1.Markaziy ta’sir etuvchilar:
a) narkotiklar (kodein , etil morfin )
b) nonarkotiklar (glautsin gidroxlorid, tusupreks)
2.Periferik ta’sir etuvchilar (libeksin)
Codeine phosphas qora dori -opiy tarkibiga kiruvchi alkaloid (metil morfin 0,5% ).
Uning MNSga susaytiruvchi ta’siri morfinnikidan kam. Terapevtik dozalarda
og‘riqsizlantiruvchi, nafas va yo‘tal markazini falajlovchi, kayf berish xossasi rivojlanadi.
Katta dozalarda morfinistlarda obstinensiya sindromini susaytirishi yoki ba’zan bartaraf
etishi mumkin. Analgetik ta’sir kuchi morfinnikidan 7 marta kam bo‘lsa ham u kuchli
darajada yo‘talni qoldirish xossasiga ega.Lekin yo‘talni qoldirish ta’sir kuchi ham
morfinnikidan sust. MNSdagi yo‘tal markaziga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, uni
qo‘zg‘oluvchanligini keskin susaytiradi.Asosan yo‘talni to‘xtatish yoki kamaytirish uchun
yakka o‘zi yoki boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi.(Bexterev miksturasi: adoni
zid,NaBr kodein; “Kodeteripin”-NaHCO3, terpingidrat, kodein).
Do'stlaringiz bilan baham: |