Takrorlash uchun savollar
-
Berilgan funksiyaning boshlang‘ich funksiyasi dеb nimaga aytiladi?
-
Boshlang‘ich funksiya qanday xossalarga ega?
-
Berilgan funksiyaning aniqmas integrali qanday ta’riflanadi?
-
Integral ostidagi funksiya dеb nimaga aytiladi?
-
Integral ostidagi ifoda dеb nimaga aytiladi?
-
Integrallash amali nimani ifodalaydi?
-
Aniqmas integralning geometrik ma’nosi nimadan iborat?
-
Aniqmas integral qanday xossalarga ega?
-
Integrallash va differensiallash amallari o‘zaro qanday bog‘langan?
-
Aniqmas integralning chiziqlilik xossasi nimadan iborat?
-
Integral hisoblash natijasini qanday tekshirish mumkin?
-
Darajali funksiyaning aniqmas integrali nimadan iborat?
-
Ko‘rsatkichli funksiya qanday integrallamadi?
-
Trigonometrik funksiyalarning integrallarini yozing.
Testlardan namunalar
-
Quyidagilardan qaysi biri f(x)=lnx uchun boshlang‘ich funksiya bo‘ladi?
A) ; B) xlnx ; C) xlnx+x ; D) xlnx–x ; E) .
-
Teoremani to‘ldiring: Agar F(x) biror f(x) funksiya uchun boshlang‘ich funksiya bo‘lsa, unda ixtiyoriy C o‘zgarmas soni uchun ....... funksiya ham f(x) uchun boshlang‘ich funksiya bo‘ladi.
A) C∙F(x) ; B) C–F(x) ; C) C+F(x) ; D) C/F(x) ; E) F(x+C) .
-
Agar F(x) biror f(x) funksiya uchun boshlang‘ich funksiya bo‘lsa, unda aniqmas integral ta’rif bo‘yicha qanday aniqlanadi?
A) C∙F(x) ; B) C–F(x) ; C) C+F(x) ; D) C/F(x) ; E) F(x+C) .
-
Qaysi darajali funksiyaning aniqmas integrali noto‘g‘ri yozilgan?
A) ; B) ; C) ;
D) ; E) .
Mustaqil ish topshiriqlari
-
Ushbu aniqmas integrallarni hisoblang va olingan natijani differensiallash orqali tekshiring:
a) ; b) ;
c) ; d) .
Do'stlaringiz bilan baham: |