Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni ’’ mavzusidan tayyorlagan Ma’ruzasi


Download 10.12 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi10.12 Kb.
#1728124
Bog'liq
Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni ’’ ma


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 7-BH-2021 talabasi Iskandarov Azizbekning Mikro va makro iqtisodiyot fanidan ,,Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni ’’ mavzusidan tayyorlagan


Ma’ruzasi

2022
Reja;


1. Naflik tushunchasi
2.Chekli naflik nimani anglatadi
3. Chekli naflik qonuni


Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi ya’ni tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflik darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning naflik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim.Masalan , buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2 marta ortsa, uning nafliligi 2 marta ortib, oldingisiga nisbatan 2 marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning naflik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy naflik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy naflik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman olganda tovarlar xilma-xil boʻlganda naflik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi
naflik uni tutib turadi.
Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng , xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu nafning yuqori nuqtasi ya’ni maksimizatsiyasi deyiladi.
Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki nafning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan meʼyoriy naflik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning naflik juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha naflik nazariyalari paydo boʻldi. Naflik muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni naflikga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv yoki subʼyektiv naflikni ya’ni uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv naflik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida qadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obʼyektiv qadr-qimmatining , obʼyektiv nafligi va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir .
Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’­mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Download 10.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling