Nafas olish sistemasi kasaliklari
Download 72.34 Kb.
|
Nafas olish sistemasi kasaliklari
Oldini olishUshbu kasallikdan tiklanish ehtimoli kasallikning bosqichi, shiksatlanish maydoni, bemorning umumiy salomatligi asosida hisoblanadi. Dastlabki bosqichlarda tashxis qo’yish kasallikni davolashni samarali kursini belgilash imkonini beradi. Kasallikning rivojlanishi immunitet darajasiga bog’liq, shuning uchun asosiy profilaktik chora — sog’lom turmush tarziga rioy qilish hisoblanadi. Bolalarni emlash, kasallikni dastlabki bosqichlarida aniqlash uchun muntazam sinovlar va testlarni o’tkazish ham muhim rol o’ynaydi. Faringit (yun. pharynx — halqum va itis — yalligʻlanish) — halqum (yutqin) shilliq pardasining yalligʻlanishi. F. kechishiga qarab oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir respirator kasalliklar, gripp va boshqa infeksion kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Halqum shilliq pardasiga bevosita taʼsir etadigan omillar (sovuq havoda gaplashish, nafas olish, juda issiq yoki sovuq ovqatlar isteʼmol qilish, spirtli ichimliklar ichish, chang havodan, gazlar bugʻidan nafas olish va boshqalar) ham F.ga sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir F.da halqum qurib, qichishadi, tupuk yutganda, ayniqsa, „quruq yutinganda“ ogʻriq paydo boʻladi, gavda temperaturasi normal turadi, baʼzan bir oz koʻtariladi. Kasallikning oldi olinmasa, surunkali shaklga oʻtishi mumkin. Surunkali F.da xdlqumda shilimshiq ajralma toʻplanadi, bemor koʻpincha yoʻtalib, balgʻam tashlaydi; yoʻtalganda baʼzan koʻngli aynib, qayt qilishi mumkin. Burun, murtak va chirigan tishlarning yiringli yalligʻlanishi, surunkali tumov, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari natijasida surunkali F. paydo boʻladi. Havo quruqligi, traning keskin oʻzgarishi, chang va gazli muhit kabi zararli omillar xam F. sababchisidir. Kasallikni keltirib chiqargan omillar oʻz vaqtida yoʻqotilmasa, u surunkali tuye olib, halqum shilliq pardasining atrofiyasiga olib keladi. F.ning oldini olishda halqum shilliq pardasiga taʼsir etadigan zararli omillarni yoʻqotish, shamollashdan saklanish, organizmni chiniqtirish (halqumni sovuq suv bilan chayib turish), chang va gazli muhitda ishlovchilar maxsus himoya vositalaridan foydalanishlari lozim. Download 72.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling