Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet10/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53

                  Diplomatik hujjatlar 

 

163 


 Eng qadimgi  dpilomatik hujjatlardan ikki  loy 

silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va 

Umma o’rtasidagi  chegara janjali to’grisidagi yozuv 

bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga  oid  

Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, 

er.avv.  II  ming  yillik boshlariga  oid  Mari 

podshosining  Bobil,  Suriya  va  Finikiya  bilan  

diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II 

ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro 

munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh 

manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.  

 

                  Tarixiy mazmundagi yozuvlar 

 Shumer  shaharlari  Akkad,  Bobil  va  Osuriya 

davlatlari podsholarining yozuvlari juda    katta 

qimmatga egadir. Shunday  yozuvlardan biri er.avv. 

XXIV asrga oid Lagash davlatining  yuksalishi, uning 

qo`shni Umma   bilan kurashi to’grisida hikoya 

qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar 

stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV  asrga 

oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid 

Lagash hokimi  Gudeaning qurilish va  bag`ishlov 

yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. 

XXIII asr) Elamga yurishlari  to’g`risidagi  yozuvlari 

va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning  

jamoa  yeri hisobidan  ko’payishi to’g`risida ma'lumot 

berilgan.  



 

164 


Bizgacha Osuriya   podsholarining juda ko’p 

yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga 

xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi  yurishi bayon 

qilingan  xatlar  yetib  kelgan.  Podsho 

Ashshurbanipalning   batafsil  tarixiy  ma'lumot 

beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil 

podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. 

Tarixiy  asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda 

paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning  (Bobildagi Marduk 

ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey 

tarixi»i  to’fon  davridan  Makedoniyalik  Iskandar 

davrigacha davom etgan asari  diqqatga sazovordir. 

Bizgacha  bu asarning parchalari  o’rta asr tarixchilari 

asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.  

 

                   

Shumer-Akkad 

adabiy 

yodgorliklari 

 Uruk  podshosi  Jmerkar   to’g`risidagi  epik  

poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III 

ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron 

hududi) bilan aloqasi to’g`risida qiziqarli ma'lumotlar 

beriladi.  

Shumer  poemasi  «Gilgamesh  va  Aga»  da 

Urukning Kish shahri  qaramligidan mustaqil bo’lishi 

uchun  kurashi to’g`risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. 

Akkad  podsholigining  asoschisi  Buyuk  Sargon 

to’g`risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan.  


 

165 


Shumer,  Bobil  va  Osuriya  yodgorliklaridan 

qimmatli  tarixiy   ma'lumotlar  olish  mumkin.  

«Gilgamesh»  dostoni  haqiqiy   tarixiy  xazina  

hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur 

Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston 

er. avv. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb 

taxmin qilinadi.  

 

                   Antik mualliflar asarlari 

Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va 

aholisining urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va 

tarixiy afsonalari to’g`risida qimmatli ma’lumotlar 

yozuvlar qoldirdilar. 

Eng  batafsil  ma'lumotlarni  Mesopotamiyaga 

sayohat qilgan yunon  tarixchisi  Gerodot qoldirgan 

(er. avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko’p 

yillar Eronda bo’lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan 

iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha 

katta o’rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon  

qilish  afsonaviy  an'analarga  asoslangan  bo’lib 

voqealarni  soxtalashtirish,   xatolarni  ko’pligi 

uchraydi. Er.avv. V  asrda fors shahzodasi Kirning 

yollanma   qo’shinida askar bo’lib Mesopotamiyaga 

kelgan  yunon  Ksenofontning  «Kiropediya»  va 

«Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari 

tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to’g`risida 

ma'lumotlar berilgan.  



 

166 


Strabonning «Geografiya»sida (er. avv. I  asr-

eramizning I asri) 16 kitob  Mesopotamiyaga maxsus 

bag`ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya 

tarixi bo`yicha bir qancha ma'lumotlar Iosif Flaviy va 

Rim tarixichisi Pompey Trog   asarlarida uchraydi.  

 

                                 Tarixnavislik 

Mixxatni deshifrovkasi (o`qilishi). Mesopotamiya, 

Eronga birinchi  ilmiy safar qilgan kishi  XVII  asrda 

daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi 

Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini 

olib  keldi.  

1802 yilda klassik fanlar o’qituvchisi  nemis olimi 

Grotofend  39 ta belgidan 10 ta mixxatni o’qidi. XIX  

asrning 30-40 yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar 

ishlagan ingliz harbiysi  va diplomati  G.Roulingson  

mixxatlarni o’qilishida katta hissa qo’shdi. U Eronda 

Xamadon  (Midiyaning qadimgi poytaxti  Ekbatana)  

shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro  I ning uch  

tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947 - yilda Roulingson  

yozuvning Bobil  qismidagi 600 belgidan  250 tasini 

aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar 

Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o’qishga o’z  

hyissalarin  qo’shdilar.  1855  -  yilda  Behistun 

yozuvining uchinchi qismi elam  tilidagi mixxatlar  

ham olimlar tomonidan o’qildi.  

XIX  asrning 90-yillarida nemis olimi F.Delich 

akkad tilining  grammatikasi va lug`atini yaratdi.  


 

167 


Shumer mixxat yozuvini o’qish keyinroq XIX  

asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan,  O. Pepel, A. 

Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga 

oshirildi.  

 

Arxeologik ma'lumotlar 

 Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik 

qazishmalar XIX   asr   o’rtalarida uning shimoliy  

qismi Osuriya joylashgan joyda amalga  oshirildi. 

1842- yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini 

qazishni   boshladi. Chunki  bu joy mahalliy 

afsonalarga  ko’ra  Osuriya  davlatining  poytaxti  

Nineviya bo`lgan. Ammo tepalikni   qazish aytarli  

natija bermagach, u bu yerda    ishni tugatib Xorsabod 

qishlogida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda  1843 

- yil  Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin 

saroyi qoldiqlarini  topdi. Botta topgan yodgorliklar 

Luvr  muzeyining Osuriya kolleksiyasining  asos 

bo’ldi.  

1845 – 1847 yillar ingliz diplomati G. Leyyard 

sharq tillarini yaxshi  bilgan holda Nimrud tepaligini 

qazishni  boshladi. Ulkan odam, ho`kiz, odam-sher 

haykallari bo’lgan podsho saroylari  bilan Osuriya 

poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, 

Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. avv. VII   asr) 

saroyini  uning nevarasi  Ashshurbanipalning  «Loy 

kitob»lar bilan to’la kutubxonasi bilan birga topildi. 

Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi 


 

168 


qadimgi  sharq  kolleksiyasining  asosi  bo’ldi.  

Leyyardning  xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida 

qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy  manzaralar 

tasvirlangan ajoyib  rel'yefli boy podsho kutubxonasi  

bilan Ashshurbanipalning saroyini   topdi. Rassam 

tomonidan Nimrud  yaqinidagi Balavat degan joyda 

er. avv. IX  asrga oid  Osuriya  yodgorliklari 

jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 

4 jez plita  Balavat darvozasi qoplamasi topildi.  

Ingliz  olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi 

yarmida qadimgi  shumer shaharlari Uruk, Larsa va 

Eredu qazib ochildi.  XIX  asrnng oxirida  fransuz  

arxeologlari  Shumer  shahri  Lagash  va  uning 

hukmdorlarini  ko’p sonli   haykallarini  asosan, 

Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar 

stelasi»ni, ibodatxona xo`jaligi va 3000  yillik  tarixga 

ega Nippur  shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan 

umumshumer xudosi  Enlil ibodatxonasi, 6000 loy 

taxtachadan   iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, 

maktab,  bozor, do`konlar uy-joylar  va xo`jalik 

binolari topildi. XIX asrda   Mesopotamiyadagi 

arxeologik  kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo  

arxeologik izlanishlar  ishqiboz qiziquvchan kishilar 

tomonidan hech   qanday ilmiy   rejasiz, ilmiy 

usullarsiz  olib  borildi.  Ilmiy  usuldan  xabarsizlik  

butun-butun  madaniy qatlamlarni yo`qotishga  olib 

keldi. XX  asrnng boshlaridan arxeologik  izlanishlar  

qat'iy ilmiy usullarga   suyangan holda olib borila  



 

169 


boshlandi. Nemis   arxeologi   Koldevey Bagdod  

yaqinida qadimgi Bobil  xarobalarini ochdi. 1899-

1917-yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II  (er. 

avv. VII  asr) saroyi, diniy marosimlar ko`chasi, bosh 

xudo Marduk  ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari 

topildi. Nemis  arxeologi V. Andre 1903-1914-yillar 

Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib 

ochdi. 1933-1939-yillar fransuz  Parro Mari shahri 

qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi 

(er.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy 

taxtachadan  iborat  xo`jalik-diplomatik   hujjatlar 

arxivini topdi. 1922-1924 yillar ingliz olimi D.Vulli 

qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, 

ma'buda  Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu 

er. avv. III  ming yillik oxirida  qurgan zikkuratni, ilk 

sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor,  uy-

joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini  qazib 

ochdi.  


Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa va 

Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari 

arxeologik izlanishlarda ishtirok eta  boshladilar. Iroq 

olimlari  Eredu  shahrini,  Nineviya  xarobalaridan 

podsho  Asarxaddon saroyini  ochdilar. XIX  asrning 

50-80-yillaridan   XX asr   boshlarigacha topilgan  

yodgorliklar   yangi ilmiy usullar asosida qayta 

o`rganila   boshlandi.  Shu  bilan   birga 

Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha  bo’lgan  

paleolit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, 



 

170 


Xassun  manzilgohlari)  yodgorliklari  o`rganila 

boshlandi. 

XIX    asr  oxiridan  boshlab  Mesopotamiya  

tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari  K. 

Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar  A. Almeted, 

A. L. Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya 

tarixining   quyidagi  yo`nalishlari  bo’yicha  ilmiy  

tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat 

qurilishi;   sharq  davlatchiligining  o’ziga  xos  

xususiyatlari;   qadimgi  Mesopotamiya  huquqi;  

madaniyat va diniy e'tiqod  etnogenezi, shumerlarning 

kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan 

aloqasi kabilar. 

Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari 

yetarlicha o’rganilmagan. XIX  asr oxiri XX  asr 

boshlarida E.Meyer fikricha har qanday  sivilizasiya 

feodalizmdan boshlanadi,  kapitalizm davriga  yetib  

ichki  qarama-qarshiliklari   tufayli halok bo’ladi, 

shundan so’ng bu sikl yana qaytariladi.  Sharqda bu 

nazariya bo’yicha jamiyat abadiy feodalizm  holatida  

turadi. Shu  sababli XX asr  boshlarida nemis olimlari 

B.Maysner,  P.Koshaker  asarlarida  qadimgi  

Mesopotamiya   jamiyati  feodal  jamiyat  deb 

baholanadi. 

G`arbdagi  nazariyalardan  yana  biri   tarixiy  

voqealarni  bilish  mumkin  emasligi  va  uning 

tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi  natijasida  


 

171 


Mesopotamiya  jamiyati  taraqqiyotini  tub 

muammolarini yechishga yordam berdi. 

Tadqiqotlardagi  yana  bir kamchilik dalillarni 

yozish kabi yo`nalishning ustuvor   bo’lib qolishi 

bo’ldi.  Ammo keyingi  paytlarda  ijtimoiy tuzilish,  

xo`jalikni tashkil etish, shaharlarni  shakllanishi va 

ularning o’rni va   roli, hunarmandchilik, savdo, 

ibodatxona  xo`jaligi  kabi qator   muammolarga 

bag`ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. 

Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va  

boshqalarning asarlari). 

Mesopotamiya  tarixini  o’rganish  markazlari 

dastlab Angliya va Fransiyada o’rnashdi. XIX asrda u 

Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning  paydo 

bo’lishi   ko’pgina olimlarni AQShga ko`chishiga 

sabab bo’ldi. Bu yerda  hozir jahonga mashhur 

osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga  

hozir  Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya 

va Iroqdagi   osurshunoslik markazlari   samarali 

tadqiqotlar olib bormoqdalar.  

 

   

Tayanch 

iboralar  

Frot, Dajla, fauna, El-Ubayd, Shumer, Akkad, 

Semit, Amoriy, Diyali, Urmiya, gutiy, kassit, xurrit, 

Bobil,  oromiy,  Eredu,  Uruk,  Lagash,  Nippur, 

Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya, Murashu uyi, 

Shulga,  Lipit-Ishtar,  Hammurapi,  Tell-Amarna, 

Umma,  Rimush,  «Kalxatlar  stelasi»,  Urukagina, 


 

172 


Eannatum, Elam, Sargon II, Beroyes,  «Bobil va 

Xaldey tarixi», «Gilgamesh va Aga», Gerodot, Ktesiy, 

Ksenofont, «Anabasis», Strabon, Persepol, Grotofend, 

G.Roulingson, Xamadon, Kunjik, Xorsabod, Dur-

Sharrukin, Luvr, G.A.Leyyard,  Nimrud, K.Bekold, 

B.Maysner, A.Oppenxeym.   

 

        Tavsiya etiladigan adabiyotlar  

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак 

йук. T.1998 yil. 

Ладынин  И. А. и  др. История  древнего  мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Сетон  Ллойд.  Археология  Месопотамии. 

M.1984 йил. 

История Древнего Востока. 4.1. Месопотамия ( 

Под .ред. И. М.  

Дяьконова) .   M.1985 

История  Древнего  Востока.  Под.  ред. 

Кузищина. M.1988, 92-107 

Источниковедение  по  истории  Древнего 

Востока. Под. ред. Кузищина.  

M.1984 

 

                                      Asosiy  sanalar 



Er. avv. V ming yillik oxiri-   

Mesopotamiyada  

El-Ubayd madaniyati 

er. avv. IV    ming yillikning I yarmida  



 

173 


Er. avv. IV-III ming yilliklar   

 

Mesopotamiya janubida  shumerlarning  



paydo bo’lishi 

Er. 


avv. 

XVIII 


asr     

Mesopotamiyaga 

daniyalik olim  

K.  Niburning  birinchi 

ilmiy sayohati 

Er. avv. XIX asrning 90-yillari   

nemis   olimi  

F. Delichning akkad  

grammatikasi va lug`atini  

yaratishi 

 

                                  Mustaqil ish mavzulari 

Qadimgi  Mesopotamiyaning  moddiy  madaniyati 

yodgorliklari 

Qadimgi Mesopotamiya tarixi, tarixnavisligi 

Antik mualliflarning Qadimgi Mesopotamiya 

                                Reyting  savollari 

1.Mesopotamiya ikki daryo oralig`ida joylashgan. 

Ushbu daryolarni ko’rsating ?  

A) Frot va Xuanxe                          B) Dajla va Nil 

S) Frot va Dajla                              D) Xuanxe va 

Yansze 


E) Yansze va Frot 

2.Qaysi xususiyat  Mesopotamiya janubining iqlimiga 

xos? 

A) juda issiq iqlim                             B) quruq iqlim 



 

174 


S) faqat yomg`irli iqlim                    E) bo’ronli, 

izg`irinli iqlim 

D) A va B 

3.Qadimgi  Mesopotamiyaning  qazilma  boyliklari 

to’g`ri berilgan qatorni  toping? 

A) oltin, temir, kumush          B) qurg`oshin, qalay, 

temir 

S) tosh, oltin, qalay, tuz         D)  bazalt, temir, oxak        



E) marmar, temir, qo`rg`oshin 

4.Qadimgi Mesopotamiya faunasida quyidagilardan 

qaysi ko`proq  uchrashini  toping? 

A)  qoramol,  ot,  bizon,                                B)  eshak,  qo`y,  

cho`chqa 

S) tuyaqush, kiyik, quyon            D) fil, arslon, 

cho`chqa 

E) olmaxon, ilonlar 

5.Qadimgi  Mesopotamiyada  El-Ubayd  madaniyati 

qaysi davrga oid? 

A) er.avv.IV  asrga oid                 B) er.avv.III   ming 

yillikka oid 

S) er.avv.II ming yillikka oid       D) er.avv. IV  ming 

yillik birinchi yarmiga oid  

E) er.av.I  ming yillikka oid 

6.Qachon shumerlar janubiy Mesopotamiyada paydo 

bo’ldilar? 

A)  er.avv.  III  ming  yillikda            B)  er.avv.  IV  ming  

yillikda  


 

175 


S)  er.avv.    II  ming  yillikda              D)  er.avv.  I    ming  

yillikda 

E) eramizning boshlarida  

7.qadimgi shumer  tili qaysi til oilasiga mansubligini 

ko’rsating ? 

A) Akkad                    B) Hind       S)  Roman     D) 

hind-yevropa 

E) Qaysi til oilasiga mansubligi aniqlanmagan  

8. Qadimgi semit xalqlari shug`ullangan xo`jalik turini 

ko’rsating ?  

A) hunarmandchilik               B)  dehqonchilik 

S) chorvachilik                      D) ovchilik              E) 

kemasozlik 

9. Akkad tili qaysi til  oilasiga tegishli? 

A) sharqiy semit                 B) gutiy 

S) kassit                             D) xett                      E) osur     

10. Qadimgi  akkadlar  garbiy  semit  qabilalarini 

qanday ataganlar? 

A) oriylar deb                          B) lulubeylar deb            

S) amoriylar deb                      D) varvarlar deb                        

E) semitlar deb 

11. Qadimgi  xurrit  qabilalari  yashagan  hududni 

ko’rsating? 

A) janubiy  Mesopotamiya, Old Osiyoning shimoli 

B) Hindiston                   

S) Misr va Pireney yarim oroli  

D) Shimoliy Suriya, shimoliy Mesopotamiya 

E) Arman tog`lari, Nil vodiysi 



 

176 


12. Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada  ko’chmanchi 

gutiy qabilalari yashagan yillarni ko’rsating ? 

A) er.avv. III  ming yillik                      B) er.avv. IV  

ming yillik  

S) er.avv. II  ming yillik                        D) er.avv. VI 

ming yillik  

E) er.avv. II asrda  

13. Javoblarni to’g`ri berilganini  aniqlang ? 

A) Zagros tog`larida gutiy qabilalari yashagan 

B) Zagros tog`larida kassitlar yashagan 

S) kassitlar shimoliy-g`arbiy Eronda yashagan 

D) shimoliy Suriyada amoriylar yashagan  

E) janubiy Mesopotamiyada xurritlar yashagan 

14. Xaldey   qabilalari  janubiy  Mesopotamiyaga 

qachon kirib kelgan? 

A) ular azaldan shu yerda bo’lgan          B) er. avv. V  

asrda 

S) er. avv. II asrda                                   D) er. avv. 



VII asrda  

E) er. avv. IX  asrda 

15.Mesopotamiyada er. avv. VII ming yillikdan  IV 

ming yillikacha  qanday o’zgarishlar bo’lgan? 

A) ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi 

B) ilk ijtimoiy tabaqalarni vujudga kelishi 

S)  ilk davlatlarni vujudga kelishi 

D)  qulchilikni paydo bo’lishi          e) A, B va D 

16.Akkad davlatining  hududini ko’rsating ? 

A) janubiy Mesopotamiya va Bobil 



 

177 


B) shumer va shimoliy   Mesopotamiya 

S) Quyi  Misr va Old Osiyoning shimoli 

D)  Ikki  daryo  oralig`ining  g`arbi              E)  Suriya  va  

Falastin 

17. Mesopotamiya  to’g`risida   batafsil ma'lumot 

beradigan manbani ko’rsating? 

A)  Ksenofontning  «Anabasis”  asari                       B)  

Gerodotning «Tarix» asari 

S)  Strabonning  «Geografiya»    asari                       D)  

Ksenofontning «Kiropediya» asari 

E) Dunyo to`foni afsonasi, Iliada va Odisseya  

18. Qadimgi Bobil podsholigi tarixi necha davrga 

bo’linadi? 

A) 4              B) 2            S) 3        D) 5            E) 7 

19. Zikkuratlar nima? 

A)  ibodatxona  rasmlari                        B)  zinapoyasimon  

minora 

S) haykallar                             D) muxrlar          E) 



yozuv qog`ozlari 

20.  Ko’ltepa  yodgorligi  (qadimgi  Mesopotamiya 

tarixiga  oid)  hozirgi  qaysi  davlat  hududida 

joylashgan? 

A) Misr   hududida             B) Turkiya hududida               

S) Gretsiya hududida 

D)  Italiya  hududida                      E)  Saudiya  Arabistoni  

hududida 

21. Podsho Hammurapining qonunlar to’plami necha 

moddadan iborat? 



 

178 


A)  180          B) 200        S) 282            D) 295             

E) 300 


22.Er. avv. II ming  yillikda Old Osiyo, Misr tarixi, 

xalqaro munosabatlar to`g`risida  ma'lumot beruvchi 

bosh manbani ko’rsating ? 

A) Misrdan topilgan Tell-Amarna arxivi 

B) er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari 

S) Osuriyaning xo’jalik  hujjatlari 

D) Ko`ltepadan topilgan arxiv         E) ibodatxona 

yozuvlari 

23.  Haqiqiy   tarixiy  xazina  hisoblanadigan 

«Gilgamesh» dostoni   matnining topilgan joyni 

ko’rsating ? 

A) Osuriya podshosi kutubxonasi 

B) Nineviya podshosi kutubxonasi  

S) Eshnunna  xarobalari        

D) Uruk xarobalari       

E) Kishdagi ibodatxona 

24. Grotofend 39 belgidan 10 ta mixxat belgini 

o’qigan sanani ko’rsating ? 

A) 1930-y                   B) 1972-y                  S) 1954-y 

D) 1802-y                   E) 1898-y 

25. Mesopotamiya tarixiga oid tadqiqotlarning asosiy 

yo’nalishlari… 

A) iqtisodiy  va ijtimoiy munosabatlar 

B) siyosiy tarix, davlat tuzumi, din va madaniyat 

S) harbiy va tashqi siyosat 

D) ijtimoiy tabaqalanish                


1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling