Nafas olish sistemasi kasaliklari
Download 72.34 Kb.
|
Nafas olish sistemasi kasaliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkir bronxit
- Bronxit alomatlari
Oqibat va asoratlar
Bolalarda bronxitni oʻz vaqtida, toʻgʻri davolash oqibati – ijobiydir. Ammo, bronxit – bu uzoq muddat davom etadigan kasallik, bolaning kasallikdan butunlay qutulib ketishi uchun bir necha hafta sarflanishi mumkin. Eng asosiysi oddiy bronxitni ogʻir koʻrinishlariga (obstruktiv bronxit va bronxiolit) oʻtib ketishiga, hamda oʻpkalar yalligʻlanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Bolalarda obstruktiv bronxit hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin ekanligini unutmaslik zarur. Ayniqsa kichik yoshdagi bolalat xavf guruhida turadilar. Gap shundaki, bronxlarning spazmi yoki ular boʻshligʻida shilliq toʻplanib qolishi nafas yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bronxitning asoratlari sifatida – bronxial astma, qaytalanuvchi bronxit, surunkali bronxit rivojlanishi mumkin. Infeksiyaning organizmda tarqalishi natijasida ogʻir asoratlar – endokardit, buyraklar yalligʻlanishi kelib chiqishini unutmaslik lozim. O‘tkir bronxit – o‘pkaga olib boradigan nafas yo‘llarining yallig‘lanishi. U shamollash yoki gripp kabi virusli infeksiyaning asoratlari sifatida rivojlanishi mumkin. Ba’zida bronxit patogen bo‘lmagan sabablarga ko‘ra o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. U garchi organizmga shunday ta’sir o‘tkazsa-da, albatta, virusli infeksiya asosiy sabab bo‘lib qoladi. Aytgancha, bu bronxitni davolash uchun antibiotiklarning deyarli foydasizligini anglatadi. Bronxit alomatlari: doimiy yo‘tal (balg‘amli yoki quruq); tomoq og‘rig‘i; ko‘krak qafasda og‘riq (yo‘tal payti kuchayadi); nafas yetishmovchiligi; xansirash, notekis nafas olish; titroq; tanada og‘riq. O‘tkir bronxit bir hafta ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketishi mumkin. Ammo yo‘tal qoldiq hodisa sifatida ba’zan bir necha hafta yoki hatto oylar mobaynida ham davom etadi. Agar bemorga bronxit tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, shuningdek, ahvol og‘irlashsa, holat o‘zgarishsiz davom etsa, bunday vaziyatda infeksiya yuqish darajasi ortib boradi. U odatda ikkinchi darajali deb nomlanadi. Bunday holatda har qanday bemor o‘z-o‘zini davolashi xavfli, albatta, shifokor nazorati ostida bo‘lish tavsiya etiladi. Download 72.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling