Nahavand jangida


Download 36.32 Kb.
Sana13.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1701252
Bog'liq
jasurbek


1. Arablar tomonidan Turon yerlarini bosib olinish sabab va oqibatlari, hamda arablar boshqaruvining ahamiyati nimadan iborat?
Arablar 642-yilgi Nahavand jangida gʻalabaga erishishi tufayli Seyiston va Xuroson egallanib, Sosoniylar saltanati toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb 10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib kelishdi. Xurosonning markazi Marv shahri 651-yilda Basra hokimi Abdulloh ibn Amir tomonidan egallanadi va natijada xalifalik chegaralari Amudaryo daryosigacha choʻziladi[1][2]. Amudaryo daryosi shimolida joylashgan hududlar arablar tomonidan „Movaro un-nahr“ („daryoning narigi tomoni“)[3] deb atalgan. Hudud arablar oldin bosib olgan yerlardan farq qilardi, Movarounnahr (Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini hamda Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan) unumdor yerlarga ega boʻlgan vodiylari va vohalari, ularning xilma-xil landshaftlari bilan ajralib turar edi, bu joylarda oʻtroq va koʻchmanchi hayot tarzida turli xalqlar yashagan. Movarounnahrda ma'muriy boshqaruv Forsning markazlashgan boshqaruvi kabi boʻlmagan boʻlib, oʻlka ko'plab kichik mustaqil mahalliy hokimliklarga bo'lingan edi[4].
Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan: Toxariston (BaqtriyaAmudaryoning yuqori oqimida, shimolda Hisor togʻlari, sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona, oʻrta Amudaryoning sharqida va Zarafshon daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, Amudaryoning quyi oqimidan to Orol dengiziga qadar; shimolda Hisor togʻlaridan to Sirdaryo daryosi boʻyigacha, jumladan, Yettisuv va Fargʻona vodiysini oʻz ichiga olgan hududga[5]. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar[3]. Movarounnahr tarixida Markaziy Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar) Yunon-Baqtriya podsholigini tor-mor etib, Kushon podsholigini tuzdilar, ularning hukmronligida buddaviylik bu hududga kirib keldi. V asr boshlarida kushonlar oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr oʻrtalarigacha, ya'ni Turk xoqonligi vujudga kelganga qadar davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning turli mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham olib borishgan[6].
Xitoylik buddaviy rohib Syuan Szan 630-yilda Toxaristonga kelganida Gʻarbiy turk xoqonining toʻngʻich oʻgʻli, Qunduz shahri hokimining boshqaruvi ostida 27 ta dan kam bo'lmagan mahalliy hokimliklar haqida ma'lumot berib oʻtadi. 650-yillarda Gʻarbiy turk xoqonligi qulagandan soʻng Qunduz shahri hokimi xoqonlikka daʼvo qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi. Xoqonlar Toxaristonning boshqa hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy hokimlar amalda mustaqil edi[7]Amudaryodan shimolda, Yuqori Toxaristonda eng muhim hokimliklar BadaxshonXuttalonQubodiyon va Chagʻoniyon edi. Amudaryoning janubida, Quyi Toxaristonda, markaziy shahar hisoblangan qadimiy Balx shahri joylashgan bo'lib, u Toxaristonning eng muhim aholi manzilgohi va uning diniy markazi hisoblangan, bundan tashqari, Balx shahrida joylashgan Navbahor buddaviylik stupasi juda mashhur boʻlib, koʻplab ziyoratchilarni oʻziga jalb qilgan. Yana JoʻzjonBodgʻisHirot va Bomiyon ham muhim hokimliklar edi[8][9].
Hisor tizmasidan shimoli-gʻarbda Zarafshon daryosi boʻyida Soʻgʻdiyona oʻlkasi joylashgan. Bu qadimiy oʻlka oʻz madaniyati, tili va an'analariga ega boʻlgan boʻlib, arxeologik topilmalar va yozma manbalar orqali yaxshi oʻrganilgan. Soʻgʻdiyona ham bir qancha mayda hokimliklarga boʻlingan, biroq ikkita asosiy hokimlik – Buxoro va Samarqand qolgan hokimliklar ustidan hukmron edi. Soʻgʻdlar „Buyuk Ipak yoʻli“[10][11] da asosiy savdogarlar hisoblangan. Xitoy yilnomalarida mahalliy hokimlarning aksariyati bir hukmron xonadonga mansubligi, bu xonadon boshligʻi Samarqand hokimi esa turk xoqonlari bilan oilvaiy rishta bogʻlaganligi qayd etilgan. Mahalliy hokimlarning koʻpchiligi forscha shoh unvoniga, ayrimlari esa turkiy unvonlarga ham ega boʻlishgan, Samarqand hokimi ular orasida alohida oʻringa ega boʻlgani uchun ixshid unvoniga sazovor boʻlgan (Fargʻona hokimi ham „ixshid“ deb yuritilgan)[12].
Soʻgʻdiyonaning shimoli-sharqida 160 kmga yaqin hududni egallagan, yer unumdorligi boʻyicha Sirdaryo atrofidagi yerlardan ancha past boʻlgan Mirzachoʻl tekisligi joylashgandi. U shimoli-gʻarbda Shosh (hozirgi Toshkent), sharqda Fargʻona bilan chegaradosh edi[13]. Soʻgʻdiyonaning gʻarbida esa, choʻl markazida Xorazm joylashgan. Unda oʻtroq hayot tarzi kechiruvchi aholi istiqomat qilgan. Ushbu hududning III asr oxiri va arablar istilosining boshlarigacha boʻlgan davr tarixi yetarlicha arxeologik va yozma manbalar yoʻqligi tufayli aniq emas. Hozirgacha olimlar bu hududda buddaviylikning belgilari mavjud emasligi va zardushtiylikning hukmronligi davom etishi tufayli xorazm Kushonlar hukmronligi ostida bor yoki yoʻq ekanligi haqida bahslashib kelmoqdalar. At-Tabariyning ma'lumotiga koʻra, bu hudud Ardashir I (224-242) davrida sosoniylar tomonidan bosib olinib, sosoniylar davlatiga ma'lum darajada qaram qilingan. Qadimgi tangalar oʻrganilishi va XI arsda yashagan olim al-Beruniyning yilnomlari orqali Xorazmni IV asr boshidan Afrigʻiylar sulolasi boshqarganligi aniq[14][15]. Xuddi shuningdek, Xorazmning VI—VII asrlarda turkiylar hukmronligi ostida boʻlgan-boʻlmaganli ham noaniq.
VI—VIII asrlarga oid Xorazmdagi Ayoz qal'a
Tarixchi Hugh N. Kennedy ta'kidlaganidek, Movarounnahr „imkoniyat va katta boylikka ega, oʻz mustaqilligini yuksak qadrlaydigan jangovar xalq tomonidan himoyalangan boy oʻlka edi“ va shu tufayli ilk musulmon istilolarida uning boʻysundirilishi eng shiddatli va uzoq davom etgan boʻlib chiqdi
Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling