Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet11/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53

Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo 

bo’lishi. 

Shumer shahar davlatlari, Shumer-akkad 

davlatlari 

 

 

 



 

 

 



Mesopotamiya sivilizatsiyasi    

Mesopotamiya   (yunoncha-“ikki daryo oralig’i”, 

Dajla va Frot  oralig’idagi o’lka)  Fors qo’ltig’idan 


 

180 


Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan 

cheklangan.   Hudud   Quyi  va  Yuqori 

Mesopotamiyaga bo’linadi. Quyi Mesopotamiya  Old 

Osiyoning eng unumdor qismi, lekin u mineral xom-

ashyo va yog’ochga kambag’al.  Keng miqyosdagi 

suniy sug’orish ishlarini amalga oshirilishi tuproqni 

sho’rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.   

Er. avv. XI-VIII ming yilliklarda mezolit davrida 

Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo’shni   tog`li 

rayonlarida  temirchilik,  hayvonlarni,   o’simliklarni  

ilk   madaniylashtirish jarayoni   boradi: ilk paxsa  

binolar paydo bo’ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-

Shanidar, Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud 

bo’lgan. 

Neolit davrida taraqqiyot sur'ati   kuchayadi. 

Zagros vodiysida Jarmo madaniyati manzilgohlari 

paydo bo’ladi. Er. avv VII ming yillik oxiri VI ming 

yillik  boshlarida  Tel-Satto  o’troq  manzilgohlari 

shakllanadi. 

Er. avv VI ming yillik o’rtalarida Shimoliy 

Mesopotamiyada Xassun  madaniyati rivojlanadi. Er. 

avv. IV ming  yillik oxiri-III ming yillik boshlarida 

Jamdat-Nasr   madaniyati  davrida  mis  va  qalay  

mehnat qurollari ishlatila boshlaydi.  

Er. avv III ming yillikda  Mesopotamiya janubida 

shumerlar, Dajla  va Frot daryolarining o’rta oqimida 

akkadlar,  shimolda-xurritlar  taraqqiyotda   ildam 

qadam   tashlaydilar. Yirik   shahar markazlari 



 

181 


Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar  paydo bo’ldi. 

Er. avv III ming   yillikning birinchi yarmida 

Mesopotamiya  janubida qator shahar-davlatlar Eredu

Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar  paydo bo’ladi. 

Hunarmandchilik  yuqori  darajada   rivojlandi. 

Metallurgiya sanoati  birinchi o’ringa chiqib oladi. 

Metall  quyish,  kovsharlash,  payvandlash  usullari 

o’zlashtiriladi.  Savdo  hunarmandchilikdan  ajralib 

chiqadi. Jamoada  maxsus  savdogarlar tamkarlar 

faqat  tovar  ayirboshlash  bilan  shug`ullana  

boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi. 

Qulchilik  munosabatlari   rivojlanadi.  Urushlar 

qulchilik manba bo’lgan. Qullar «begona mamlakat  

erkagi (ayoli)» degan ideogrammalar mavjud.  

Qullar xo’jalikning turli sohalarida ishlatilgan. 

Ibodatxonalarda   qul  mehnatidan  foydalanilgan, 

o’rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo`jaligida 

100-200 tani tashkil qilgan. Xususiy xo’jalikda 1-3 ta, 

podsho xo’jaligida  bir necha o’n qul  bo’lgan. 

Taxminlarga ko’ra,  Lagash davlatida 80-100  ming 

erkin  kishiga 30 ming,  qul Shuruppakda 30-40 ming 

erkin kishiga 2-3  ming qul to’g`ri  kelgan.  

Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(1 

sikl-8 gramm). Shumer  jamiyatida qullardan tashqari 

o’z yeri bo’lmagan yoki yeridan  ajralgan, boshqa 

jamoalardan kelganlar, kambag`al oilaning kichik 

a'zosi ibodatxonaga bag`ishlangan qaram  kishilar 

ko’p bo’lgan. Bu qaram  kishilar ibodatxona  va 



 

182 


xususiy   xo’jaliklarda qullar  qatorida  mehnat 

qilganlar. Ilk sulola davrida  Shumer jamiyatining 

hukmron qatlamini  quldorlar tashkil  qilgan. Bu 

qatlamga urug` zodagonlari, oliy kohinlar, ma'muriyat 

vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab 

chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega  

bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy 

jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer 

egaligi ikki  qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan  

iborat bo’lgan. Ilk sulola davrida er. avv. XXVIII-

XXVII asrlarda  shahar-davlat tepasida «En» (janob)-

oliy  kohin turgan, ehtimol  u saylab  qo`yilgan. 

«En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma'muriyatini 

boshqarish,  ibodatxona,  shahar  qurilishi-sug`orish 

inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda 

uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan.  Er. avv. III 

ming yillik o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi” 

(“kohin-quruvchi”   shahar  boshqaruvchisi)  va  

“Lugal”-(“katta   odam”,  “podsho”,  akkadcha 

“sharru”)  paydo bo’ladi. 

«Ensi»  vazifasi  sug`orish  inshootlari  va 

ibodatxonalar qurishga  rahbarlik qilish bo’lgan, shu 

sababli  u  ko’pincha  boshida  qandaydir  qurilish  

materiallari bilan to’ldirilgan savat ko`targan tarzda 

tasvirlangan;jamoani,   ibodatxonani  boshqarish, 

soliqlar to’plash, ba'zida ibodatxona harbiy qismini 

boshqargan. «Ensi» vazifasi saylanadigan bo’lib shu 

sababli uning hukmronligi  «navbat» deb atalgan.  



 

183 


«Lugal» funksiyasi  «Ensi»dan  obro`liroq  va 

mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba'zida shaharlar 

birlashmasi hukmdoriga nisbatan  aytilgan. Ilk sulola 

davrida oqsoqollar kengashi   va yig`ini hokimni 

saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati 

ustidan nazorat qilgan, jamoa  a'zoligiga qabul qilgan, 

hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.  

Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida  xalq  

yig`inning roli  tusha boradi. Hukmdorning iqtisodiy-

siyosiy mavqei o’sib boradi. Uning   tayanchi qo’shin 

bo’ladi. Bu yaxshi qurollantirilgan  5-6 ming kishini 

tashkil qilgan.  

Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib, 

odatda u kichik  shahar, atrofdagi qishloq xo’jalik 

okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi  Shumer shahri 

Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda  

shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.  

 

Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi 

Er. avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar 

jezni o’zlashtira boshladilar. Shu davrdan arxeologlar  

ilk sulola  davrini (er. avv. 3000-2300-yillar atrofi) 

belgilaydilar. Shumer an’anasi esa mamlakat tarixini 

qaysidir “to’fon”gacha va “ to’fondan” keyingi davrga 

bo’ladi. Haqiqatdan ham er. avv. 2900-yillar atrofida 

Quyi Mesopotamiyani  qazishmalariga ko’ra “to’fon” 

bo’lgan.   



 

184 


Shumer tarixi u yoki bu markazning siyosiy 

yetakchiligiga qarab  er. avv. III ming yillikning 

birinchi yarmida ilk sulola davrini  tashkil qilgan uch  

bosqichga bo’lish qabul qilingan. 

Bu davrda Kish shahri yuksalib I Kish sulolasi  

hukmronlik qiladi. Uning  hokimlari orasida shumer 

afsonalari  qahramonlaridan  biri  Etana  ko’zga 

tashlanadi. Kishining qudrati juda uzoq vaqt  xotirada 

qolib keyinchalik ko’p hokimlar   «Kish lugali» 

unvonga   ega bo’lishga harakat qilganlar, bu 

unvonning egasi  lugal-“yetakchi” bo’lgan. Kishning 

hokimlaridan biri Etana (er. avv. XXVIII asr) 

to`g`risida epik rivoyat shakllanib, rivoyatda u ilohiy 

burgutda  o`zi uchun “tug`ilish maysasi”ga ega bo`lish 

va  voris merosxo`r olish uchun osmonga xudolar 

oldiga ko`tariladi hikoya qilinadi.  

 

Kishning zaiflashuvi Urukning  yuksalishi bilan 



boshlangan. 

Er.  avv.  2600-yillar  atrofida  Kish 

shahrining podshosi Aggi, Uruk shahrining podshosi 

Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan 

taxtdan  tushiriladi.  Gilgamesh  butun  Shumerni 

birlashtiradi. Rivoyatlarga ko’ra u xudoning o’g’li 

bo’lib, o’limidan keyin  xudo deb ulug’langan. 

Ilk sulola davrining uchinchi bosqichida er. avv. 

2550-yillar  atrofida  Urukni  yetakchiligi  o`rniga 

o`zining shaxta sog`onalari bilan ma`lum bo`lgan Ur 

sulolasi keladi. Ur shahri janubiy Mesopotamiyada 

yetakchilik qila  boshlaydi. Ur shahrida podsho 



 

185 


hokimiyati  kuchayadi, hukmdorlar uchun hashamatli 

sog`onalar qurila   boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan 

ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib qo’shni Lagash 

shahri kuchayib ketadi. Lagash   deyarli barcha 

Shumer   shaharlarini bo`ysundiradi, Elam ustidan 

g`alaba qiladi. Er. avv. XXIV  asrda Lagashda  ensi 

hokimiyati kuchayadi va  u Lagash bosh xudosi 

Ningirsunning bosh kohini  bo’ladi.  Uning hokimiyati 

urug’chilik munosabatlarini yemirilishi, savdo-

hunarmandchilikni  rivojlanishi  natijasida  shahar 

aholisini turli tabaqalari tomonidan qo’llab-

quvvatlanadi.  

Ibodatxona xo’jaliklariga  ham soliq solinadi, 

hunarmand,  jamoachilardan  turli  majburiyatlarni 

o’tash talab  qilinadi. Daromad solig’i  ko’payadi. 

Lagashda ijtimoiy  ziddiyat kuchayadi. Yangi «ensi» 

Urukagina  ijtimoiy ziddiyatlarni bo`shashtirish uchun  

islohot   o’tkazadi. Oliy kohinlar   soliqlardan ozod  

qilinadi, ibodatxonalarning qaram   kishilarga natural 

mahsulot to`lovi miqdori oshirilib, ularning  huquqlari 

kafolatlanadi. Aholidan olinadigan soliq-to’lovlar bir 

qadar kamaytiriladi. Urukagina «Lugal» unvonini 

qabul   qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagashni 

zaiflashtiradi. Lagashning  ichki  qiyinchiliklaridan 

foydalangan Umma   shahri podshosi Lugalzagissi er. 

avv. XXIV asr oxirida  Lagashni  bosib olib, butun 

Shumerda chorak   asr yetakchilik  mavqeiga ega 

bo’ladi.   Umma shahar-davlati  hududi O`rtayer 



 

186 


dengizidan Fors qo`ltig`igacha (shumercha “Yuqori 

dengizdan to quyi dengizgacha”) cho`zilib ketgan.   



 

Akkadning yuksalishi 

Kishning  fitna  qurboni  bo’lgan  podshosi 

Lugalzagissining kichik saroy amaldori, kelib chiqishi 

oddiy odamlardan  bo`lgan  akkadlik (rivoyatlarga 

ko`ra tashlandiq bo`lgan va keyinchalik Kish saroyida 

tarbiyalangan) Kishning bir  qism aholisi  bilan 

ko`rimsiz Akkad shaharchasiga yashirinadi. O`zini 

Sharrum-ken (“haqiqiy podsho” zamonaviy aytilishi 

Sargon)  Sargon, (er. avv 2316-2361-yillar) deb e`lon 

qiladi. Sargon ommaviy yengil qurollangan qo`shin 

tuzdi. Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi. 

U kuchli qo`shin bilan 34 jangdan keyin butun 

Shumerni istilo qildi.  Sargon o’zining 55- yillik 

podsholigi davrida (er. avv. 2316-2261 yillar) butun 

Mesopotamiyani   Akkad davlati   qo’l   ostiga 

birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr, 

Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy 

yurishlar  qiladi.  Sargon  davlati  hududiga 

ahmoniylarga bo’lgan bir yarim yil davomida hech 

kim teng kela olmadi. 

 

Sargon  davlati  oldingi  Mesopotamiya 



davlatlaridan farq qilgan holda markazlashgan davlat 

edi. Sargon va uning vorislari davrida  mamlakatda 

iqtisodiyot,  pul-tovar  munosabatlari,  sun'iy 

sug`orishga  asoslangan  dehqonchilik  yuksaladi. 



 

187 


Podshoning   mustabid  hokimiyati  urug` 

zodagonlarining, oqsoqollar   kengashining   kuchli 

qarshiligiga uchraydi. Podsho   ularning qarshiligini  

sindirish, o’z   hokimiyatini mustahkamlash uchun 

xizmatdagi zodagonlar,  amaldorlar qisman kohinlarga 

tayanib ish ko’radi. Ba'zi shaharlarning merosiy 

«Ji»lari  (hokimilari) o’rniga podsho o’z kishilarni  

tayinlaydi. Sargon muntazam qo’shinni tashkil  qilib, 

harbiylarga xizmat uchun yer ajratib beradi. Natijada 

podsho («Sharrum») ning qudratli hokimiyati vujudga 

keladi.  

Sargon va uning   merosxo’rlari   Rimush, 

Naramsuen  (er.  avv.  2236-2200-yillar)  podshoning  

mustabid   hokimiyatini  mustahkamlash   uchun  

isyonchi  shaharlar,  «ensi»lar,  urug`  zodagonlariga  

qarshi  muntazam  kurash  olib borishga  majbur 

bo’lganlar.  Podsho  hokimiyatini  mustahkamlash 

uchun merosiy  «ensi»larni,  o’z o’g`illari bilan 

almashtirganlar, merosiy hokimlar oddiy amaldorlar 

darajasiga  tushirilgan.  Podsho  ichki  siyosatda 

kohinlarga suyanadi. Kohinlarga ko’plab imtiyozlar  

berilgan. Podsho va uning o’g`illari ibodatxona 

kohinlari  lavozimini   bajarganlar.  Kohinlar 

Naramsuenni  «akkad xudosi» deb tan oladilar.  

Naramsuen  faol tashqi siyosat olib boradi. 

Subartu, Elam, Fors qo’ltig`igacha, Zagros tog’larida 

lulubeylarga nisbatan g’olibona yurishlari va tashqi 


 

188 


siyosatdagi yutuqlari  uchun «dunyoning to’rt iqlimi 

podshosi» unvoniga  ega bo’ladi.  

Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga 

Zagros tog’laridan bostirib kirgan tog`li  qabilalardan 

bo’lgan qutiylar chek qo’yganlar. Boshida Naramsuen 

ularni  og’ir janglarda  yengib haydab chiqardi va o’zi 

urushda halok bo’ldi, ammo ular yana bostirib 

kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan talon-taroj 

qilindi, Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj 

to’ladilar.  Lagash  hokimlari  qutiylar  yordamiga 

tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada 

hukmronlik  qildilar.  Janubiy  Mesopotamiyada 

Lagashning zo’ravonligi boshqa shahar-davlatlarning  

qahr-g’azabiga uchradi va qutiylardan ozod bo’lish 

vaqtida qo’shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash 

shahri shafqatsiz buzib tashlanadi. Qutiylar davridagi 

Lagash hokimlaridan biri Gudea (er. avv. 2137-2117-

yillar) o’zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum. 

Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida 

yagona ibodatxona xo’jaligi tashkil etilgan edi. Gudea 

bu xudo uchun olinadigan maxsus soliq  joriy qiladi 

va qurilish majburiyatini kiritadi. Gudea Hind daryosi 

havzasi viloyatlari bilan savdo qiladi va Elam bilan 

urush olib boradi.   

Qutiylar  Mesopotamiyada  yuz  yilga  yaqin  

hukmronlik qilganlar. Er. avv. 2109-yil qutiylar Ur 

podshosi Utuxengal tomonidan  tor-mor qilinadi va  

III  Ur   sulolasi  hukmronligi  boshlanadi.  



 

189 


Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu (er. avv. 2106-

2094-yillar) va uning o’g’li Shulgi (er. avv. 2093-

2046-yillar)  o’z  davlatlarini  misli  ko’rilmagan 

darajada  mustahkamladilar  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

o’zgarishlarni amalga oshirdilar. 

Buzilgan  sun'iy  sug`orish tizimi to’liq qayta 

tiklanib, yangi-yangi  kanal, to’g`onlar ko’riladi. Katta  

hajmdagi chorvachilik, dehqonchilik   xo’jaliklari 

tashkil  qilinadi,  hunarmandchilik  bilan 

shug`ullanadigan podsho ustaxonalari  ishi  yo`lga 

qo’yiladi, tashqi savdo   kengaytiriladi. O`lchov 

birliklari tartibga solinadi. Ibodatxona  zikkuratlari, 

podsho sog`onalari quriladi. III sulola davrida asosiy  

yer zahirasi  podsho qo’lida to’plandi. Jamoa yerlari 

xususiy  qo’llarda  o’ta  boshlaydi.   Podsho 

jamoachilarni  xonavayron   bo’lishi  jarayonini 

sekinlashtirish uchun  jamoa  yerlari  oldi-sottisini 

ta'qiqlaydi.  Ammo  yersizlanish kuchayib  ketadi. 

Kambag`allarning o’z bolalarini qul qilib sotishi, qarz 

uchun vaqtincha qul  bo’lish odatdagi   hol bo’lib  

qoladi. Qullar ko’payib ketadi, qul 9-10 sikl turgan.  

Shumer-akkad  podsholigining davlat boshqaruvi  III 

sulola  davrida qadimgi sharq podsho hokimiyatining 

tugallangan  shakli  edi.  Podsholar  cheklanmagan 

hokimiyatga  ega  bo’lib «Ur podshosi, Shumer 

podshosi va Akkad podshosi» unvonlariga ba'zida 

«dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvonlariga ega 

bo’lganlar.  



 

190 


 

  Tayanch iboralar  

Zavi-Chemi-Shanidar, Mifat,  Neolit, Tel-Satto, 

Xassun, Jamdat-Nasr, “J”, “En”, Ensi, Lugal, “Ji”, 

Etana, “Kish lugali”, Enmerkar, Ningursu, Sargon, 

Akkad, Naramsuen, Sharrum, Utexengal, qutiylar, III 

Ur sulolasi, “To’rt iqlim podshosi”. 

 

                               Tavsiya etiladigan 



adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Êðàìåð. Ñ.Èñòîðèÿ íà÷èíàåòñÿ â Øóìåðå. Ì.1965. 

Äÿêîíîâ È.Ì. Îáõåñòâåííîúé è ãîñóäàðñòâåííîúé ñòðîé 

äðåâíåãî Äâóðå÷ÿ. Øóìåð Ì., 1959. 

Çàðîæäåíèå äðåâíåéøèõ êëàññîâîúõ îáõåñòâà è ïåðâîúå  

î÷àãè  ðàáîâëàäåë÷åñêîé ñèâèëèçñèè (ïîä. Ðåä.  

È.Ì.Äÿêîíîâà) Ì., 1983. 

Êîçåðåâà Í.Â. Ñåëñêàÿ îêðóãà â ãîñóäàðñòâå Ëàðñà. 

Âåñòíèê äðåâíåé èñòîðèè. 1975. ¹ 2. ñ-3-17. 

Ñòðóâå Â.Â. Ãîñóäàðñòâî Ëàãàø. Ì., 1961. 

Âóëëè Ë. Óð Õàëäååâ.  Ïåð.ñ.àíã.(Ïîä.ðåä) Â.Â.Ñòðóâå.Ì., 

1961. 


 

                                         Asosiy sanalar 

 

191 


Er. avv. VII-V ming  yilliklarda   Shimoliy 

Mesopotamiyaning neolit   

madaniyatlari:  Jarmo, 

Xassun, Xalaf 

Er. avv. V   

ming  yillik oxiri-   

El-Ubayd  

madaniyati, urug`chilik 

Er. avv. IV  ming yillikning  boshlari 

  madaniyatining yemirila boshlashi 

Er. avv. IV  ming  yillikning II yarmi   

Shumer  


sivilizatsiyasini boshlanishi. Ilk  

davlatlar,  piktografik 

yozuv 

Er. avv. IV ming  yillik oxiri- 



Er. avv. III  

ming yillik  

boshlari  

Jamdat  Nasr  

madaniyati 

Er. 


avv. 

XXVIII-XXIV  

asrlar   

Ilk 


sulola 

davri. Shumer  shahar – 

davlatlarning  

paydo  


bo’lishi. Mixxatni  

yaratilishi 

Er. avv. XXIV-XXII asrlar   

Mesopotamiya 

Akkad qo’l ostida. Sargon  

sulolasi hukmronligi 

 

                                        Mustaqil ish mavzulari 



Ikki daryo oralig`ida Shumer – shahar davlatlarining 

paydo bo’lishining  ijtimoiy-iqtisodiy omillari 



 

192 


Shumer  shahar-davlatlarida  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlar 

Ikki  daryo  oralig`ini  Akkad  boshchiligida 

birlashtirilishi 

Qadimgi Shumer-Akkad jamiyatining  siyosiy tuzumi  

 

                                       Reyting savollari 

1. Qadimgi Mesopotamiyada qaysi davrda Frot va 

Dajla  daryolarining   vodiylari  va  qo’shni 

hhududlarda  hayvonlarni,  o’simliklarni  ilk 

madaniylashtirish jarayoni bordi? 

     

A  )  mezolit  davrida         



B)  neolit  davrida            

S) eneolit davrida 

     D) paleolit davrida          E) jez davrida 

2. Qadimgi Mesopotamiyadagi ilk paxsa turar joy 

binolari paydo bo’lgan  sanani aniqlang ? 

     A) er. avv. IX-X  ming yillik.         B)  er. avv. XI-

VII ming yillik  

     S) er. avv. X-IX  ming yillik           D)  er. avv. II  

asr 

     E) er. avv. XV asr  



3. Qadimgi  Mesopotamiyada  Zavi-Chemi-Shanidar, 

Mifat manzilgohlari qaysi davriga tegishli ekanligini 

ko’rsating? 

      A) neolit         B) paleolit           S) eneolit 

      D) bronza       E) mezolit 

4. Neolit davriga oid Jarmo madaniyati manzilgohlari 

qayerda topilgan?  


 

193 


      A) Dajla bo’ylaridan           B) Frot vodiysidan  

      S) Zagros tog’laridan          D) Bobildan     

      E) qadimgi Akkad xarobalaridan 

5. Qadimgi Mesopotamiyada er.avv.  VII  ming yillik 

oxiri va VI  ming yillik  boshlarida shakllangan 

o’troq  manzilgohni ko’rsating? 

A) Jamdat Nasr                 B) Mifat                    S) 

Xassun 


D) Tel-Satto                      E) Tel-Amarna  

6. Qadimgi  Mesopotamiyada  qachondan  boshlab 

mehnat   qurollarini mis va jezdan tayyorlay 

boshlaganlar? 

A) er. avv. II ming yillikdan            B) er. avv. V 

asrdan  


S) er. avv. IV ming yillikdan           D) er. avv. V 

ming yillikdan 

E) er. avv.  IV  ming yillik oxiri va  III ming yillik 

boshlaridan 

7. Qadimgi  Mesopotamiyadagi  yirik   shahar 

markazlarini ko’rsating ? 

A) Eredu, Ur, Larsa.         B) Eredu, Ashshur     S) 

Eredu, Larsa 

D) Mari, Ashshur             E) Mari, Uruk, Shumer 

8. Qadimgi  Mesopotamiyada  tamkarlar  kimlar 

bo’lgan? 

A) savdogarlar             B) harbiylar 

S) dehqonlar                D) hunarmandlar              E) 

qullar 


 

194 


9. Qadimgi  Mesopotamiyada  “begona  mamlakat 

erkagi (ayoli)” iborasi  kimga nisbatan aytilgan? 

A) savdogarlarga nisbatan   B) qullarga nisbatan 

S) erkin kishiga  nisbatan    D) kohinlarga nisbatan    

E) podshoga nisbatan 

10. Qadimgi Mesopotamiyada qulchilikni manbaini 

ko’rsating ? 

A) urushlar                               B) qarzga botgan 

dehqonlar 

S)  kambag’al  savdogarlar                D)  daydilar-

jinoyatchilar 

E) A va D 

11. Qadimgi Mesopotamiyada ilk sulola   davrida 

Shumer jamiyatining hukmron   qatlamini kimlar 

tashql qilgan ? 

A) quldorlar                                   B) zodagonlar 

S)  kohinlar                                    D) podsho 

amaldorlari 

E) barchasi to’g’ri 

12. Qadimgi Mesopotamiyada qullar qaysi sohalarda 

ishlatilgan? 

A)  xususiy  xo’jaliklarda                                 B)  podsho  

xo’jaliklarida  

S) ibodatxonalarda                        D) zodagonlar 

yerida  

E) barcha javoblar to’g’ri 

13. Qadimgi Mesopotamiyada shahar-davlat hokimi 

nima deb atalgan? 



 

195 


A)  “En”                                B)  Lugal 

S)  podshho   boshlig`i         D) En oliy vazir         E) 

A, B va S 

14. Qadimgi  Mesopotamiyada  “en”ning vazifasiga 

nimalar kirganligini  ko’rsating?  

A) kohinlik                                     B) ibodatxona 

ma'muriyatini boshqarish 

S) ibodatxona, shahar qurilishi      D) jamoa mulkini 

boshqarish    

E) barcha javoblar to’g’ri 

15. Qadimgi Mesopotamiyada kimning hukmronligi 

“navbat” deb atalgan? 

A) “en”ning                       B) “katta odam”ning  

S) “lugal”ning                   

D) podshoning                 

E) “Ensi”ning  

16. Qadimgi  Mesopotamiyada  ilk  sulola davrida 

“oqsoqollar  kengashi”  va  “xalq  yig`ini”ning 

vazifasini ko’rsating ? 

A) hokimni saylagan, mansabidan tushirgan 

B) hukmdor oldida maslahat organi vazifasini 

bajargan 

S) hokim faoliyati ostidan nazorat qilgan 

D) A, B va S                  

E) A va  B 

17. Ilk sulola   davrida Mesopotamiya   “xalq 

yig`ini”ning  obro`-e’tiborini  tushib,  roli  

pasayishiga nima  sabab bo’lgan? 

A) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi 


 

196 


B) urushlarning tez-tez bo’lib turishi   

S)  asirlar sonining oshishi  

D) mehnat qurollarining takomillashuvi        

E) ijtimoiy tenglikni barqarorligi 

18. Qadimgi Shumer afsonalari qahramonlaridan biri 

Etana qaysi shaharning  hokimi bo’lgan?  

A) Akkad shahrini                 B) Kish shahrini                       

S) Ur shahrini                        D) Uruk shahrini                                    

E) Bobil shahrini    

19. Shumer shimolidagi  qadimgi Akkad davlatining 

asoschisini  ko`rsating ? 

A) Sargon                 B) Naramsuen              S) 

Gilgamesh 

D) Ningirsi               E) Exnaton 

20. “Akkad xudosi” deb tan olingan, “Dunyoning 

to’rt iqlimi podshosi” deb   atalgan podshoni 

ko’rsating ? 

A) Sargon                B) Ningirsi           

S) Gilgamesh          D) Naramsuen                                      

E) Hammurapi 

21. Er.avv.  III  ming  yillikda  Mesopotamiyada 

yashagan  xalqlarni ko’rsating ? 

A) g`arbiy semitlar, xurrit             B) lulubeylar, 

xaldeylar  

S)  kassitlar,  elamitlar                                         D)  palay,  

subareylar 

E) kutiylar, kassitlar 


 

197 


22. Qadimgi Mesopotamiyaning tarixiga  oid Jamdat-

Nasr madaniyatining  shakllanish davrini ko’rsating 

A) V   ming yillik                     B) IV  ming yillik  



S) III ming yillik                      D) II ming yillik  

 

E)  B va S  



23. Qadimgi Mesopotamiyada er.avv. 2109 yilda Ur 

podshosi  tomonidan tor-mor   qilingan qabilani 

ko’rsating ? 

A) kutiylar                       

B) lulubeylar                     

S) xettlar 

D) shumerlar                   E) akkadlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling