Orciprenaline sulfas bronxlar adrenoretseptorlariga izadringa nisbatan ancha yuqoriroq
tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Bronxolitik kuchi izadrinnikidek, lekin davomliroq ta’sir
ko‘rsatadi.Taxikardiya chaqirmaydi, arterial qon bosimini tushirmaydi, ya’ni yurakning betta
bir adrenoretseptorlariga kamroq ta’sir etadi.Orsiprenalinni ingalyasiya qilinganda ta’siri 10-
15 daqiqadan keyin boshlanib 4-5 soat davom etadi.Bronxial astma xurujlarini oldini olish
uchun preparat ichiladi.Bun-da preparatning ta’siri 1 soatdan keyin boshlanib 4-6 soat davom
etadi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: bronxial astma, surunkali asmoid bronxitlar, pnevmoskleroz, o‘pka
emfizemasi, atriventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi. Preparatning noxush ta’siri kam,
lekin izadringa xos bo‘lgan asoratlar bo‘lishi mumkin (qon bosimini tushishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |