N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
4-dars
17-mashq. Uyga vazifa. Òildan o‘rinli foydalanish haqida to‘rtta maqol yozing. Gap bo‘laklarining ostiga chizing. UYUSHIQ VA AJRAÒILGAN BO‘LAKLAR BO‘YICHA O‘TILGANLARNI ÒAKRORLASH 1-topshiriq. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar haqida gapiring. 2-topshiriq. Umumlashtiruvchi so‘zlar qatnashgan uyushiq bo‘lakli gaplarga misollar keltiring. Òinish belgilarining qo‘yilish sabablarini tushuntiring. 18-mashq. Matnni o‘qing. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni toping. Qaysi bo‘laklar uyushib kelayotganini aniqlang. Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘- lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari — safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Har bir odamning do‘stlari oldida burch va mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar. Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi. (M. Mahmudov) 19-mashq. Matnni o‘qing. Uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zlarni topib, tinish belgilarini izohlang. Qanday bo‘laklar uyushganini ayting va ularda sintaktik shakllarning qo‘llanilishi haqida fikr yuriting. Istiqlol epkinlari iste’dod chashmalarining ko‘zini ochayotir. Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil Òo‘xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. (U.Normatov) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling