Nafas organlari kasalliklari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
nafas organlari kasalliklari
O‘TKIR BRONXIT
Ta’rifi. O‘tkir bronxit — bronxlarning o‘tkir yallig‘lanishi. Bu nafas organlarining eng kup uchraydigan kasalligi va xronik bronxitlardan farkli ravishda asosan bemor organizmi sovqotganda virus va bakterial infeksiya natijasida yoki nafas sistemasiga ximiyaviy va fizikaviy omillarning ta’sirlantiruvchi ta’siri natijasida rivojlanadi. O‘tkir bronxitlar virusli infeksiyalarda (gripp, kizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal, adenoviruslar, RS-viruslar, ornitozlar va boshq.), bakteriyalar ta’siri
ostida (pnevmokokklar, streptokokklar, stafilokokklar, Fridlender tayoqchasi va inflyuensalar va boshq.), tarkibida zararli gazlar (xlor, ammiak, vodorod, azot oksidlari, sulfat va sulfid angidrid) konsentratsiyalari yukrri bo‘lgan havodan nafas olinganda, jangovar zaharli moddalar (fosgen, difosgen, xlor, iprit, lyuizit) dan zaharlanishda, har xil chang-g`uborlar nafasga olinganda (chang-to‘zondan bo‘ladigan bronxitlar), fizikaviy omillar ta’siri ostida (termin), o‘pka va bronxlar venoz qonga to‘liq bo‘lganda (dimlanish bronxitlari), endogen intoksikatsiyalarda (uremik bronxitlar), organizmniig allergik holatlarida (allergik bronxitlar) va bonщalarda rivojlanadi. O‘tkir bronxit rivojlanishiga moyillik qiladigan omillar organizmning sovqotishi,
asabiy zo‘riqish, alkogolni suiiste’mol qilish, turli-tuman xronik va ekzogen intoksikatsiyalar, chekish, infeksiya o‘chodlari (rinnt, tonzillit, sinusitlar va boshqalar) borligi, bronxial devorlardagi almashinuv va trofik buzilishlar, bronxlarning motor va evakuator funksiyasshshng buzilishi va boshqalar hisoblanadi. O‘tkir bronxitning klinik manzarasi organizmning umumiy intoksikatsiyasi simptomlaridan va bronxlarning o‘zining zararlanish simptomlaridan iborat (temperaturashshg ko‘tarilishi, et junjikishi, umumiy holsizlik, mushaklar ogrishi, tumov, tovush bo‘gplishi, tomoq kichishishi, quruq, keyinchalik balg‘amdi yo‘tal, to‘sh orqasida qichishish, yo‘talda kuchayadigan qichishish sezgisi). O‘pka tomonidan bo‘ladigan fizikal hodisalardan eng xarakterlilari auskultativ ma’lumotlar — qattiq vezikulyar nafas, duruq tarqoq xirillagan tovushlar, bronxiolit rivojlanganda esa yallig‘langan bronxlarning kalibri (ingichka-yo‘g‘onligi) va ulardagi yallig‘lanish sekretining xarakteriga ko‘ra tovushsiz nam xirillashlar yoki hushtakli xirillashlar eshitiladi. Etiologiyasi, organizmning dastlabki holati, jarayonning tarqalganlik darajasiga ko‘ra nafas funksiyasi, yurak- tomirlar sistemasi, qon sistemasi va boshqalar tomonidan turli-tuman o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘tkir hodisalar odatda 1- xafta oxirida o‘tib bo‘ladi, 2- hafta oxirida va 3- hafta boshida bemor batamom sog‘ayib qoladi. Kasallik jarayoni bronxlarning eng mayda shoxobchalariga tarqalgan hollarda — bronxiolitda prognoz yomonlashadi. O‘tkir bronxitning xronik bronxitga o‘tishiga imkon beradigan eng ko‘p sabablar quyidagilar: — makroorganizm reaktivligining pasayishi yoki o‘zgarinsh; — bronxlarning nospetsifik ta’sirlovchilar (chekish, alkogol, sovuq va chang-to‘zonli havodan nafas olish) dan irritatsiyasi; — o‘tkir bronxitlarda bronxlarning chukur neyrogumoral va trofik buzilishlari; — bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi; — yuqori nafas yo‘llarida xronik o‘choqlar borligi; — o‘tkir bronxitga yetarlicha davo qilmaslik. Ko‘pincha o‘tkir
bronxitning xronik
bronxitga o‘tishi
quvvatsizlanib qolgan bemorlarda (noqulay sharoit bo‘lganda), aksariyat virus etiologiyali o‘tkir bronxitda, bronxlar chuqur zararlanganda va ayniqsa o‘tkir bronxit bronxial o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan kechganda kuzatiladi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling