Нам виден лишь короткий путь, лежащий перед нами, но на этом пути горы работы
Download 134.89 Kb.
|
ped5
Mavzu:Pedagogik kompetentlik va kreativlik
Reja: Нам виден лишь КОРОТКИЙ путь, лежащий перед нами, но на этом пути ГОРЫ работы.Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo’ymoqda. 2017 – 2021 - yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida ‘’yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy - pedagogic kadrlar zaxirasini barpo etish’’ vazifasi belgilandi. Shu o’rinda savol tug’iladi – ‘’Kompetentli pedagog’’ kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan ‘’kompetentlik’’ va ‘’kompetensiya’’ tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhim hisoblanadi. Pedagogik kompetentlik tushunchasi haqida. Pedagogik kompetentlik tushunchasi haqida. Har bir o’qituvchi ham ‘’kompetentlik’’ tushunchasi nimani anglatishini va bu tushuncha ‘’kompetensiya’’ tushunchasidan qanday farq qilishini bilavermaydi. ‘’Kompetentlik’’ tushunchasi pedagogning ma’lumoti, bilimi, ko’nikmasi, qobilyati, salohiyati va ish tajribasini o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib tushintirsak, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, bu ikki atama bir-biriga o’xshash hisoblanadi, bir-biriga yaqin ma’nolarni anglatadi. ‘’Kompetensiya’’ bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini bildirsa, kompetentlik – esa bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish ya’ni amalda qo’llash ma’nolarini anglatadi. kompentensiya deb aytsak ham bo’laveradi. Pedagogik kreativlik (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.“Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o'quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogik kreativlik tushunchasi haqida. Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs ; Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o'ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs; Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob'ektiv ijodkorlikni amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs; Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o'rgatish va o'zini o'zi ijodiy namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni; Ijod – ijtimoiy sub'ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi: 1) o‘zini tavakkaldan olib qochish; 2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; 3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 4) boshqalarga tobe bo‘lish; 5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 134.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling