Na bo‘ldi, nigor-o, bizga aslo qaramaysiz, Guldek ochilib, g‘unchai humro, qaramaysiz!


Download 15.12 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi15.12 Kb.
#1282336
Bog'liq
Na bo


Na bo‘ldi, nigor-o, bizga aslo qaramaysiz,
Guldek ochilib, g‘unchai humro, qaramaysiz!
Voy-dod, qaramaysiz!...
Yo o‘zga kishilar sizga so‘z o‘rgatadurmi?
Yo‘qsa, negakim so‘z demayin, yor, qaramaysiz!
Voy-dod, qaramaysiz!...
Qizlarga so‘z otishdan boshqaga yaramaysiz!
Qo‘lingizda – tor, har kuni – yallo, qaramayman!
Voy-jon, qaramayman!..
Har kun o‘tasiz, do‘ppini boshga qo‘yib egri,
Olisda bo‘lib buncha tamanno, qaramaysiz!
Voy-bo‘y, qaramaysiz!..
Menga yetaman deb bekorga bo‘lmang ovora,
Osmonga qarang, men – o‘sha Zuhro, qaramayman!
Voy-jon, qaramayman!...
Ey, so‘zlari nolon, sizga aslo qaramayman,
Hammaga qarab, bir sizga tanho qaramayman!
Voy-jon, qaramayman!..
Na bo‘ldi, nigor-o, bizga aslo qaramaysiz?
Guldek ochilib, g‘unchayu xumro, qaramaysiz?
Voy-dod, qaramaysiz!..
Yondirasiz!..
Yondiraman!..
Kuydirasiz!..
Kuydiraman!..
https://lyricstranslate.com
Download 15.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling