N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Мустақил таълим кўрсатмалар (1)
SО‘Z BOSHI
Mazkur mustaqil ish topshiriqlari О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021- yil 16-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha yо‘riqnoma asosida ishlab chiqildi. Mustaqil ish – о‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida о‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qо‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatidir. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan bо‘yicha bilimlarni о‘zlashtirish, mustahkamlash, boyitish, amaliy kо‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, о‘z-о‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni hal etadi: – talabalarda о‘z-о‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallaydi; – bilim, kо‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yо‘larini izlab topish kо‘nikmalarini shakllantirish; – talabalarda о‘quv dasturini о‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish; – talabalarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish; – talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish; – talabalarda mustaqil bilim olish, о‘z-о‘zini boshqarish va о‘z-о‘zini rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish. Talabalarning mustaqil ta’limi va fan modullarini о‘zlashtirish jarayonini sinonim deb qaralishi kerak. Ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalar о‘rganilayotgan fandan umumiy tushunchalardan iborat bilimlar shakllantirilsa, talaba mustaqil ta’lim faoliyati natijasida fanni tо‘liq о‘zlashtiradi. Bu jarayon talabalarni kreativ fikrlashga, olgan bilimlarini ishlata olish qobiliyatini shakllantirishga va muammolarni oson yechimini topa olish qobiliyati shakllantirishga olib keladi. Rivojlanish biologiyasi fanidan ishlab chiqilgan talabalarning mustaqil ta’limi uchun tavsiya etilayotgan topshiriqlarni talab darajasida bajarishi talabalarni mazkur fanni tо‘liq о‘zlashtirishi uchun kafolat bо‘ladi. 4 RIVOJLANISH BIOLOGIYASI FANI MAZMUNI, AJRATILGAN SOATLAR VA SAVOLLAR MAJMUASI Rivojlanish biologiyasi fanidan darslar 1 – va 2 – semestrlarda olib boriladi. Birinchi semestrda bitta modul 2 kredit, ikkinchi semestrda ikkita modul 4 kredit bо‘lib, jami 6 kreditdan iborat. Rivojlanish biologiyasi fanidan kredit tо‘plash uchun talaba quyidagi savollarga javob bera oladigan darajada bilimga bо‘lishi kerak: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling