Namanagan viloyati statistika boshqarmasi
O'tgan oyning statistikasi (2021 aprel)
namangan viloyati statistika boshqarmasi[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yil statistikasi (2022 yil apreldan - 2021 yil maygacha)
- Statistika faoliyatini tashkil etish va yigma-axborot ishlar statistikasi bolim Sanoat statistikasi bolimi
- Ishbilarmonlik kuzatuvi muhitlari,tadbirkorlikni rivojlantirish,tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bolimi Narx statistikasi bolimi
O'tgan oyning statistikasi (2021 aprel)
| |
56 | |
So'nggi 3 oylik statistikasi (aprel - fevral) |
56 |
Yil statistikasi (2022 yil apreldan - 2021 yil maygacha) |
56 |
(2011 yil 07 iyundan boshlab) davrdagi statistika |
98 |
Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma-axborot ishlar statistikasi bo'lim
Sanoat statistikasi bo'limi
Demografiya va mehnat statistikasi bo'lim
Investitsiya va qurilish statistikasi bo'limi
Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi
Ishbilarmonlik kuzatuvi muhitlari,tadbirkorlikni rivojlantirish,tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi
Narx statistikasi bo'limi
Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi. Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi.
Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yhatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi. 1 Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Ahenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857- 1936), V.Gosset va R.Fisherlardir. Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686- 1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Hamroyev, X.Shodiyev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jayev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi. Statistika nima? Birinchidan, statistika bu − sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir. 1.2. Statistika fan sifatida Statistika sizga nimani anglatadi? Bu o’rtacha miqdorlar, Gallup ijtimoiy so’rovnomalar, ishsizlik darajasi yoki
Statistika sizga nimani anglatadi? Bu o’rtacha miqdorlar, Gallup ijtimoiy so’rovnomalar, ishsizlik darajasi yoki dalillarning raqamlarda buzilishi (Statistika yordamida buzib ko’rsatish!) to’g’risida eslatmalarmi? Yoki bu shunchaki siz 1 Shadiyev X.A., Habibullayev I.H, Mahmudov B.M., Rashitova N.X., Umarova M.A. Statistika. Darslik. Toshkent. «Tafakkur bo’stoni», 2013, 7- bet. 1-MA’RUZA
STATISTIKAGA KIRISH REJA: 1.1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi 1.2. Statistika fan sifatida 1.3. Statistik ilovalarning turlari 1.4. Statistikaning asosiy unsurlari 1.5. Ma’lumotlarning turlari 1.6. Ma’lumotlarni yig’ish 1.7. Tanqidiy fikrlash va statistikaning etikadagi ahamiyati 6 bajarish lozim bo’lgan kollej talabimi? Biz sizda ishonch hosil qilish uchun umid qilamizki, statistika bu ahamiyatli, foydali ilm-fan ekanligini, uning biznesda, hukumatda, tabiiy va gumanitar fanlarida keng qo’llanilishi deyarli cheksizdir. Biz, shuningdek, statistikadan qachonki suiste’mol qilinganda faqat o’shanda u yolg’on bo’lish mumkinligini ko’rsatishni istaymiz. Nihoyat, sinfda, mashg’ulotlarda, ishda yoki kundalik hayotda bo’ladimi, tanqidiy fikrlash asosiy rolni o’ynayotganligini biz namoyish qilishni istaymiz.
Bizning maqsadimiz – sizga mazkur mavzuni o’rganishga sarf etgan vaqtingiz ko’p munosabatlarda to’ldiradi degan taassurotni qoldirish istagidamiz. Random House College lug’ati statistikani “yig’ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug’ullanadigan fan” sifatida belgilaydi. Shunday qilib, statistik – beysbol o’yinlarida o’rtachani hisoblaydigan yoki Gallup ijtimoiy so’rovlar natijalarini yozadigan oddiy kimsa emas. Professional statistiklar statistika fanidan tahsil oladilar. Ya’ni, ular ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi. 1.3. Statistik ilovalarning turlari “Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling