8
Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasi
1
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kiyinish va xushbo‘ylanishda tutgan yo‘llari
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam kiyimlarini
qanday tanlar edilar?
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kiyim tanlashda tutgan yo‘llari eng
yetuk va mukammal yo‘l bo‘lib, u zotning o‘ta kamtar, odmi va qanoatli
ekanlariga dalolat qiladi. Chunki u zot libosni paxtadan, zig‘ir tolasidan
yoki yungdan to‘qilganidan qat’i nazar, takalluf va isrofdan yiroq holda
borini kiyar edilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam o‘z zamonasida qanday kiyim
lar kiyilgan bo‘lsa, o‘shanday liboslarni kiyganlar. U kishi kiygan liboslar
ushbulardir:
izor
1
,
rido
2
,
sirvol
3
,
qomis
4
,
aba’a
5
va
burda
6
. Shuningdek, u zot
jubba
7
va
xomisa
8
kiyardilar. Boshlariga esa
imoma
9
o‘rardilar yoki
qolan-
suva
10
kiyar, ba’zan esa ikkisini barobar kiyardilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sevimli
kiyimlari
Nabiy sollallohu alayhi va sallam kiyimlarning barcha turlari va rang
larini ma’qul ko‘rsalarda, ular orasida qomisni, ranglardan esa oq rang
ni xush ko‘rardilar. Hatto bizga o‘shanday libosni kiyishni tavsiya qil
ganlar:
اَهيِف اوُنِّفَكَو ْمُكِباَيِث ِرْيَخ ْنِم اَهَّنِإَف َضاَيَبلا ُمُكِباَيِث ْنِم او ُسَبلا«
.» ْمُكاَتْوَم
1
Badanning pastki yarmini o‘rab turuvchi libos.
2
Badanning ustki yarmini, izorning yuqorisini o‘rab turuvchi libos.
3
Kindik bilan tizza orasini qoplab turuvchi libos.
4
Badanning deyarli hamma qismini qoplab turuvchi libos.
5
Badanning ustki qismini, izorning yuqorisini qoplab turuvchi (keng va yengsiz)
libos.
6
Aba’a kabi bo‘lib, faqat yo‘lyo‘l chiziqli matodan tikilgan libos.
7
Keng yengli, oldi ochiq bo‘lib, kiyimlar ustidan kiyiladigan to‘n.
8
Qora rangli, naqshli yoki naqshsiz to‘rtburchak shakldagi kiyim.
9
Salla. Boshga o‘raladigan mato.
10
Rangi va shakli har xil bo‘lgan do‘ppi, qalpoq singari bosh kiyim.
Do'stlaringiz bilan baham: |