Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari
Ushbu maqolani ham o‘qing
Download 94.55 Kb.
|
19Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xeymlix usulini bolalar va homiladorlarda oʻtkazishning oʻziga xosligi
Ushbu maqolani ham o‘qing: Yoga foydalimi?
Eʼtibor bering: Xeymlix usuli yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketguniga qadar yoki bemor hushini yoʻqotgunga qadar amalga oshiriladi. Agar shikastlanuvchi hushini yoʻqotsa, yot jismni chiqarishga qaratilgan harakat toʻxtatiladi va zudlik bilan oʻpka-yurak reanimatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Xeymlix usulini bolalar va homiladorlarda oʻtkazishning oʻziga xosligi 1 yoshdan kichik boʻlgan bolalar nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish: bolani qorin sohasi bilan bir qoʻlingizga oling, yuzi (boshi) sizning kaftingizda boʻladi, bolaning boshi tanasiga nisbatan pastroqda boʻladi. Soʻngra ikki kurak oraligʻi sohasiga ikkinchi qoʻlingiz kafti bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uriladi. Ikkinchi bosqich – bola yuzini yuqoriga qaratgan holda ikknchi qoʻlingizga oling, soʻngra soʻrgʻichlardan bir barmoq pastki sohaga, toʻsh ustiga 5 marotaba turtki beriladi. Amallarni bajarayotganda kuchli harakatlar qilmang, aks holda bolakay qovurgʻalarini sindirib qoʻyishingiz mumkin. Agar yot jism bola ogʻiz-halqum sohasida paydo boʻlsa, u koʻrinib turgan boʻlsa – uni barmoqlar yordamida olib tashlash zarur. Agar yot jism chiqmagan boʻlsa yuqoridagi chora tadbirlar qayta amalga oshirilari, yoki yurak urishi toʻxtagan boʻlsa darhol oʻpka-yurak reanimatsiyasi bajariladi. 1-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda Xeymlix usuli bajarilishi: bolani oyoqlaringizni bukkan holda son ustiga qoʻying. Qolgan amallar yuqoridagi tartib boʻyicha bajariladi. Muhim savol: homilador ayollar nafas yoʻllariga yot jism tushganda ham qorin yuqori sohasiga kuchli bosiladimi? Bu amallar homilaga salbiy taʼsir etishi mumkinmi? Homilador ayollarga birinchi yordam koʻrsatish emizikli bolalardagi kabi bajariladi, yaʼni toʻsh osti sohasiga kuchli turtki beriladi. Download 94.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling