Namangan davlat universiteti axborot texnologiyalarida musiqani matematik modellashtirish


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


Download 74.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi74.1 Kb.
#1569972
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-kurs Cholg`u ijrochiligi 25.08

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
1-mavzu. Axborot texnologiyalari fani va uning predmeti 
Axborot texnologiyalari, uning maqsadi va vazifalari. Axborot tushunchasi, uning 
klasifikatsiyasi. Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Axborot 
birliklari, axborotning o‘lchov va hajm tushunchalari. Axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta 
ishlash va to‘plash jarayonlari. Axborotni, nota matnini, ijro manerasining xususiyatlarini aks 
ettirish. 
Axborot resurslari va axborot tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi. 
Shaxsiy kompyuterlar. Kommunikatsiya vositalari.
2-mavzu. Musiqiy informatika va uning predmeti. 
Musiqiy informatika, uning maqsadi va vazifalari. Axborotni, jumladan musiqiy xabarlar: 
tovushning akustik va intonatsion parametrlarini, nota matnini, ijro manerasining 
xususiyatlarini aks ettirish, modellash, raqamli yozuvining universal prinsiplari va usullari. 
Musiqiy tasavvur va bilimlarni formallashtirishda zamonaviy elektron qurilmalarning texnik 
imkoniyatlari. 
Musiqiy tovushni boshqarish, tovushni sintez qilish va shakl o‘zgartirish, nota partituralarini 
yaratish, nota matnini skaner qilish va uni parametrik ma`lumotlarga o‘zgartirishga 
mo‘ljallangan elektron vositalar. Kompyuterning musiqani aranjirovka qilish va musiqa 
bastalashda qo‘llanilishi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining musiqa ilmida, musiqa 


pedagogikasida (elektron darsliklar, distansion ta`lim), musiqa ijrochiligida (ijro versiyasini 
avtomatik rejimi) qo‘llanilishi.
3-mavzu. Subeliusda ishlash asoslari. 
Nota muharririning versiyalari, interfeyslari.
Instrumentlar paneli, instrumentlarning tavsifi. Instrumentlarning siljitiladigan 
panellari: Navigator, KeyPad, Player, Miksher va boshqalar. Ulardan foydalanish usullari. Nota 
belgilari paneli bo`limlari. Player paneli tavsifi. Miksher paneli oynasi va ekvalayzerdan 
foydalanish. Xususiyatlar paneli bo‘limlari orqali bajariladigan belgilashlar. 
Yangi nota hujjati yaratish. Turli cho‘zimlardagi notalarni kiritish, o‘zgartirish, 
takrorlash. Navigator, raqamli klaviatura bilan ishlash. Notalarga turli shtrixlar o‘rnatish. 
Takt o‘lchamlari, raqamlanishi, metri, ritmi, kalit belgilarini o‘rnatish. Hujjatga yangi 
taktlar qo‘shish, hujjat taktlarini olib tashlash. Takt chiziqlari, ularni o‘zgartirish variantlari. 
Ovozlar bilan ishlash. 
Musiqiy belgi va simvollar bilan ishlash. Dinamika belgilari, artikulyatsiya belgilarini 
qo‘yish. Grafik belgilarni kiritish. Simvollar, ularni qo‘yish xususiyatlari. Notalarni triol, 
kvintol, kvartol va boshqa o‘zgartirishlar bilan ijrosi xuxusiyatlari, ularni aks ettirish 
variantlari. 
Forshlag, qo‘shimcha qarorlar, vokal so‘zlarini kiritish. Turli cho‘zimdagi forshlaglar, 
ularni hosil qilish. Nota kallachalarini o‘zgartirish. Nota hujjati taktlari raqamlanishi. Ularni 
o`zgartirish imkoniyati. Nota tizimiga yangi musiqa asboblarini kiritish. Kalitlar tanlash, 
musiqa asbobi uchun kalitni o‘zgartirish. Musiqa asbobi nota tizimi taktlari sonini o`zgartirish, 
sahifadagi nota tizimlari sonini va oraliq intervallarini o`zgartirish. Nota tizimlarini yashirib 
qo`yish va aks ettirish. Musiqa asbobi nota tizimi tipini o`zgartirish, nota tizimi uchun 
qo`shimcha nota tizimi hosil qilish. 
Turli matn obyektlari bilan ishlash. Turli matn obyektlarini kiritish. Matnlar formatini 
o’zgartirish. Turli matn stillari bilan ishlash. U vokal partiyalarining so‘zlarini kiritish. Akkord 
matnlari va diagrammalarini kiritish. Nota bo‘limlari uchun raqamlar, xarfiy ifodalarni 
o‘rnatish, o‘zgartirish va olib tashlash. Taktlar raqamlanishini o‘zgartirish. Matn plaginlari 
bilan ishlash. Izox (zametka) kiritish va olib tashlash. 
Kichik asarlar ustida ishlash. Murakkab bo‘lmagan konsert partituralari. Ovoz va 
fortepiano uchun yozilgan asarlarning nota matnini yaratishning xususiyatlari. Fortepiano 
partiyasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tish. Akkoladalar, ularning xillari. Turli xil akkoladalarni 
o‘rnatish, olib tashlash. Orkestrlar uchun konsert partituralari bilan ishlash. Nota tizimiga 
yangi musiqa asboblarini kiritish va olib tashlash. Nota fatorlarini yashirish, aks ettirish. Tizim 
tugallanishi, saxifa tugallanishini kiritish, olib tashlash. Tizimlar formatlanishi, tizimga 
joylashtirish, formatlanishni qulflash, ochish. 
Yirik shakldagi asarlar bilan ishlash. Ko‘p ovozli nota matnlari bilan ishlash. Xor 
asarlari, ularni yaratish va taxrirlashning xususiyatlari. Xor asarlari matni bilan ishlash. Xor 
va akkompanement uchun partitura matnlari bilan ishlash. Partituralar nota matni. Turli tarkib 
orkestrlari uchun partituralar bilan ishlash. Murakab tuzilishiga ega partitura yaratish, 
cholg‘ulashtirish, Gravirovka qoidalari bilan ishlash. Gravirovka qoidalari yordamida 
sozlashlarni bfjarish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Orkestrlar uchun partitura va partiyalar. Partituralar nota matni. Turli tarkib orkestlari 
uchun partituralar bilan ishlash. Murakkab tuzilishga ega partituralar yaratish
cholg‘ulashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Partiyalarni ajratib chiqazish, chop etish uchun 
tayyorlash.
Nota xujjatini chop etish imkoniyatlari. Nota xujjatini chop etishda “Page Range”, 
“Copies” parametrlaridan foydalanish. “Format” parametridan foydalanib nota xujjati 
saxifalarini masshtablangan tarzda chop etish, juft yoki toq saxifalarni sop etish, ichki, tashqi 


sifatida belgilash. “Substiture”, “Annotations” parametrlari belgilashlaridan foydalanib chop 
etish imkoniyatlari. 
Nota xujjatlarini boshqa formatlarga eksporti masalalari. Nota xujjatlarini boshqa 
formatlarga eksporti imkoniyatlari. Sibelius versiyalariga bog‘liqlik. Grafik fayllarni import 
va eksport qilish: Mikrosoft Vord xujjatiga nota misollarini qo‘yish amallari. Nota xujjatini 
audiofayllarga eksport qilish. Tasvir fayllari sifatida eksport, eksport parametrlarini sozlash. 
Sibeliuzning oldingi versiyalariga eksport. ASCII tab, MIDI –fayllar formatiga eksport 
masalalari. 
4-mavzu. Matematik modellashtirish asoslari. 
Obe’kt va matematik modellashtirish tushunchalari. Matematik model qurish jarayoni. 
Statik, dinamik va tarqoq modellar. Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari. 
Algoritm tushunchasi. Dasturlash algoritmik tillari. Modellashtirishda analitik va tajriba 
(eksperiment) usullar. Analitik usulga xos xususiyatlar va qo‘llanilishi. Eksperiment usulida 
quriladigan modellar. Modelning adekvatligini tekshirishda inobatga olinadigan jixatlar. 
Matematik modellashtirishda xatoliklar. Taqribiy xisoblash xatoliklari va ularning turlari. 
Absolyut va nisbiy xatolik tushunchalari. Matematik model xatoliklari. Matematik modelni 
echish usullari. Analitik, sonli va sonli-analitik usullar. 
Tovush va uning xususiyatlari. Mexanik tebranishlar. Tovush to‘lqinlari. Garmonik 
tebranishlar. Oddiy garmonik tebranishlarni qo‘shish: bir xil chastotali tebranishlarni qo‘shish, 
karrali chastotali (garmonik) tebranishlarni qo‘shish, titramalar (biueniya) ni xosil qilish 
jarayonlarini matematik modellashtirish. 
Murakkab tizimlarning erkin tebranishlari. Tovush to‘lqinlari tezligi va bosimi. 
Erkinlik darajasi bitta bo‘lgan tizimlar. Erkinlik darajasi ko‘p bo‘lgan tizimlardagi 
tebranishlarga xos xususiyatlar. Bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlarning 
tezligini xisoblash, uning to‘lqin tarqalish muxitiga bog‘liqligi. Qattiq sterjenda, katta xajmli 
qattiq muxitlarda, gazli muxitda, suyuqliklarda tovushning tarqalish tezligini xisoblash. 
Tovush bosimi, impedans, foydali ish koeffiyenti (KPD), tovush bosimi va intensivligi 
darajalarini hisoblash jarayonlarini matematik modellashtirish. 
Tovushning spectral tahlili. Tovush intensivligi, qattiqligi. Tovush maydonlari. Tovush 
intensivligini hisoblash. Tovush intensivligi darajasi, detsibel. Tovushning qattiqligi. Fletcher-
Menson egri chiziqlari (tovush intensivligini darajasi va tovushning qattiqligi orasidagi 
bog`liqlik). Tovush maydonlari, ularning xillari. Tovush to`lqini fronti, tovushning nuri. 
Tovush tarqatish manbalari, ularning xillari. Sferik, yassi, silindrik to`lqinlarning tovush 
maydonlari va ularning xarakteristikalarini hisoblash. 
Musiqiy tovushlar, musiqa asboblarining sadolanishi, spektri. 
Tovush tarqalishi hodisalari. Almashinadigan to`lqinlar. Tovush to`lqinlarining 
sochilishi (rasseyaniye) quvvatini hisoblash, difraksiya hodisasida parametrlarni hisoblash
turli sharoitlarda tovushning qaytishi, singib ketishi va o`tishi xarakteristikalarini, turli 
haroratlarda tovush singishi xarakteristikalarini, hisoblash, turli tezliklarbilan harakatlanganda 
Dopler effektiga muvofiq tovush chastotasi o`zgarishlarini hisoblash jarayonlarini matematik 
modellashtirish. 
Akustik signallar. Dinamik va chastotaviy diapason. Sihnallarni modulyatsiyasi. 
Amplitudaviy va chastotaviy modulyatsiya. Korrelyatsion tahlil. Korrellyatsiya va 
avtokorrellyatsiya funksiyalari. Korrellyatsiya intervali. Tovushni uzatish tizimlarining 
amplitude-chastotaviy xarakteristikalari. 

Download 74.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling