8
2-dars
ÒAKRORLASH
SO‘Z BIRIKMASI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI ÒAKRORLASH
1-topshiriq.
Matnni o‘qing. Undagi gaplarni so‘z birikmalariga ajrating.
Do‘stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o‘zida jamlagan! Qayoqqa
qaramang, u sizning xizmatingizda. U hamma joyda muhayyo. U hech vaqt
joningizga tegmaydi. U hech qachon shunchaki kelmaydi. U muvaffaqiyatlarga
yangicha mazmun baxsh etadi. U ko‘maklashganda har qanday omadsizliklar
barham topadi. (
Sitseron)
2-topshiriq.
Ajratilgan birikmalarda tobe so‘zlarning hokim so‘zga bog‘la-
nish turlarini aniqlang.
5-mashq.
Matnni o‘qing. Gaplarni so‘z birikmalariga ajrating. Òobe so‘zning
hokim so‘zga qanday vosita yordamida bog‘lanayotganini va bog‘lanish turini aniqlang.
Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar,
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar.
Boshing
bukma sira, xokisor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.
(
A.Oripov)
6-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, so‘z
birikmalarini aniqlab, ularni izohlang.
1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang,
qariganda rohat topasan. (
Koshifiy) 2. Bilimsiz kishining ko‘ngli xurofotga
moyil bo‘ladi. (
Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir.
(
Alisher Navoiy) 4. Ilm ibodatdan afzal. (
Hadis) 5.
Ilm asosiga qurilmagan
ulug‘likning oxiri xorlikdir. (
Yusuf Õos Hojib)
7-mashq.
Odob, axloq haqida to‘rtta gap tuzing. So‘z birikmalarini aniqlab,
ularni
boshqaruvli, moslashuvli, bitishuvli birikmalarga ajrating.