N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish
Bugungi kunda sanoat tadqiqot institutlarida konni ishlashni va jixozlarini 
loyihalash bo’yicha katta tajribaga ega. Dastlab konni (uyumni) ishlashning 
kompleks sxemasi tuziladi va konning geologik tuzilishi, uning neft va gaz zaxirasi 
haqida ma’lumot bo’lsa ishlashning kompleks loyihasi tuziladi. 
Bunda quyidagilar tuziladi: 
- ishlashning texnologik sxemasi; 
- ishlashning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); 
- jixozlarning ishchi chizmasi; 
- asosiy quduqlar fondi burg’ilangandan keyin ishlashni loyihalash. 
Texnologik sxema va ishlash loyihasidagi yillik neft qazib olish va suv 
haydash, quduqlarni burg`ilash va o’rtacha debit bilan ishga tushirish, neft qazib 
olishni rejalashtirish imkoniyatini beruvchi ilmiy tadqiqot tashkilot tomonida davriy 
ravishda o’rganilib qabul qilinadi. 
Loyiha va kompleks sxema quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi: 
1) konning geologik tavsifi; 2) konni ishlash texnologiyasi; 3) quduqni ishlatish 
texnika va texnologiyasi; 4) burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;



5) jixozlar bosh reja sxemalari; 6) texnik iqtisodiy qism; 7) konni ishlash tahlili 
ustidan avtorlik nazorati. 
1. “Konning geologik tavsifi” bo’limida geologik tuzilishi, mahsuldor 
qatlamning kollektorlik tavsifi (o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, har xilligi va boshqalar) 
keltiriladi, qatlam va yer yuzasi sharoitidagi neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy 
xossalari, uyumning tabiiy rejimlari yoritiladi. 
2. ”Konni ishlash texnologiyasi” bo’limida ishlash sistemasi asoslanadi: 
1) ishlatish ob`yekti ajratiladi, quduqlar to’ri yoki quduqlar joylashtirilishining 
umumiy sxemasi tanlanadi; 2) jami ishlash davridagi yillik neft, gaz va suv qazib 
olish hajmi aniqlanadi; 3) loyihalangan davrda yillar bo’yicha texnologik 
ko’rsatkichlarning o’zgarish dinamikasi (neft, gaz va suv qazib olish, quduqlar fondi, 
qatlam va usti bosimi o’zgarishi va boshqalar) asoslanadi; 4) uyumga mavjud ta’sir 
usuli (suv va gaz haydash) va neft beraoluvchanlikni oshirish uchun yangi ta’sir 
usullarini (issiqlik tashuvchilar, o’zaro eriydigan suyuqliklar, mitsillyar eritmalar va 
SFM ni haydash) asoslash; 5) konni ishlash jarayonini nazorat qilish va boshqarish 
tadbirlarini asoslash; 6) barcha turdagi quduqlar ishlatuvchi quvurlar tizmasi 
diametrini asoslash. 
3. ”Quduqni ishlatish texnikasi” bo’limida: 1) quduqni ratsional ishlatish 
usulini asoslash; 2) quduqni favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usullarga 
o’tkazish muddatlari; 3) quduqni ishlatish uchun kerak bo’ladigan asosiy jixozlarni 
aniqlash; 4) ikki yoki undan ko’p qatamlarni bir quduq orqali ishlatish hajmi va 
imkoniyatlarini o’rnatish, shuningdek birgalikda suv (gaz) haydash hajmi va 
imkoniyatlarini o’rnatish; 5) quduqni ishlatish jarayonida tadqiqot ishlari majmui. 
4. ”Burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish” bo’limida 
yoritiladigan savollar: 1) konni burg’ilash uchun burg’ilash qurilmalari sonini 
aniqlash; 2) quduq konstruksiyasini asoslash; 3) yuqori mahsuldorligini saqlagan 
holda, quduqni o’zlashtirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlab, 
burg’ilash va teshishda mahsuldor qatlamni samarali ochish shartini asoslash;
4) quduqni burg’ilash jarayonida olib boriladigan tadqiqot ishlari majmuasini 


10 
asoslash; 5) kondagi burg’ilash ishlari texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va kapital 
xarajatlarni aniqlash. 
5. “Jixozlar bosh reja sxemasi” bo’limida quyidagilarni o’z ichiga oluvchi 
asosiy jixozlar sistemasi prinsipial yechimlari ishlab chiqiladi: quduqlar usti optimal 
bosimini tanlash, quvurlar tizimining gidravlik hisobi, har bir quduq flyuidini 
o’lchash bo’yicha avtomatik guruxiy o’lchov punktlarining optimal joylashtirilishi va 
sonini, nasoslar stansiyasi jamlamasini ratsional joylashtirilishi, siquv nasos 
stansiyasi (SNS), neft, gaz va suvni tayyorlash qurilmasi, suv ta’minoti, 
kanalizatsiya, yo’l, aloqa, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar; 
tashqi sanoat qurilish ob`yektlar bog’liqligini va qurilish materiallari, energo va suv 
ta’minoti, burg’ilash va neft qazib olish tashkilotlariga ishlab chiqarish xizmatlarini
aniqlash; dengiz konlari uchun gidrotexnik inshootlarni tanlash asoslanadi, suv 
hududlari bo’yicha jixozlash ketma-ketligi va ishga tushirish navbatlari aniqlanadi. 
6. “Texnik iqtisodiy qism” bo’limida quyidagilar aniqlanadi: 1) ishlash, 
burg’ilash, ishlatish va jixozlash, hamda keltirilgan xarajatlar bo’yicha texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash; 2) ko’rib chiqiladigan variantlar bo’yicha texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlar; 3) quduqni burg’ilash va jixozlashga solishtirma kapital 
xarajat normativlari va qurilish va montaj ishlari hajmi va kapital xarajatlarni;
4) mehnat va ishlatish xarajatlarini aniqlash. 
7. “Konni ishlash tahlili ustidan avtorlik nazorati” bo’limida konni ishlash 
jarayonida to’plangan materiallar umumlashtiriladi, loyihaga kerakli tuzatmalar 
kiritiladi va uyumning geologik tuzilishi va yer bag’rida kechadigan jarayonlarning 
harakatlanuvchanligini hisobga oluvchi ishlashni me`yorlash bo’yicha tadbirlarni 
asoslanadi. 
Konni ishlash tahlili ustidan aftorlik nazorati takliflari kompleks sxema va 
ishlash loyihasida asoslangan prinsipial texnologik yechimlar asosida olib borilishi 
kerak. 
Kompleks sxema va loyiha tajribaviy ishlatish yoki sanoat ishlashga 
qo’shishning asosiy hujjati hisoblanadi. 


11 
Shunday qilib, neft konini ishlashni kompleks loyihalashda ikkita asosiy 
muammo yechiladi: sanoat neft zaxirasini ko’proq qazib chiqarish, shu bilan 
birgalikda loyihalash va yig’ish, tashish va neft, gaz va suvni tayyorlash tizimini 
qayta jixozlashga xarajatlarni sezilarli kamaytirish. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling