Наманган Давлат универсиетети талабаларнинг малакавий амалиётини ўтказиш тўғрисида


Download 15.75 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1484229
Bog'liq
Наманган Давлат универсиетети талабаларнинг малакавий амалиётини


Namangan davlat universiteti talabalarning malakaviy amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida


SH A R T N O M A

Namangan shahri “25avgust 2022 y


Nizom asosida ish yurituvchi Namangan davlat universiteti rektori S.T.Turg’unov bir tomondan va nizom asosida ish yurituvchi _________________________________________________________________ rahbari ____________________________________ ikkinchi tomondan Namangan davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalarini malakaviy amaliyot rahbari _________________________ rahbarligida 2022 yil 12-sentabrdan 2022 yil 3-dekabrgacha malakaviy amaliyot o‘tkazishi to‘g‘risida o‘zaro kelishdilar.


I. UNIVERSITETNING MAJBURIYATLARI
1.1. Malakaviy amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talabalar soni, yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma’lumot berish;
1.2. Amaliyot rahbari etib, tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlash;
1.3. Amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash;
1.4. Amaliyot ob’ektlaridagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish.


II. AMALIYOT O‘TKAZILADIGAN TASHKILOTNING MAJBURIYATLARI
2.1. O’quv rejaga muvofiq San’atshunoslik fakulteti talabalari malakaviy amaliyotining samarali o’tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2 O’z mutaxasisligi bo’yicha universitetda olgan bilimini amaliy ish bilan mustahkamlash;
2.3 Yuqori malakali, ko’p yillik ish tajribasiga ega o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rgatish. O’z mutaxasisligidan dars olib boorish malakasini egallashga ko’maklashish;
2.4 Talabalar malakaviy amaliyotiga buyruq asosida umumiy rahbar tayinlash;
2.5 Talabalarni amaliyot dasturlari hamda adabiyotlar bilan tanishtirish;
2.6 Talabalarga malakali mutaxasislarni biriktirish;
2.7 Amaliyot o’tayotgan talabalarning tashkilot xududidagi xavfsizligini ta’minlashni zimmasiga olish;
2.8 Talabalarga texnik vositalar, adabiyotlar va boshqa hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish;
2.9 Malakaviy amaliyotini yakunlash bilan har bir talabaga tavsifnoma berish;
2.10 Amaliyot davrida amaliyotchi talabalarni texnik xavfsizligiga amal qilishlarini ta’minlash.
III. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
3.1. O‘quv yurtining nizomiga muvofiq ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda shartnoma bekor qilinishi mumkin;
3.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish faqat yozma ravishda ikki tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
3.3. Shartnoma har ikki tomonning imzosi qo‘yilgan kundan boshlab kuchga kiradi;
3.4. O‘z majburiyatlarini tomonlar bajarmagan holda yoki o‘z vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir. Tomonlarning kelishmovchilik va muammolari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal etiladi.
IV. SHARTNOMA MUDDATI
4.1. Shartnomaning amal qilish muddati 2022 yil 12-sentabrdan 2022 yil 3-dekabrgacha.
TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI

Namangan shahar, Uychi ko‘cha, 316 ___________________________________


Namangan davlat universiteti ___________________________________
(amaliyot o‘tkazish joyi)
Rektor ___________________ direktor ____________________________
(Imzo)
S.T.Turg’unov ___________________________________

Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling