Nafas olish fiziologiyasi o’pkaning tiriklik sig’imi Reja Nafas olish organlarining umimiy tavsifi Nafas olish va chiqarish
Download 61.72 Kb.
|
Nafas olish fiziologiyasi o’pkaning tiriklik sig’imi
Nafas olish – inspiratsiya ko'krak qafasining eniga, bo’yiga va balandligiga kengayishi xisobiga sodir bo’ladi. Jumladan, nafas olinayotgan paytda qaburg’alararo tashqi tishsimon muskullar qisqarishi natijasida ko'krak qafasi eniga kengaysa, diafragmaning qorin bo'shlig'i tomon tortilib, konus shakliga o’tishi natijasida bo’yiga, tosh suyagining pastga tushishi xisobiga balandligiga tomon kengayadi. Oqibatda ko'krak qafasining ketidan o'pka ham kengayib, uning ichidagi bosim pasayadi, natijada unga havo so’rib olinadi. Havo so’rilishi o'pkaning batamom kengayib, ichidagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashguncha davom etadi. Nafas olinayotganda ko'krak qafasining eniga faol kengayishi tufayli ko'krak bo'shlig'idagi bosim sezilarli darajada,masalan, yirik hayvonlarda (simob ustuni xisobida) 30-50mm gacha pasayib ketadi. Natijada o'pkaning kengayishi uchun juda yaxshi imkon tug’iladi. Ko'krak qafasining kengayishida ishtirok etadigan muskullarga (masalan, qaburg’alararo tashqi tishsimon muskullar) inspirator muskullar deyiladi.
Nafas chiqarish –ekspiratsiya. Nafas olish, ya’ni havoni o'pkaga so’rish –inspiratsiya tugashi bilanoq nafas chiqarish ekspitatsiya boshlanadi. Nafas tugashi bilanoq qaburg’alar o’z og’irligi va to’g’aylarning elastikligi tufayli avvalgi, holatini egallashga intilib siqila boshlaydi. Qaburg’alararo tishsimon muskullar ham qisqarib, qaburg’alarning siqilishiga yordam beradi. Shuning natijasida ko'krak qafasi va unga ergashib o'pka ham toraya boshlaydi. Bu vaqtda qorin bo'shlig'idagi organlarning bosimi tufayli, diafragma ko'krak bo'shlig'i tomon egilib, qavariq holatga o’tadi. To’sh suyagi esa, avvalgi vaziyatini egallaydi, mana shularning hammasi ko'krak qafasining bo’yiga va balandligiga torayishini ta’minlaydi. Shunday qilib, har tomondan ko'krak qafasining torayishi oqibatida, o'pka ham torayib, nafas chiqariladi. Qaburg’alarning siqilishi va shu tariqa ko'krak qafasining torayishida ishtirok etadigan muskullarga (masalan, qaburg’alararo ichki tishsimon muskullar) ekspirator muskullar deyiladi.
Download 61.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling