N1 metallmaslar va vodorod
Download 38.33 Kb.
|
metalmas va H2,suv
N1 METALLMASLAR va VODOROD 1. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? azot→ ftor→kislorod A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 2. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? brom→ yod→ xlor A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 3. Elektron biriktirib olish qobiliyati kuchayib boradigan metallmaslar qatorini aniqlang. A) Na→ Mg→Al B) Si→P→H C) P→C→S D) F→O→Cl 4. Elektromanfiyligi eng katta bo’lgan elementni aniqlang. A) ftor B) kislorod C) azot D) xlor 5. Kislorod guruhchasi metallmaslari qanday nomlanadi? A) galogen-“tuz hosil qiluvchi” B) xalkogen-“ruda hosil qiluvchi” C) xalkagen-“kislota hosil qiluvchi” D) VIB guruh elementlari 6. Normal sharoitda gazsimon holatdagi metalmaslar? A) H2, N2, O2, F2, Br2 B) H2, N2, O2, F2, Cl2 B) H2, J2, O2, F2, Cl2 D) He, Ne, O2, J2, Cl2 7. Nodir gazlarning ba’zi kislorodli va ftorli birikmalarini olish imkoniyati vujudga keltirgan birikma? A) KrF4 B) XeF2 C) XeF4 D) XeOF2 8. Metallmaslar uchun 2,00-4,00 qiymat oralig’i-… A) elektronga moyillik qiymati B) ionlanish energiyasi qiymati C) elemtromanfiylik qiymati D) oksidlanish daraja qiymati 9. SiH4 agregat holati(n.sh)? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 10. N2H4 agregat holati? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 11. NO2 qanday xossaga ega? A) asosli B) amfoter C) kislotali D) amfolit 12. Vodorod erkin holda asosan, nimalarning tarkibida bo‘ladi? 1) oz miqdorda atmosferani yuqori qatlamlarida; 2) vulkan gazlari tarkibida; 3) neft gazlari tarkibida 4) boshqa tabiiy gazlar tarkibida. A) 1,2 B) 3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 13. Rangsiz, hidsiz va mazasiz gaz xossalarga ega metallmas? A) kremniy B) xlor C) vodorod D) bor 14. Vodorod qorong’uda ham odatdagi temperaturada ta’sirlashadigan element(lar)? A) xlor B) ftor C) ftor va xlor D) azot 15. Vodorod molekulasi o‘zaro mahkam bog‘langan ikki vodorod atomidan tarkib topganligi unga qanday xossa beradi? 1) odatdagi sharoitda ancha inert; 2) yuqori temperaturada ko‘pgina elementlar bilan birikadi; 3) agregat holati gazsimon; 4) molekulyar massa eng kichikligi; A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2 16. Alangaga tutilganda kuchli portlaydigan aralashma? A) kulduruvchi gaz B) bo’guvchi gaz C) qaldiroq gaz D) sintez gaz 17. Vodorod yuqori temperaturada qaysi metallar bilan birikib, gidridlar hosil qiladi? A) ishqoriy va ishqoriy-yer metallari B) ishqoriy va oraliq elementlar C) faqat oraliq elementlar bilan D) barcha metallar bilan 18. CaH2 bog’ tabiati? A) kovalent B) metal C) ion D) qutbli 19. NaH gidrolizidan ajralgan gaz? A) kislorod B) vodorod C) qaldiroq gaz D) gaz ajralmaydi 20. Qaysi metallar o‘zida vodorodni eritadi, lekin vodorod bilan birikma hosil qilmaydi? 1) Cu; 2) Cr; 3) Fe; 4) Ni; 5) Li; 6) Be; A) 1,2,3 B) barchasi C) 1,2,3,4 D) 5,6 21. Vodorod laboratoriya sharoitida qanday usullar bilan olinadi? 1) suvga faol metallar ta’sir ettirish; 2) faollik qatorida vodoroddan oldin turadigan metallarga kislota ta ’sir ettirish; 3) gidroksidi amfoter xossaga ega bo‘lgan metallarga ishqor eritmasi ta’sir ettirib; 4) suvni elektroliz qilib; A) 1,2 B) 2,3 C) 4 D) 1,2,3 22. Suvni elektrolizi jarayonida ishqor yoki sulfat kislota qo’shishdan maqsad? A) magnitga tortilish kuchaytirish B) issiqlikni yaxshi o’tkazish C) elektr o’tkazuvchanlikni yaxshilash D) qizishdan saqlash 23. Quyidagi qaysi jarayon konversiya emas? A) C+H2O→CO+H2 B) CH4 C2H2+H2 C) NaH+HOH→ NaOH +H2 D) C+H2O CO2 +H2 24. Suv gazi-… gazlar aralashmasidir A) 2H2+O2 B) CO2+H2 C) CO+H2 D) N2O+O2 25. Texnikada vodorodni konversiya usulida olishda is gazidan tozalashda qo’llaniladigan katalizator? A) FeO B) FeSO4 C) Fe2(SO4)3 D) Fe2O3 26. Suvda erigan moddalar suvni qanday xuxusiyatga ega qilib qo’yadi? 1) shifobaxsh xossalar beradi; 2) mazasini yaxshilaydi; 3) hidini yaxshilaydi; A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3 27. Tabiiy suvlar ichida eng tozasi qaysi? A) yomg‘ir suvi B) ko’l suvi C) distillangan suv D) tozalangan suv(hidrolife) 28. Yomg’ir suvida oz miqdorda uchraydigan tuz parchalansa qanday gaz ajraladi? A) N2 B) O2 C) NH3 D) N2O 29. (H2O)n tarkibli polimerda vodorod bog’lanish soni to’rtga teng bo’lsa, polimerlanish darajasini aniqlang? A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 30. (H2O)n tarkibli polimerda polimerlanish darajasi 5 ga teng bo’lsa vodorod bog’lanish sonini aniqlang? A) 10 B) 8 C) 6 D) 12 31. Suv molekulasi 0°C ga yaqin temperaturalarda qanday holatda mavjud bo‘ladi? 1) (H2O)3; 2) (H2O)4; 3) (H2O)2; 4)(H2O)8 A) barchasi B) 1,2 C) 4 D) 1,2,4 32. Suvning qanday xususiyatlari suv molekulalarida polimerlanish xususiyati borligi bilan tushuntiriladi? 1) suv zichligining 4°C da eng katta bo‘lishi, undan yuqorida ham, pastda ham 1 m/sm3 dan kichikligi; 2) suv issiqlik sig‘imining barcha moddalar issiqlik sig‘imidan kattaligi; 3) muz zichligining suv zichligidan kichikligi; A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 1,2,3 33. Suvda bo‘lgan mayda zarrachalardan (loy, mikroorganizmlar) suvni tozalash uchun nima qilish kerak? J A) aluminiy tuzlari qo‘shish B) kalsiy tuzlari qo’shish C) potash qo’shish D) tindirish kerak 34. Kvars, qalay yoki kumushdan yasalgan asboblarda suvni haydab, uning bug‘i qaytadan suyuqlikka aylantirilgan sof holdagi suv qayerda ishlatiladi A) ilmiy maqsadlar uchun B) sanoat miqyosi uchun C) ichimlik suvi maqsadida D) ekinlarni sug’orish maqsadida 35. Suv barcha ionlardan batamom tozalanishi uchun nima qilinishi zarur? A) qaynatish B) sodali usul C) ionitlar qo’shish D) kationitlar qo’shish 36. Kavendish kashf etgan «yonuvchi havo» suv tarkibiga kirishini aniqlagan olim? A) G.Kavendish B) A.Lavuazye C) Jak Shari D) M.Olifamta 37. Eng ko‘p birikma hosil qilgan element? A) kislorod B) kremniy C) vodorod D) azot 38. Deteriyni 1932-yilda kim kashf etgan? A) G.Kavendish B) G.Yuri C) M.Olifamta D) A.Lavuazye 39. Limon, apelsin, mandarin kabi sitrus mevalarda qaysi kislota ko’proq uchraydi? A) banan kislota B) limon kislota C) olcha kislota D) anor kislota 40. Gazli mineral suvlarda qaysi kislota bo’ladi? A) sulfat B) xlorid C) karbonat D) olma 41. Moddalarning maxsus xossalari bilan bog‘liq ravishda rangini o‘zgartiruvchi sinov moddalari bu-… A) indikator B) initsiator C) lakrimator D) ebonit 42. Kislotalarda fenolftalein qanday rang o’zgartiradi? A) rangsiz fenolftalein rang o'zgarmaydi B) rangsiz fenolftalein pushti rangga bo’yaladi C) rangsiz fenolftalein binafsha rangga bo’yaladi D) ko’k rang hosil qiladi 43. Laboratoriyada vodorodni olinishini aniqlang? A) Fe+H2S=FeS+H2 B) Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2 C) NaH+HOH=NaOH+H2 D) Ca+2HOH=Ca(OH)2+H2 44. Sanoatda suv gazidan vodorod olishni aniqlang? A) C+HOH= CO+H2 B) CO + H2O CO2 + H2 C) CH4 C2H2+H2 D) CH4+HOH CO+3H2 45. Eng katta diffuziya tezligiga ega gazni aniqlang? A) vodorod B) is gazi C) kislorod D) metan 46. Vodorod qaysi elementlar bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi? A) ishqoriy va ishqoriy-yer metallari bilan B) deyarli barcha metallar bilan C) deyarli barcha metallmaslar bilan D) uchuvchan birikma hosil qilmaydi 47. Kimyo sanoatida vodorod asosiy qismi nima uchun sarflanadi? A) ammiak ishlab chiqarish B) metan olish C) suv hosil qilish D) metal gidrid olish 48. Yog‘-moylar gidrogenlanish mahsuloti? A) yengil yonilg’I B) margarin C) suyuq yog’ D) moylar gidrogenlanmaydi 49. Quyi haroratlar texnikasida ishlatiladi, reaktiv texnikada eng qulay samarador yonilg‘i sifatida qo’llaniladi. Bu-.. A) qattiq vodorod B) gaz holdagi vodorod C) suyuq vodorod D) vodorod-kislorod alangasi 50. Suvning zichligi 0°C dan +4°C ga isitilganda qanday o’zgaradi? A) kamayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi 51. Quyidagi moddalar uchun issiqlik sig’imi qanday o’zgaradi? qum→suv→ohaktosh A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 52. Qaysi biri eng kata issiqlik sig’imga ega? A) qum B) ohaktosh C) etil spirt D) suv 53. Suv gazsimon bug’ shaklida qayerda bo’ladi? A) gidrosferada B) litosferada C) atmosferada D) biosferada 54. Suv tarkibidagi barcha mayda zarrachalar va ko’pgina bakteriyalarni cho’ktirish uchun qo’llaniladigan modda(lar)? A) ohak B) aluminiy sulfat C) ohak va aluminiy sulfat D) ozon yoki xlor 55. Suvni tozalash jarayonida ozon yoki xlor bilan ishlov berish maqsadi? A) loyqadan tozalash B) osh tuzidan tozalash C) sterillash (bakteriyalardan) D) ortiqcha ohakni yo’qotish 56. Miya va yurakning necha foizi suv? A) 80 B) 20-25 C) 95-98 D) 70 57. Bir aralashma tarkibidagi CO2 va SO2 hajmiy ulushlari mos ravishda x va y ga teng, ikkinchi xuddi shunday aralashma tarkibida CO2 va SO2 hajmiy ulushlari mos ravishda y va x ga teng. Agar ikkala aralashma o’rtacha molyar massalarinign farqi 4 ga teng bo’lsa, x va y ni aniqlang. A) 0,15; 0,85 B) 0,35; 0,65 C) 0,45; 0,55 D) 0,4; 0,6 58. Al4C3 va CaC2 aralashmasi gidrolizga uchraganda tegishli ravishda 1-reaksiyada ajralgan gazning miqdori 2-reaksiyada hosil bo’lgan moddalar miqdoridan 2 marta kam bo’lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning mol nisbatini mos ravishda aniqlang. A) 1:2 B) 1:1,5 C) 2:5 D) 1:3 59. Teng massada olingan ishqoriy metall gidridi va nitrididan iborat aralashma suvda to’liq eritildi. Bunda D(He) = 1,375 ga teng bo’lgan gazlar aralashmasi hosil bo’lgan bo’lsa, metallni aniqlang. A) Li B) Na C) K D) Rb 60. MgO va Mg3N2 aralashmasida azot atomlari soni kislorod atomlari sonidan 3,5 mol ко’p va magniy atomlari sonidan 2,5 mol kam bo’lsa, aralashma massasini (g) toping. A) 220 B) 188 C) 120 D) 98,6 61. No’malum metalmas oksidi 7,62 g miqdoriga 125g 13,44%li kaliy gidroksid eritmasi qo’shilgandan so’ng, eritmadagi tuz massa ulushi 10% ni tashkil etsa, formulani aniqlang. A) SO3 B) SeO2 C) SeO3 D) SO2 N2 METALLMASLAR va VODOROD 1. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? fosfor→ xlor→ oltingugurt A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 2. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? selen→ tellur→oltingugurt A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 3. Elektron biriktirib olish-… 1) davr bo’ylab metalmaslar tartib raqami ortishi bilan kuchayadi; 2) guruh bo’ylab metallmaslarda tartib raqam kamayishi bilan susayadi; 3) davr bo’ylab metalmaslar tartib raqami kamayishi bilan kuchayadi; 4) guruh bo’ylab metallmaslarda tartib raqam ortishi balan susayadi; A) 1,2 B) 3,4 C) 2,4 D) 1,4 4. Kosmosda eng ko’p tarqalgan metallmaslar? A) vodorod va neon B) vodorod va geliy C) kislorod va kremniy D) vodorod va kislorod 5. Ftor guruhchasi metallmaslari qanday nomlanadi? A) galogen-“tuz hosil qiluvchi” B) xalkogen-“ruda hosil qiluvchi” C) galogen-“kislota hosil qiluvchi” D) VIIB guruh elementlari 6. Normal sharoitda qaysi metallmas suyuq? A) J2 B) Kr C) H2O D) Br2 7. 1962-yilda birinchi marta olingan nodir gaz birikmasi? A) KrF4 B) XeF2 C) XeF4 D) XeOF2 8. Metallmaslarning vodorodli birikmalari qanday agregat holatga ega(n.sh)? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) gaz va qattiq 9. CH4 agregat holati(n.sh)? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 10. BH3 agregat holati? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 11. SO2 qanday xossaga ega? A) asosli B) amfoter C) kislotali D) amfolit 12. Vodorod birikmalar holida nimalarning tarkibida bo‘ladi? 1) suv; 2) turli minerallar tarkibida; 3) har xil organik birikmalar tarkibida. A) 1 B) 2 C) 1,3 D) 1,2,3 13. 100 hajm suvda 2 hajm vodorod eriydi. 500 hajm suvda qancha hajm vodorod eriydi? A) 8 B) 10 C) 12 D) 0,25 14. Vodorod yorug’likda odatdagi temperaturada ta’sirlashadigan element(lar)? A) xlor B) fosfor C) yod va xlor D) azot 15. Ikki hajm vodorod bilan bir hajm kislorod aralashmasi-… A) kulduruvchi gaz B) bo’guvchi gaz C) qaldiroq gaz D) sintez gaz 16. Suyuqlantirilgan oltingugurt ustidan vodorod o‘tkazilganda hosil bo’lgan kimyoviy birikma? A) H2SO3 B) H2S2O3 C) H2S D) H2SO4 17. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining gidridlari bog’ tabiati qanday? A) kovalent B) metal C) ion D) qutbli 18. BaH2 bog’ tabiati? A) kovalent B) metal C) ion D) qutbli 19. KH gidrolizidan ajralgan gaz? A) kislorod B) vodorod C) qaldiroq gaz D) gaz ajralmaydi 20. Qaysi metallar o‘zida vodorodni eritadi, lekin vodorod bilan birikma hosil qilmaydi? 1) Pt; 2) Pd; 3) Co; 4) Ru; 5) Na; 6) Al; A) 1,2,3 B) barchasi C) 1,2,3,4 D) 5,6 21. Texnikada vodorod qanday usullar bilan olinadi? 1) elektroliz; 2) konversiya; 3) suvga faol metallar ta’siridan; A) 1 B) 2 C) 1,2 D) 1,2,3 22. KCl yoki NaCl eritmalarini elektroliz qilinganda katodda ajralgan gaz? A) kislorod B) vodorod C) xlor D) gaz ajralmaydi 23. Suv gazini geliyga nisbatan zichligi? A) 15 B) 7,5 C) 3,75 D) 4 24. Qaldiroq gaz-… gazlar aralashmasidir A) 2H2+O2 B) CO2+H2 C) CO+H2 D) N2O+O2 25. Texnikada vodorodni konversiya usulida olishda karbonat angidrid gazidan tozalashda qo’llaniladigan birikma? A) NaOH eritmasi B) FeSO4 C) H2O D) Fe2O3 26. Okean suvining 3,5% qismini …. tuzi tashkil qiladi? A) potash B) MgSO4 C) NaCl D) KCl 27. Yomg’ir suvilarida oz miqdorda uchraydigan tuz? A) Na2SO4 B) NH4NO3 C) NH4NO2 D) NaCl 28. Nima uchun suv molekulasi qutbli molekula yoki dipoldir? A) suv molekulasi asimmetrik tuzilgan bo‘lib, unda musbat va manfiy zaryadlarni og‘irlik markazlari bir nuqtada yotmaydi B) suv molekulasi nosimmetrik tuzilgan bo‘lib, unda musbat va manfiy zaryadlarni og‘irlik markazlari bir nuqtada yotmaydi C) vodorod bog’lanish tufayli D) dimer tuzilishga egaligi 29. (H2O)n tarkibli polimerda vodorod bog’lanish soni ikkiga teng bo’lsa, polimerlanish darajasini aniqlang? A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 30. (H2O)n tarkibli polimerda polimerlanish darajasi 6 ga teng bo’lsa vodorod bog’lanish sonini aniqlang? A) 10 B) 8 C) 14 D) 12 31. Qaynoq suv ((H2O)n) polimerlanish darajasi qanday bo’ladi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 32. Suvning fizik xossalarini ayting? 1) toza suv hidsiz; 2) toza suv mazasiz suyuqlik; 3) toza suv yupqa qavati rangsiz; 4) toza suv qalin qavati havorang tusli; A) barchasi B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,4 33. Suvga aluminiy tuzlari qo’shilsa nima bo’ladi? 1) bu tuzlar suvdagi elektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi; 2) gidrolizlanib, aluminiy gidroksidni yopishqoq cho‘kmasini hosil qiladi; 3) suvda bo‘lgan mayda-mayda muallaq zarrachalarni va bakteriyalarni o‘zi bilan birga idish tubiga olib tushad; A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2 34. Tarkibida kalsiy va magniy sulfatlari bor suv-… A) yumshoq suv B) Qattiq suv C) oqova suv D) ichimlik suvi 35. 1766-yilda «Yonuvchi havo»ni kim kashf etgan olim? A) G.Kavendish B) A.Lavuazye C) Jak Shari D) M.Olifamta 36. «Yonuvchi havo» ga «gidrogenium» degan nom bergan olim. A) G.Kavendish B) A.Lavuazye C) Jak Shari D) M.Olifamta 37. Quyosh va boshqa yulduzlar massasining asosiy qismini tashkil etgan element? A) neon B) kislorod C) vodorod D) argon 38. Tretiyni 1934-yilda kim kashf etgan? A) G.Kavendish B) G.Yuri C) M.Olifamta D) A.Lavuazye 39. Ho‘l mevalarda olma, behi, anorda ko’proq qaysi kislota uchraydi? A) behi kislota B) anor kislota C) Olma kislota D) limon kislota 40. Shifokor ko‘rsatmasi bilan oshqozon-ichak buzilishi kasalliklarida ichiladigan kislota eritmasi? A) bromid B) yodid C) xlorid D) xlorit 41. Kislotalarning eritmalari qaysi indikatorlar rangini turlicha o‘zgartiradi? 1) lakmus; 2) fenolftalein; 3) metil zarg‘aldog‘i; 4) universal indicator; A) barchasi B) 1,2,3 C) 1,4 D) 1,3,4 42. Qanday muhitda to'q sariq rangli metil zarg'aldog'i pushti tusga o'tadi? A) ishqoriy B) kislotali C) neytral D) kuchsiz ishqoriy 43. Laboratoriyada vodorodni qaysi asbobda olinadi? 1) maxsus moslama; 2) Kipp apparati; 3) shisha probirkada; 4) byunzen kolbasida; A) 1 B) 2 C) 1,2 D) barchasi 44. Eng yaxshi issiqlik o‘tkazuvchi gazni ayting? A) is gazi B) kos C) vodorod D) kislorod 45. Diffuziya tezligi nima ta’sirida juda tezlashadi? A) yuqori bosim va haroratda B) yuqori bosim va konsentratsiya C) temperature va vajm D) siqish va konsentratsiya 46. Vodorod qaytaruvchanlik xossasi aniqlang? A) CuO + H2 = Cu + H2O B) H2+Si→SiH4 C) H2+Ca→CaH2 D) NaH+HOH= NaOH+H2 47. Ammiakning asosiy qismi nima uchun sarflanadi? A) o‘g ‘itlar va nitrat kislotasi ishlab chiqarishga B) o’g’itlar va azot ishlab shiqarishga C) nitrat kislota va vodorod ishlab chiqarishga D) nitrat kislota va azot ishlab chiqarishga 48. Ko‘mir va neft mahsulotlari gidrogenlansa nima hosil bo‘ladi? A) yengil yonilg‘I B) slanes C) toshko’mir D) koks 49. Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan necha burchak hosil qilib birikkan? A) 109º28´ B) 107,5º C) 104,3° D) 92,2º 50. Suv qaysi haroratda eng maksimal zichlikka ega bo’ladi? A) +4°C B) 100℃ C) 0℃ D) har qanday haroratda 51. Quyidagi moddalar uchun issiqlik sig’imi qanday o’zgaradi? glitserin→ etil spirt→ osh tuzi A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 52. Qaysi biri eng kata issiqlik sig’imga ega? A) qum B) ohaktosh C) etil spirt D) glitserin 53. Quyidagi moddalardan 1 kg dan olish uchun sarflangan suv o’zgarishini aniqlang? qand→bug’doy→ rezina A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 54. Suvni tozalashda qumdan tozalash uchun qo’llaniladigan usul? A) tindirish B) cho’ktirish C) filtrlash D) emallash 55. Suv qattiqligini qaysi ionlar belgilaydi? A) kalsiy va magniy B) bariy va berilliy C) natriy va magniy D) kaliy va kalsiy 56. Baliqlar tanasining qanchasi suvdan iborat? A) 80 B) 20-25 C) 95-98 D) 70 57. Bir aralashma tarkibidagi N2O va CO hajmiy ulushlari mos ravishda x va y ga teng, ikkinchi xuddi shunday aralashma tarkibida N2O va CO hajmiy ulushlari mos ravishda y va x ga teng. Agar ikkala aralashma o’rtacha molyar massalarinign farqi 2 ga teng bo’lsa, x va y ni aniqlang. A) 0,3; 0,7 B) 0,35; 0,65 C) 0,4375; 0,5625 D) 0,4; 0,6 58. 79 g noma’lum I va II valentli metal aralashmasining 2 moli suvda eritilganda 28 litr gaz ajraldi.Agar hosil bo’lgan XOH ning massasi Y(OH)2 nikidan 49,5 g ga kam bo’lsa, noma’lum metallarni aniqlang. A) Li, Ba B) Li, Ca C) K, Ba D) Na, Ba 59. 60 g SiO2 va 72g Mg dan iborat aralashma qizdirilganda hosil bo’lgan moddalar aralashmasi xlorid kislota bilan ishlov berilganda 8,96 I vodorod ajralgan. Olingan kjemniyning miqdorini(mol) toping. A) 1 B) 0,7 C) 0,3 D) 0,85 60. Al va S dan iborat aralashma qizdirilib mahsulot ikki qismga ajratildi. Birinchi qismi xona temperaturasida mo’l NaOH da eritilganda 10,08 litr gaz, ikkinchi qismi suvda eritilganda 13,44 litr gaz ajralsa, dastlabki aralashma massasi ? A) 68,1 B) 38,1 C) 76,2 D) 46,2 61. Kalsiy va aluminiydan iborat aralashma teng ikki qismga ajratildi. 1-qismi inert atmosfera muhitida grafit bilan tasirlashgan mahsuloti mo’l suvda eritilganda 8,96 litr gaz ajralgan bo’lsa, 2-qismi ishqorni suvli eritmasida eritilganda 15,68 litr gaz ajraldi. Dastlabki aralashma massasi qanday? A) 14,8 B) 29,6 C) 15,2 D) 30,4 N3 METALLMASLAR va VODOROD 1. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? hodorod→fosfor→ kremniy A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 2. Quyidagi elementlar uchun elektron biriktirib olish qanday o’zgaradi? fosfor→ mishyak→ azot A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 3. Elekromanfiylik-… 1) davr bo’ylab metalmaslar tartib raqami ortishi bilan kuchayadi; 2) guruh bo’ylab metallmaslarda tartib raqam kamayishi bilan susayadi; 3) davr bo’ylab metalmaslar tartib raqami kamayishi bilan kuchayadi; 4) guruh bo’ylab metallmaslarda tartib raqam ortishi balan susayadi; A) 1,2 B) 3,4 C) 2,4 D) 1,4 4. Yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan metallmaslar? A) vodorod va neon B) vodorod va geliy C) kislorod va kremniy D) vodorod va kislorod 5. Geliy guruhchasi metallmaslari qanday nomlanadi? A) noyob metalmaslar B) kosmos lementlari C) inert (yoki nodir) gazlar D) xushmanzara rang hosil qiluvhi 6. Normal sharoitda qaysi metallmaslar qattiq? A) S, C, Kr, Se B) S, C, J2, P C) Si, B, Ne, As D) P4, S8, C60, O3 7. 1962-yilda qaysi nodir gaz birikmasi olingan? A) kripton B) radon C) ksenon D) neon 8. Metallmaslarning yuqori oksidlari qanday xossaga ega? A) asosli B) amfoter C) kislotali D) amfolit 9. NH3 agregat holati(n.sh)? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 10. PH3 agregat holati? A) gaz B) qattiq C) suyuq D) plazma 11. CO2 qanday xossaga ega? A) asosli B) amfoter C) kislotali D) amfolit 12. Yer po‘stlog‘ini og‘irlik jihatidan 1% ini tashkil qiladigan metalmas? A) ftor B) xlor C) selen D) vodorod 13. Vodorodning boshqa gazlardan farqini aniqlang? 1) issiqlikni yaxshi o‘tkazishi; 2) qiyin suyuqlanadi; 3) atom radiusi katta; 4) agregat holatida; A) 1 B) 2 C) 3,4 D) 1,2 14. Vodorod qaysi element bilan ta’sirlashishi alangasining temperaturasi 3000°C gacha yetadi? A) fosfor B) azot C) kislorod D) ftor 15. Qaldiroq gazini geliyga nisbatan zichligi? A) 12 B) 3 C) 6 D) 1,5 16. Metallarni birikmalaridan ajratib olish vodorodning qanday xossasiga asoslangan? A) oksidlovchilik B) qaytaruvchilik C) metalmaslik D) kuchli alanga hosil qilish 17. Qaysi gidridlar suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, erkin vodorod ajratib chiqaradi? A) ishqoriy va ishqoriy-yer metallari gidridi B) ishqoriy va oraliq elementlar gidridi C) faqat oraliq elementlar gidridi D) barcha metallar gidridi 18. KH bog’ tabiati? A) kovalent B) metal C) ion D) qutbli 19. CaH2 gidrolizidan ajralgan gaz? A) kislorod B) vodorod C) qaldiroq gaz D) gaz ajralmaydi 20. Atomar vodorod qaysi elementlar bilan odatdagi temperaturadayoq birikadi? A) azot, fosfor, oltingugurt B) nikel, temir, kobalt C) selen, platina, fosfor D) palladiy, kalsiy, oltingugurt 21. Texnikada toza vodorod qanday olinadi? 1) elektroliz; 2) konversiya; 3) suvga faol metallar ta’siridan; A) 1 B) 2 C) 1,2 D) 1,2,3 22. KCl yoki NaCl eritmalarini elektrolizidan o’yuvchi ishqor olishda katodda ajralgan gaz? A) kislorod B) vodorod C) xlor D) gaz ajralmaydi 23. Navoiy va Chirchiq kombinatlarida vodorod olishda qo’llaniladigan konversiya usuli? A) C+H2O→CO+H2 B) CH4 C2H2+H2 C) KH+HOH→ KOH +H2 D) C+H2O CO2 +H2 24. Kuldiruvchi gaz-… gazlar aralashmasidir A) 2H2+O2 B) CO2+H2 C) CO+H2 D) N2O+O2 25. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan murakkab modda qaysi? A) HOH B) CO2 C) Si D) O2 26. Yer po‘stlog‘i tarkibidagi barcha elementlarining 17 % ini tashkil qiladigan metallmas atomi? A) ftor B) xlor C) selen D) vodorod 27. Momaqaldiroq vaqtida hosil bo‘ladigan moddalardan qaysi biri yomg’ir suvida oz miqdorda uchraydi. A) Na2SO4 B) NH4NO3 C) NH4NO2 D) NaCl 28. Suv molekulasidagi musbat qutb boshqa molekulaning manfiy qutbiga tortilishi sababli ular o‘zaro birlashib (H2O)n tarkibli polimer zarrachalar hosil qilishi uning-… tufaylidir. A) disssotsilanishi B) gidrolizi C) assotsilanishi D) suvning anomal holati 29. (H2O)n tarkibli polimerda vodorod bog’lanish soni oltiga teng bo’lsa, polimerlanish darajasini aniqlang? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 30. (H2O)n tarkibli polimerda polimerlanish darajasi 7 ga teng bo’lsa vodorod bog’lanish sonini aniqlang? A) 10 B) 8 C) 14 D) 12 31. Suv molekulalarining polimerlanish jarayoni nima bilan izohlanadi? A) vodorod bog‘lanish hosil bo‘lishi bilan B) vodorod bog’lanish hosil qilib dissotsilanishi C) 0℃ muzlash va 100℃ qaynashi tufayli D) dipolga ega bo’lmasligi 32. Xlor suvda eriganda … hosil bo‘ladi? A) gipoxlorit va xlorit kislotalar B) xlorat va xlorid kislotalar C) gipoxlorit va xlorid kislotalar D) xlorit va xlorid kislotalar 33. Suvdagi mikroblar qanday qilib yo‘qotiladi? 1) katta tindirgichlarda tinitilgan suvga xlor qo‘shib; 2)katta tindirgichlarda tinitilgan suvga ozon qo‘shib; 3) katta tindirgichlarda tinitilgan suvga ultrabinafsha nurlar ta’sir ettirib; A) 2 B) 1 C) 1,3 D) 1,2,3 34. Suvni kalsiy va magniy sulfatlaridan tozalash uchun keyingi yillarda nimalar keng qo‘llanilmoqda? A) qaynatish B) sodali usul C) ionitlar D) kationitlar 35. 1783-yilda Parijda kim tomonidan vodorod to‘ldirilgan shar havoga uchirildi? A) G.Kavendish B) A.Lavuazye C) Jak Shari D) M.Olifamta 36. Vodorod so’zining ma’nosini ayting? A) tuz hosil qiluvchi B) suv yaratuvchi C) ruda hosil qiluvchi D) kislota yaratuvchi 37. Vodorod koinotdagi nimalar tarkibida uchraydi? 1) gazsimon tumanliklar; 2) yulduzlararo gaz; 3) yulduzlar; 4) quyosh; A) 3,4 B) 1,2,3,4 C) 2,3 D) 4 38. Yulduzlar qarida vodorod qanday o’zgarishga uchraydi? A) geliy atomlariga aylanadi B) neon atomlariga aylanadi C) o’zgarish kuzatilmaydi D) vodorod molekulasini hosil qiladi 39. Otquloq yoki shovul barglarida ko’proq uchraydigan kislota? A) limon kislota B) anjir kislota C) shovul kislota D) sirka kislota 40. Avtomobillar akkumulator batareyalarida ishlatiladigan kislota? A) sulfit B) sulfat C) karbonat D) plumbat 41. Kislotalarda lakmus qanday rang o’zgartiradi? A) binafsharangli lakmus qizil tusga o'tadi B) rangsiz lakmus qizil rangga bo’yaladi C) rang o’zgarmaydi D) binafsha rangli lakmus ko’k tusga bo’yaladi 42. Qanday muhitda universal indikator qizil tusga o'tadi A) ishqoriy B) kislotali C) neytral D) kuchsiz ishqoriy 43. Sanoatda vodorod olishda ishlatiladigan tabiatda ko‘p tarqalgan birikma(lar)ni aniqlang? A) suv va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi metan B) suv C) metan D) etan va NaCl eritmasi 44. Ekologik toza yoqilg’i? A) kislorod B) metan C) vodorod D) ko’mir 45. Vodorod qaysi metallarda yaxshi eriydi? A) Fe, Co, Ni B) Ru, Os, K C) Ni, Pd, Pt D) Ni, Na, Pd 46. Quyosh qa’rida sodir bo‘ladigan termoyadro reaksiyasi qaysi va uning vazifasini aniqlang? 1) vodorodning geliyga aylanishi; 2) tuganmas yagona energiya manbayi; 3) geliyning vodorodga aylanishi; A) 2,3 B) 1,2 C) 1 D) 3 47. Vodorod nimalarni gidrogenlashga sarflanadi? 1) yog‘-moylar; 2) ko‘mir; 3) neft mahsulotlari A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3 48. Vodorod-kislorod alangasi harorati nimaning imkonini beradi? 1) qiyin suyuqlanadigan metallar kesish; 2) qiyin suyuqlanadigan metallar payvandlash; 3) kvarsni kesish; A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2 D) 3 49. Suvning zichligi qanday o’zgaradi? H2O(q)→H2O(s)→H2O(g) A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 50. Suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o’tishga sekin sovishi nima bilan bog’liq? A) suvning zichligi o’zgaruvchanligiga B) suvning yuqori issiqlik sig’imiga C) qovushqoqligiga D) oquvchanligiga 51. Quyidagi moddalar uchun issiqlik sig’imi qanday o’zgaradi? ohaktosh→etil spirt→qum A) kamayadi, kamayadi B) ortadi, ortadi C) ortadi, kamayadi D) kamayadi, ortadi 52. Qaysi biri eng kata issiqlik sig’imga ega? A) qum B) ohaktosh C) osh tuzi D) glitserin 53. Suv ko’plab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda qanday vazifalarni bajaradi? 1) sovutkich; 2) erituvchi muhit; 3) tozalov vositasi; A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3 54. Suvni tozalashda nima uchun suvga havo purkaladi? A) organik moddalarning parchalash B) bakteriyalarni oksidlash C) mayda-mayda mikroorganizmlarni faollashtirish D) loyqani cho’ktirish 55. Suv qaysi tananing 95-98% tashkil qiladi? A) miya va yurak B) baliq C) meduza, suv o’t D) suyak 56. Suyaklarning qanchasi suvdan iborat? A) 80 B) 20-25 C) 95-98 D) 70 57. Ishqoriy metal nitriti va FeO dan iborat 4,06 g aralashma mol ulushi bir xil bo’lib, konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’sirida 1,344 litr NO2 gazi ajraldi. Hosil bo’lgan eritma bug’latilib massasi o’zgarmay qolguncha qizdirildi. Metalni aniqlang. A) Cs B) K C) Na D) Rb 58. Odatda havo tarkibida 0,04% karbonat angidrid bo’ladi. Agar uning havodagi miqdori 0,1 % gacha ko’tarilsa, bosh og’rig’i va nafas olish qiyinlashuvi vujudga keladi. 15 ta o’quvchidan iborat, havo almashtirgich tizimi bo’lmagan 3x6x5 men o’lchamli o’quv zalida qancha vaqt (minut)dan so’ng, yuqoridagi holatlar kuzatila boshlaydi? (I ta o’quvchi bir soatda 20 I karbonat angidrid ajratadi deb hisoblang). A)18 B)10,8 C)25,2 D)216 59. 72g Au va Al dan iborat aralashma suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishdi. Hosil bo’lgan eritma o’yuvchi natriy eritmasi bilan ta’sirlashdi. Ajralib chiqqan gaz modda 43,2 g FeO bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishish ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi alyuminiyni massasini (g) aniqlang. (Alyuminiy nitrat kislota bilan to’liq reaksiyaga kirishadi deb hisoblang.) A) 28,8 B) 9,6 C) 43,2 D) 40 60. Hajmi 50ml bo’lgan aluminiy va mis(II)sulfat tuzlari eritmasiga mo’l ishqor qo’shilganda cho’kma tushdi. Cho’kma ajratilib qattiq qizdirilganda 1,4 g qoldiq hosil bo’ldi. Huddi shunday aralashma mo’l ammiak eritmasi qo’shilganda cho’kma tushdi. Cho’kma ajratilib qattiq qizdirilganda 0,765g qattiq qoldiq hosil bo’lsa, dastlabki eritmadagi tuzlar konsentratsiyasi(M) mos ravishda qanday bo’lgan? A) 0,15; 0,35 B) 0,35; 0,15 C) 0,25; 0,4 D) 0,4; 0,25 61. Kalsiy va aluminiydan iborat aralashma 1:2 massa nisbatda ikki qismga ajratildi. 1-qismi inert atmosfera muhitida grafit bilan tasirlashgan mahsuloti mo’l suvda eritilganda 8,96 litr gaz ajralgan bo’lsa, 2-qismi ishqorni suvli eritmasida eritilganda 31,36 litr gaz ajraldi. Dastlabki aralashma massasi qanday? A) 29,6 B) 13,4 C) 14,8 D) 44,4 Download 38.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling