N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
-mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
19-mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar
Reja: 1. Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar. 2. Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar. Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki topshiriqlarning bajarilishi amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat. Hisobotlar yillik, yarim yillik, kvartallik, oylik bo‘ladi. Hiso- botda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonchli hamda ishlab chiqarishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga moyil bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e`tibor beriladi: nima mo‘ljallagan yo- ki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor beril- di, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq ba- jarilmagan bo‘lsa uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llaniladi. Uning zaruriy qismlari: 132 Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlarda korxona, tashkilot, muassasada bajarilgan ishlardan kelib chiqib unda qu- yidagilar ko‘rsatilishi lozim: – muayyan ish davrida korxonaga ishga qabul qilingan xodim- lar haqida; – ishdan bo‘shatilgan xodimlar haqida; – xodimlarning malaka oshirganliklari haqida; – rag‘batlantirilgan xodimlar haqida; – jazolangan xodimlar haqida; – xodimlarga berilgan ta’tillar haqida buyruq raqamlari bilan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Hisobotning zaruriy qismlari: qaysi davr uchun berilganligi, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilganligi; hujjatning no- mi (hisobot), hisobot matni, hisobot yozuvchining lavozimi, fa- miliya, ismi va otasi ismining bosh harflari, imzo, sana, hisobot- ni tasdiqlovchi rahbar imzosi. Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qis- man farq qiladi. Uning zaruriy qismlari: 1. Sarlavhasi: Idora rahbarining lavozimi, ismi va otasi ismi- ning bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti. 2. Hujjatning nomi (hisobot). 3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» ka- bi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma’lumotlar bilan bayon qilinadi: xulosa yasaladi). 4. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otasi ismi, imzo. 5. Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda). 6. Sana. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling