N oorganik va Analitik kimyoning tanlangan boblari
Download 65.54 Kb.
|
ЯДА-Химия
“Noorganik va Analitik kimyoning tanlangan boblari” fanidan Attestatsiya savollari Noorganik kimyoning tanlangan boblari (Gulsara) Klassik fizikaning rivojlanish usullari va ulardan zamonaviy kimyoda foydalanish (Lazerlar, radiatsion kimyo, foto va elektrokimyo) Atom tuzilishi (Dalton, Kurukus, Tomson, Milliken, Rezerfor) Radioaktivlik (Genri Bekkerel, Maria va Pyer Kyurilar, 3-xildagi yemirilishlar) Elementlar sintezi (E. Rezerford, Joliot-Kyuri, tezlashtirgichlar, Makmillan va Abelsonlar) Yadroning barqarorligi (barqarorlik belbog’i, N/Z 1.5 dan katta bo’lsa, N/Z 1 dan kichik bo’lsa, “sehrli sonlar” ,) Yadro reaksiyalari kinetikasi (1-tartibli reaksiyalari, yarim yemirilish davri, Uillyard Libbi) Atom energiyasidan foydalanish (bog’lanish energiyasi A=56, Eynshteyn) Metallar korroziyasi (korroziya turlari, himoya qilish usullari) Diagonal o’xshashlik (Li ↔Mg, Be ↔Al) Rh va Ir ning kimyoviy xossalari (H2SO4, HNO3, zar suvi, isqor, C, S, galogenlar bilan ta’siri) Platina elementlari va ular birikmalarining xossalari (HNO3, zar suvi, isqor, zanglash, C, S, galogenlar bilan ta’siri) Temirning (VI) birikmalari ( K2FeO4, BaFeO4). Temirning muhim kompleks birikmalari (mor tuzi, ferrotsin, berlin lazuri, qizilqon va sariq qon tuzlari) Quyidagi sxеma asosida noma’lum moddalarni aniqlang: Al2(SO4)3 X Y NaOH Quyidagi keltirilgan o’zgarishlardagi X, Y, Z moddalarni aniqlang. Сu CuCl2 Y [Cu(NH3)4](OH)2 NaHSO3 va CaCO3 dan iborat 10 l g aralashma xlorid kislotada eritilganda zichligi 2,1875 g/l (n.sh.) bo`lgan gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Ushbu, gazlar aralashmasi 2 kg bromli suv bilan to`la reaksiyaga kirishgan bo`lsa, reaksiyada qatnashgan xlorid kislota miqdori (mol) va bromli suvning konsentrasiyasini (%) ainqlang. Natriy va qalaydan iborat 200 g qotishmadagi natriyning massa ulushi 20,5% bo`lsa, unga necha gramm qalay qo`shilganda Na2Sn3 tarkibli qotishmaga aylanadi. Rux va oltindan iborat 26,2 aralashmaga mo`l miqdorda suyultirilgan xlorid kislota qo`shildi. Olingan gaz avval 400°C li mis(II) oksidi bo`lgan nayga, undan so`ng fosfor (V) oksidi bo`lgan nayga (t=25°C) kiritildi. Agar ikkinchi nayning massasi 1,8 g ga ortgan bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi oltinning massasini (g) toping. Ishqoriy metall gidridi 237 g suvda eritilganda 11,2 l (n.sh.) gaz modda ajralib, 5% li eritma hosil bo`ldi. Metallni toping. Al2O3 va CaO ning 26 g aralashmasiga mo‘l miqdordauglerod qo‘shib qizdirilganda hosil bo‘lgan gaz yuqoritemperatura va bosimda 1M li 700 ml NaOH eritmasigato‘liq yuttirildi. Dastlabki aralashmadagi Al, Ca vakislorodlarning miqdorlarini (mol) toping. Ikki valentli metall gidridi 420,75 g suvda eritilgaiida 2,24 l (n.sh.) gaz modda ajralib, 2,0% li eritma hosil bo`ldi. Qaysi metall gidridi ishlatilgan. Vodorod bilan qaytarish natijasida hosil bo`lgan tеmir va Fe3O4 aralashmasining 28,8 gramiga havosiz sharoitda xlorid kislota bilan ishlov bеrilganda 8,96 (n,sh.) gaz ajralib chiqdi. Aralashmaning miqdoriy (mol) tarkibini aniqlang. Natriy gidroksid va natriy karbonat massa ulushi tegishli ravishda 0,8% va 4,24% bo`lgan 200 g eritma berilgan. Shu eritmaga 5,04 g natriy gidrokorbanat qo`shilgandan keyin eritmadagi gidrokarbonat va karbonat anionlarining nisbatini (mol) aniqlang (α=100%). Na elementining massa ulushi 23% bo‘lgan natriy oksid vabariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmanito‘liq neytrallash uchun 380 ml 1,5 molyarli H2SO4 eritmasisarf bo‘ldi. Boshlang‘ich aralashmaning massasini (g) toping. 0,6 mol tеmir (II) sulfidga xlorid kislota ta`sir ettirilganda hosil bo`lgan modda mo`l miqdorda olingan kislorodda yondirildi. Rеaksiyaning so`nggi bosqichida hosil bo`lgan modda kaliy gidroksidning 40% li eritmasi bilan to`liq nеytrallandi. Ishqor eritmasining zichligini (g/ml) hisoblang. Au va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitratkislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritma mo‘l miqdorda ishqorbilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to‘liq qaytarishuchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagialuminiyning massa ulushini (%) aniqlang. (qotishmadagialuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan) Download 65.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling