Наманган Давлат универсиетети талабаларнинг малакавий амалиётини ўтказиш тўғрисида


Download 15.76 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi15.76 Kb.
#1185141
Bog'liq
Малакавий амалиёт учун шартнома 2023 2


Namangan davlat universiteti talabalarining Malakaviy amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida


Sh A R T N O M A


Namangan shahri “_____” _________ 2023 y.

Nizom asosida ish yurituvchi Namangan davlat universiteti rektori S.T.Turg‘unov bir tomondan va nizom asosida ish yurituvchi ________________________________________________ rahbari ____________________________________ ikkinchi tomondan Namangan davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti _______________________ guruh talabasi_______________________________________________________ amaliyot rahbari ____________________________ rahbarligida 2023 yil __________dan 2023 yil _________gacha Malakaviy amaliyot o‘tkazishi to‘g‘risida o‘zaro kelishdilar.




I. UNIVERSITETNING MAJBURIYATLARI
1.1. Malakaviy amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talabalar soni, yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma’lumot berish;
1.2. Amaliyot rahbari etib, tajribali professor, dosent va o‘qituvchilardan tayinlash;
1.3. Fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, ta’lim va jamoat muassasasida ish yuritish hamda uni ilmiy tashkil qilish haqida amaliyot ob’yektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislar ma’ruzasini tashkil qilish;
1.4. Amaliyot ob’yektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash;
1.5.Amaliyot ob’yektlaridagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish.


II. AMALIYOT O‘TKAZILADIGAN TASHKILOTNING MAJBURIYATLARI
2.1. O‘quv rejaga muvofiq __________________________________________ fakulteti talabalari Malakaviy amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2. Talabalar Pedagogik amaliyotiga buyruq asosida umumiy rahbar tayinlash;
2.3. Talabalarni amaliyot dasturlari hamda adabiyotlar bilan tanishtirish;
2.4. Talabalarga malakali mutaxassislarni biriktirish;
2.5. Talabalarni ishlab chiqarish va tarbiyaviy ishlar bilan tanishtirish, o‘z tajribalarini talabalarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish;
2.6. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2.7. Amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni to‘liq zimmasiga olish;
2.8. Amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’yektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash va nazorat qilish;
2.9. Talabalarga texnik vositalar, adabiyotlar va boshqa hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish;
2.10. Malakaviy amaliyotni yakunlash bilan har bir talabaga tavsifnoma berish;


III. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
3.1. O‘quv yurtining nizomiga muvofiq ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda shartnoma bekor qilinishi mumkin;
3.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish faqat yozma ravishda ikki tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
3.3. Shartnoma har ikki tomonning imzosi qo‘yilgan kundan boshlab kuchga kiradi;
3.4. O‘z majburiyatlarini tomonlar bajarmagan holda yoki o‘z vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir. Tomonlarning kelishmovchilik va muammolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal etiladi.


IV. SHARTNOMA MUDDATI
4.1. Shartnomaning amal qilish muddati 2023 yil _________dan 2023 yil________gacha.


TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI

Namangan shahar, Boburshox ko‘cha, 161 __________________________________


Namangan davlat universiteti __________________________________
(amaliyot o‘tkazish joyi)
Rektor: _________________ direktor _________________________
S.T.Turg‘unov ___________________________________
Download 15.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling