Nafas olish azolari kasalliklarida uchraydigan kechiktirib bõlmaydigan holatlarda shoshilinch yordam kõrsatishda hamshiraning õrni


Download 239.65 Kb.
bet6/9
Sana09.01.2022
Hajmi239.65 Kb.
#256316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nafas olish azolari kasalliklarida uchraydigan kechiktirib

Qon tupurish.

  • Bu nafas a’zolari kasalliklarining asosiy va jiddiy alomatlaridan biridir. U kuchli yo‘tal mahalida bronxlar cho‘zilib, kengayib qolgan paytlarda (bronxoektazlarda) qon tomirlarining yorilishi, o‘pkadagi yiringli jarayon (abssess)lar sil, xavfli o‘sma tufayli o‘pka to‘qimasi butunligi buzilishining natijasidir. Oz qon tupurish ham xavfli hisoblanadi, chunki u shoshilinch chora- tadbirlar ko‘rishni talab etadigan, bemor hayotiga xavf soladigan o‘pkadan qon oqishiga aylanib ketishi mumkin. O‘pkadan ko‘pincha kuchli yo‘tal paytida qon oqadi. Qon rangi qip-qizil, ko‘pikli, ishqoriy reaksiyali bo‘lib, ayni vaqtda o‘pkadan qon oqishidan farqli ravishda, me’dadan qon oqqanda qusish, ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Qon ovqat bilan aralashgan, to‘q rangli, ba’zan ivib qoluvchan bo‘ladi. Milklar va halqumdan qon oqayotganini istisno qilish maqsadida, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni sinchiklab ko‘zdan kechirish lozim. Milklar, bodomcha bezlari va burun hamda halqumdan oqayotgan qonsimon suyuqlik pushti, jigarrangli, shilimshiq bo‘ladi.

Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling