Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Didaktik tashxis deganda nima tushiniladi?
2. Tashxislashning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
3. Nazorat va hisobga olish deb nimaga aytiladi?
4. Nazoratning qanday vazifalari mavjud?
5. Tekshirish deb nimaga aytiladi? Tekshiristming qanday bo‘ginlari mavjud?
6. Baholash deb nimaga aytiladi? Baho deb nimaga aytiladi?
7. Tashxislashning tamoyillarini izohlang.
8. Nazoratning turlari, shakl va metodlarini bayon eting,
9. O‘quvchilaming bilim, ko‘nikma, malakalari kompetentsiyalarini baholash mezonlarini tushuntirib bering.
10. Ta’lim sifati monitoring qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
12-MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI
Reja:
1. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
2. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutkida nuqsoni bor bolalar.
3. Inklyuziv ta’lim siyosatining huquqiy asoslari. Inklyuziv ta’lim tamoyillari. Muvaffaqiyatli inklyuziya resurslari. Inklyuziyaning komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlari.
4. Inklyuziv ta’lim variantlari: doimiy, to‘liq; doimiy, noto‘liq; vaqtinchalik, qisman; epizodik; masofaviy ta’lim.
Tayanch tushunchalar: Tayanch tushunchalar: korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlamshida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilami korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus - nuqson, kamchilik, logos - fan, ta’limot) - rivojlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |