taktlash chastotasi generatori - sinxronlashtirilgan signalni o‘zgartirgichga uzatadi, shu bilan birga axborotga ishlov berish tezligini belgilaydi.
Protsessor - biz kolonkadan eshitayotgan analog tovushni shakllantiradi. Protsessor tovush kartasi imkoniyatlarini belgilaydi. U kompyuterning markaziy protsessori, operatsion tizimi va tovush eshittirish tizimi orasida «aloqachi» hisoblanadi. Tovush kartasi protsessori tovushga ishlov berish bilan bog‘liq ishni bajaradi.
Akustik tizim
Tovush kartasi qanday xususiyatlarga ega bo‘lmasin, undan foydalanish akustik tizimsiz amalga oshmaydi. Eng sodda tovush kartasi, naushnik yoki bir juft kolonkani ulash mumkin bo‘lgan chiziqli chiqish razyomiga ega.
Tovush kolonkalari. Shaxsiy kompyuter g‘ilofidagi dinamik, raqamli mikrosxema chiqishiga ulanganligi sababli, musiqani eshittirish uchun tovush kartasi chiqishiga tashqi tovush kolonkalari ulanadi. Monitor ichiga joylashtirilgan tovush kolonkalari ham tashqi tovush kolonkalari toifasiga tegishlidir.
rasmda tovush kolonkasining 2 ta modeli ko‘rsatilgan. Xuddi shunday barcha kolonkalar atigi ikkita tartibga soluvchi (regulator) - tovush balandligi va tembr (yuqori chastotalarni boshqarish) bilan ta’minlangan. Ular naushnikni ulash uchun qo‘shimcha razyom qismi bilan ta’minlangan.
a) b)
6.4-rasm. Tovush kolonkalari SVEN SPS-210 (a) va SVEN SPS-320 (b).
Do'stlaringiz bilan baham: |