Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog’idin tomgan ki, go’yo qatra bol bo'lsam


Download 14.79 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi14.79 Kb.
#1674721
Bog'liq
jahon adabiyoti


G’AZAL

Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo'lsam,


Labing yaprog’idin tomgan ki, go’yo qatra bol bo'lsam.

Butog’ingga qo’nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,


O’pib g’unchangni ochmoqliqqa tong chog’i shamol bo'lsam.

Bo’yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag’riq,


O’zimning san’atimga so’ng o’zim hayratda lol bo'lsam.

Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg’iz,


O’zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo'lsam.

Agar bog’ingda gul bo’lmoq mening-chun noravo bo'lsa,


Ki ming bor roziman qasringga, hattokim duvol bo'lsam.

Boshim hech chiqmasa, mayli, malomat birla bo’htondin,


Raqiblar rashkiga ko’krak keray, mayli, qamol bo’lsam.

Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,


Fido jonimni qildim yo’lingga, mayli, uvol bo'lsam.
Hamid Olimjon
Shoir g’azalining tahlili
Hamid Olimjon she'riyati o’zbek mumtoz adiblarining pokiza ijod bulog’idan bahramand bo'ldi. Bu ishqiy g’azal yor madhiga bag’ishlangan bo’lib, oshiq
o’z ma’shuqasiga yetishmoqni, uning e’tibori va e’tirofiga erishmoqni istaydi.
Tasavvur qilish mumkinki, yor bag’oyat go’zal. Uning visoliga yetishish uchun oshiq barcha tadbirlarga rozi. Xol, qatra bol, bulbul va shamol bo’lish oshiqning orzusi. Guldek ochilgan yor bo’ylarini turli tomonga taratish ham mumkin.
Lirik qahramon raqiblarga duch kelishdan ham qo’rqmaydi.

Oxirida:
Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,


Fido jonimni qildim yo'lingga, mayli, uvol bo'lsam,

deganicha xuddi mumtoz adabiyotdagi oshiqlar kabi yor yo'li-da jon fidolikdan ham qaytmaydi. Odatda, sharq adabiyotida g’azal janri aruz vaznining muayyan bir bahrida yoziladi. Hamid Olimjonning bu g’azali hazaji musammani solim vaznida


yozilgan. G'azalning ruknlari va chizmasi quyidagicha:
V --- / V --- / V --- / V ---
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun


Umuman, Hamid Olimjon she'rlari o'ziga xos uslubi, go'zalligi va ko’plab badiiy san’atlar qo’llagani bilan ajralib turadi.
Download 14.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling