“Noorganik va Analitik kimyoning tanlangan boblari” fanidan Attestatsiya savollari
Noorganik kimyoning tanlangan boblari (Gulsara)
-
Klassik fizikaning rivojlanish usullari va ulardan zamonaviy kimyoda foydalanish (Lazerlar, radiatsion kimyo, foto va elektrokimyo)
-
Atom tuzilishi (Dalton, Kurukus, Tomson, Milliken, Rezerfor)
-
Radioaktivlik (Genri Bekkerel, Maria va Pyer Kyurilar, 3-xildagi yemirilishlar)
-
Elementlar sintezi (E. Rezerford, Joliot-Kyuri, tezlashtirgichlar, Makmillan va Abelsonlar)
-
Yadroning barqarorligi (barqarorlik belbog’i, N/Z 1.5 dan katta bo’lsa, N/Z 1 dan kichik bo’lsa, “sehrli sonlar” ,)
-
Yadro reaksiyalari kinetikasi (1-tartibli reaksiyalari, yarim yemirilish davri, Uillyard Libbi)
-
Atom energiyasidan foydalanish (bog’lanish energiyasi A=56, Eynshteyn)
-
Metallar korroziyasi (korroziya turlari, himoya qilish usullari)
-
Diagonal o’xshashlik (Li ↔Mg, Be ↔Al)
-
Rh va Ir ning kimyoviy xossalari (H2SO4, HNO3, zar suvi, isqor, C, S, galogenlar bilan ta’siri)
-
Platina elementlari va ular birikmalarining xossalari (HNO3, zar suvi, isqor, zanglash, C, S, galogenlar bilan ta’siri)
-
Temirning (VI) birikmalari ( K2FeO4, BaFeO4). Temirning muhim kompleks birikmalari (mor tuzi, ferrotsin, berlin lazuri, qizilqon va sariq qon tuzlari)
-
Quyidagi sxеma asosida noma’lum moddalarni aniqlang:
Al2(SO4)3 X Y NaOH
-
Quyidagi keltirilgan o’zgarishlardagi X, Y, Z moddalarni aniqlang.
Сu CuCl2 Y [Cu(NH3)4](OH)2
-
NaHSO3 va CaCO3 dan iborat 10 l g aralashma xlorid kislotada eritilganda zichligi 2,1875 g/l (n.sh.) bo`lgan gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Ushbu, gazlar aralashmasi 2 kg bromli suv bilan to`la reaksiyaga kirishgan bo`lsa, reaksiyada qatnashgan xlorid kislota miqdori (mol) va bromli suvning konsentrasiyasini (%) ainqlang.
-
Natriy va qalaydan iborat 200 g qotishmadagi natriyning massa ulushi 20,5% bo`lsa, unga necha gramm qalay qo`shilganda Na2Sn3 tarkibli qotishmaga aylanadi.
-
Rux va oltindan iborat 26,2 aralashmaga mo`l miqdorda suyultirilgan xlorid kislota qo`shildi. Olingan gaz avval 400°C li mis(II) oksidi bo`lgan nayga, undan so`ng fosfor (V) oksidi bo`lgan nayga (t=25°C) kiritildi. Agar ikkinchi nayning massasi 1,8 g ga ortgan bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi oltinning massasini (g) toping.
-
Ishqoriy metall gidridi 237 g suvda eritilganda 11,2 l (n.sh.) gaz modda ajralib, 5% li eritma hosil bo`ldi. Metallni toping.
-
Al2O3 va CaO ning 26 g aralashmasiga mo‘l miqdordauglerod qo‘shib qizdirilganda hosil bo‘lgan gaz yuqoritemperatura va bosimda 1M li 700 ml NaOH eritmasigato‘liq yuttirildi. Dastlabki aralashmadagi Al, Ca vakislorodlarning miqdorlarini (mol) toping.
-
Ikki valentli metall gidridi 420,75 g suvda eritilgaiida 2,24 l (n.sh.) gaz modda ajralib, 2,0% li eritma hosil bo`ldi. Qaysi metall gidridi ishlatilgan.
-
Vodorod bilan qaytarish natijasida hosil bo`lgan tеmir va Fe3O4 aralashmasining 28,8 gramiga havosiz sharoitda xlorid kislota bilan ishlov bеrilganda 8,96 (n,sh.) gaz ajralib chiqdi. Aralashmaning miqdoriy (mol) tarkibini aniqlang.
-
Natriy gidroksid va natriy karbonat massa ulushi tegishli ravishda 0,8% va 4,24% bo`lgan 200 g eritma berilgan. Shu eritmaga 5,04 g natriy gidrokorbanat qo`shilgandan keyin eritmadagi gidrokarbonat va karbonat anionlarining nisbatini (mol) aniqlang (α=100%).
-
Na elementining massa ulushi 23% bo‘lgan natriy oksid vabariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmanito‘liq neytrallash uchun 380 ml 1,5 molyarli H2SO4 eritmasisarf bo‘ldi. Boshlang‘ich aralashmaning massasini (g) toping.
-
0,6 mol tеmir (II) sulfidga xlorid kislota ta`sir ettirilganda hosil bo`lgan modda mo`l miqdorda olingan kislorodda yondirildi. Rеaksiyaning so`nggi bosqichida hosil bo`lgan modda kaliy gidroksidning 40% li eritmasi bilan to`liq nеytrallandi. Ishqor eritmasining zichligini (g/ml) hisoblang.
-
Au va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitratkislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritma mo‘l miqdorda ishqorbilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to‘liq qaytarishuchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagialuminiyning massa ulushini (%) aniqlang. (qotishmadagialuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan)
Do'stlaringiz bilan baham: |