lozim. Ular tarqalishini oldini olish uchun esa hayvonlarning zararlangan
mahsulotlarini qat'iy nazorat ostiga olish zarur. Daydi itlarga qarshi
kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish exinokokk bilan
zararlanishning oldini oladi. Jigar qurti yuqmasligi uchun ko'lmak suvlarni
ichmaslik, daladan yig'ib keltirilgan ko'katlarni yaxshi yuvmasdan iste'mol
qilmaslik lozim. Askarida va bolalar gijjasini yuqtirmaslik uchun shaxsiy
gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish, ya'ni ovqatlanishdan oldin qoini
sovunlab yuvish, meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib
iste'mol qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: