Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
K i r i sh
Respublikamizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ayniqsa xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) tubdan takomillashtirish, uni har tomonlama yetuk va malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda ta’lim-fan va ishlab chiqarish amaliyoti o‘rtasida o‘zaro aloqa, integratsiyani ta’minlash, ilm-fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari, xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalari asosida oliy ta’lim tizimi mazmunini qayta ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning samarali shakl, vosita va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Talabalarning nazariy-pedagogik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodi, darslik va o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish, ayniqsa o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda xorijiy o‘quv adabiyotlar, ularning tajribalardan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Mazkur “Umumiy pedagogika” kursidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlikning 2022-yil __-_______ ____-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o‘quv rejalari fanlarining yangi o‘quv majmualarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” asosida yaratildi. Majmua pedagogikaning umumiy metodologik asoslari, didaktika–ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi, pedagogik innovatsion texnologiyalar, pedagogik mahorat, korreksion pedagogikaga doir ko‘plab materiallarni o‘z ichiga oladi. Majmua mazmuni, nazariy mavzularini yoritishda o‘zbek va jahon pedagoglarining ilmiy-pedagogik adabiyotlaridan samarali foydalanilgan. O‘quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiya talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda umumiy pedagogika fanidan bo‘lib o‘tadigan nazariy va seminar mashg‘ulotlarining o‘quv maqsadlari, talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini joriy tekshirish uchun nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari o‘z aksini topgan. O‘quv-uslubiy majmuada ba’zi juziy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko‘ra, ushbu majmua mazmuni haqida fikr-mulohaza bildirgan kasbdoshlarimizga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling