Namangan davlat pedagogika instituti


Download 213.5 Kb.
bet1/8
Sana20.09.2023
Hajmi213.5 Kb.
#1683101
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BD-1-kurs-Anaitik kimyo -(22-23)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
M.Qodirxonov


«___» ___________ 2023 yil

ANALITIK KIMYO
FAN DASTURI


Bilim sohasi: 100000 - Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 - Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110800 - Kimyo


Pedagogika fakulteti
60110800 - Kimyo yo‘nalishi


Fan nomi:

Analitik kimyo

Fan turi:

Tanlov

Fan kodi:

AK208

Yil:

2023/2024

Semestr:

3-4

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg’ulot shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

120

Ma’ruza

40

Laboratoriya mashg‘ulot

80

Mustaqil ta’lim

120

Kredit miqdori:

8

Baholash shakli:

Yozma

Fan tili:

O‘zbek.



Fan maqsadi (FM)



FM 1



  1. Fanning mazmuni talabalarga kimyoviy moddalarni analiz qilish metodlarini o‘rgatishdir. Analitik kimyo kimyoviy moddalarning analizi nazariyasi va amaliyoti haqidagi fan bo‘lib, oliy o‘quv yurti talabalari bu fanni o‘rganish orqali analizning zamonaviy kimyoviy va fizik-kimyoviy metodlarining nazariy asoslari bilan tanishadilar. Analitik kimyo kursi moddalarning tarkibiy qismlarini sifat va miqdoriy jixatdan o‘rganadigan metodlarni, kimyoning asosiy qonunlaridan massalar ta’siri qonunini gomogen, getorogen sistemalardagi muvozanat holatiga tadbiq qilish yo‘llarini, gidroliz jarayonining va kompleks birikmalarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblashga oid nazariy masalalarni o‘rganadi. Shuningdek miqdoriy analizning gravimetrik, titrimetrik usullarini, analizning fizik hamda fizik-kimyoviy usullarini o‘z ichiga oladi.

Analitik kimyo kimyoviy bilimlarning muhim bir sohalaridan hisoblanadi va u xalq xo‘jaligining turli sohalarida katta amaliy ahamiyatga molikdir. Shuning uchun kimyo fani o‘qituvchisi analitik kimyoni yaxshi bilishi va undagi ma’lumotlardan o‘zining pedagogik ishida samarali foydalanishi lozim.




Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Analitik kimyo fanining vazifalari – talabalarga kimyoviy moddalarni analiz qilishning barcha zamonaviy kimyoviy va fizik-kimyoviy metodlarining nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarini, analizning sifat va miqdoriy metodlarini o‘rgatish hamda amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kimyoviy jarayon va hodisalarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.





Download 213.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling