87
3) oqim tezligini o’zgatirish evaziga;
4) markazdan qochma kuchdan foydalanish.
VII.2-rasmda gorizontal separator kesimining umumiy ko’rinishi berilgan,
unda gravitatsion, hamda inersion kuchlar ta’sirida suyuqlik ajratiladi. Bu
separatorning ishlashi quyidagicha kechadi.
Gorizontal separator
VII.2- rasm. Gorizontal separator kesimi.
1- neftgaz aralashmasining kirishi; 2 – dispergator; 3 – qiya tekislik; 4 – jalyuzali
nasadka-tomchi tutgich; 5 –
gaz
oqimini tekislovchi to’siq; 6 – gazning chiqishi; 7 – lyuk; 8 – sath
me`yorlagich; 9- suzgichli sath ushlagich; 10 – chiqindi chiqarish; 11 – gazning yorib chiqishini
oldini oluvchi to`siq; 12 – to’kuvchi quvur.
Quvurcha 1 ga tushayotgan neft va gaz aralashmasi gaz
otboynigiga tushadi, u
yerda neft va gaz aralashmasini dispergatsiya qiladi va neftdan gazning ajralishini
yaxshilaydi. Gaz tarkibidagi neft tomchilari og’irlik kuchi ta’sirida qiya tekislikka
tushadi, ahamiyatsiz qismi gaz oqimi bilan chiqadi.
88
O’z og’irlik kuchi bilan ajralmagan neft gaz oqimi bilan jalyuzli nasadka 4 ga
uriladi. U yerda kichik plyonka holida yig’ilib, quvurcha 12 orqali separatorning
pastki qismidagi suyuqlikka oqib tushadi.
VII.3-rasmda gorizontal neftgazsuv separator kesimi bilan umumiy ko’rinishi
keltirilgan. Neftgazsuv aralashmasi qabul qiluvchi patrubka 6 orqali apparatga kirib,
taqsimlovchi kollektor 5 ga tushadi. Taqsimlovchi kollektor teshigidan chiqayotgan
neftgazsuv aralashmasi juda kichik tezlik bilan tarkibida SFM bo'lgan suvli
podushkadan o'tib neft, gaz va suvga ajralib 11, 12 va 2
chiqish quvurlari orqali
separatordan chiqariladi.
Neftning suvdan samarali ajralishiga neftni tayyorlash qurilmasida issiqlikdan
foydalanilganda va KSSU ga kiritilayotgan SFM yordamida erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: