Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet17/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53

Damashq podsholigi 

Damashqning yuksalishi er. avv.  II ming  yillik 

oxirida Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri  



 

287 


oromiylar bilan bog`liq. Ular Arabistonda tuya boqish 

va ko’paytirish bilan  mashg`ul bo’lganlar. Er. avv. I 

ming yillik boshlarida  oromiylar Suriya va Shimoliy 

Mesopotamiyada  oromiy-xurrit   aholisini  to’la  

assimilyatsiya qiladilar. Bu vatga kelib, oromiy tili 

Old Osiyoda  asosiy tillardan biriga aylanadi.  Er. avv.  

II   ming  yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo 

yo`llari kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy 

qabilalaridan  biri  oromiylarning  Suriyadagi  bosh  

markazi Damashq shahri kuchayib  ketadi. Damashq 

podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, 

butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va  

oliy navli jun bilan vositachilik savdosiga asoslangan. 

Damashq  podsholari  Qadimgi  xurrit  podsholari 

unvonlarini eslatadigan “Xudo Bo’ri O’g’li” (“Ben-

Xadad”) unvonini olganlar.  

Er.  avv.  IX  asr  o`rtalarida  Damashq  osur  

podsholari Ashshurnasirpal II va Salmanasar III ni 

Sharqiy  o`rtayer  dengizi  hududida  bosqinchilik 

urushlariga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o`ynaydi. 

Er. avv. 853-yil Damashq podshosi Ben Xadad II va 

Isroil  podshosi  Axav  boshchiligidagi  birlashgan 

qo’shin Qarqara yonidagi jangda  Salmanasarni 120 

ming kishilik qo`shini hujumini  qaytardi. Er. avv. 

841-yilda  esa  Salmanasar  Damashq  qo`shinlarini  

yengadi va  shaharni qamal qiladi, lekin uni ishg’ol 

qila olmaydi. Er. avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya 


 

288 


Sharqiy o’rtayer dengizini bo’tsundirishga harakat 

qiladi, lekin bu yerda o’rnasha olmaydi. 

 Er. avv.    IX    asrning II yarmida Damashq 

podshosi Benxadad III   Isroilning Iordan daryosi  

ortidagi mulklarini qo’lga  kiritadi,  janubiy Falastinga 

ham kiradi va  yahudiyadan xiroj oladi. Damashq 

podshosi Benxadad   III   shimoliy Suriyani 17 

hokimini birlashtirib, ularni Orontdagi o’zining  raqibi 

Xamat  podsholigiga qarshi qo`yadi. Er. avv.  IX  asr  

oxirida beto’xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan  

Damashq Osuriya podshosi Adadnerari III qo’shinlari 

tomonidan bosib olindi. Osuriyaliklar bu yrda ulkan 

miqdorda temirni o’lja sifatida oladilar. 

 Sharqiy o’rtayer  dengizida   birinchilikni  da'vo  

qilgan qudratli davlatlar Tir-Sidon va Damashq  bilan  

bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud bo’lgan. 

Jumladan, Shimoliy  Suriyadagi Karxemish boy savdo 

hunarmandchilik  markazi  bo’lgan.  Xett   davlati  

yemirilgach, u mustaqil bo’ladi va xett tili, xett 

madaniy an'analarini saqlab  qoladi.  

 

Isroil-Yahudiya  davlatlari 

Er. avv. XII asrda Falastin hududida kelgindi 

ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar 

birlashib  12 qabila ittifoqini shakllantiradilar.  

Er. avv. XI asr boshlarida Falastinda temir 

qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar 

hukmronligi o’rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga 


 

289 


qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari 

Misrdan kelib o’rnashadilar.  Er. avv.  XIII asrda  o’n 

ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib  kirib, 

mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo`ysundirganlar. 

Yahudiy so’zi etimologik jihatdan «daryo  ortidagi 

aholi»  degan ma'noni bildiradi. Saylab qo’yiladigan 

yo’lboshchi-Shofetlar  (“Qozi”),  oliy  kohinlar 

vazifasini  bajarib,  qabila  ko’ngilli  qo’shinlariga 

boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari 

bilan shug’ullanganlar. Er. avv.  XI  asrning  oxirida  

yahudiy jamiyatida  ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy 

jamiyatga o’tish   yuz bergan. Saylab   quyiladigan  

yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho  hokimiyati 

shakllanadi.  Filimstyanlar  bilan  bo’lgan  janlar 

davomida podsho qilib Saul saylanadi.  U birinchi 

merosiy podsho bo’ladi. Saul Filistimlar bilan bir 

necha g’olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi 

urushda mag’lub bo’lgani uchun o’zini o’ldiradi. Er. 

avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi 

bo’lgan Dovud  Isroil  podshosi  bo’ladi.  Dovud 

markazlashgan  harbiy-byurokratik  davlat  tuzishga 

harakat qiladi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi 

davrida   markazlashgan  davlat tuziladi.  Bosib 

olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan.  

Mamlakatni   boshqarish uchun markaziy   davlat 

organlari tuziladi. Podsho kritlik va   filistimlardan  

o’ziga sodiq  yollanma  qo’shin tuzadi. Dovud faol 

tashqi siyosat  olib boradi. U filistimlar  bilan sulh  



 

290 


tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va 

janubiy  Suriya  oromiylarini  bo’ysundirib  davlat 

chegarasini Akab qo`ltig`iga olib boradi.  

Dovudning taxtini uning kichik o’g’li   Sulaymon 

(Er. avv. 970-930-yillar atrofida) egallaydi. Sulaymon 

davrida qurilish ishlari keng yo’lga  qo`yiladi. Uning 

davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga  ibodatxona 

quriladi.   Davlat hududi  12 okrugga bo’linadi. 

Ularning har biri  yilda  bir oy podsho saroyiga oziq-

ovqat   yetkazish  majburiyatini  olganlar.  Mehnat  

majburiyati  joriy  qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni 

dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa 

Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo’lib, aholiga 

ko’plab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Boshqa 

xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan. 

 

Sulaymon  podsholigining  so’nggi  yillarida 



shimolda  Damashq   podsholigi  kuchayadi. 

Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan 

10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib,  Isroil 

podsholigini tashkil  qiladilar. Uning poytaxti yangi 

qurilgan Samariya  shahri bo’lgan. Dovud sulolasi 

hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh 

qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala 

podsholik  ham  bir-biri  bilan  dushmanchilik 

munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya 

tashkil  qiladilar.  Yahudiyani  parchalanganidan 

foydalangan. Misr firavni Shishonk I er. avv. 926-

yilda Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni 



 

291 


bosib oladi. Er. avv.   VIII asri o’rtalaridan-VI 

asrlarida Sharqiy o’rtayer dengizi.  

 Er. avv.   I ming yillikda Falastinda savdo-

hunarmandchilik, dehqonchilik  rivoj topadi.  Tashqi 

savdo kuchayib, ortiqcha g`alla va boshqa mahsulotlar 

Tir shahriga  sotiladi. Yerga xususiy mulkchlik paydo 

bo’ladi. Er. avv.  VIII-VI asrlarda Falastinda quyidagi  

4 toifa mavjud bo’lgan: dunyoviy zodagonlar, diniy 

zodagonlar  (koxinlar,  payg`ambarlar),  yerli  xalq 

(erkin aholining asosiy qismi), begona  yurtliklar 

(kelgindi va ko`chib kelganlar), eng pastki pog`onada  

qullar turgan.  

Er.  avv.    VIII  asr    o’rtalarida  Osuriya,  (er.  avv.  

732-722 yillar) Damashq va Isroil  davlatlarini tor-

mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi 

Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga 

aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi 

kuchli qarshilik ko’rsatdilar. Yuz yil davomida Tir 

shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat 

qildi. Tirning shunday ikkinchi qarshiligini podsho 

Sinaxxeribni er. avv. 701-yilda bostirishi natijasida 

Tir shahridan boshqa barcha Finikiya shaharlari 

ajratib  tashlanadi.  Natijada  Tir-Sidon  podsholigi 

dengiz orti hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning 

g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer 

dengizi qirg’og’ida Osuriya   hukmronligiga chek 

qo’yadi.  


 

292 


Yahudiya podshosi Iosiya (er. avv. 640-609-

yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar Dovud 

va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi. 

Misr esa Frot daryosigacha bo’lgan yerlarni bosib 

olib,  er.  avv.  616-yilda  bobilliklarga  qarshi 

Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keladi. Bu 

vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada 

yetakchi davlatga aylanadi. Tir savdogarlari er. avv. 

VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning 

sharqi va Janubiy Arabistonga  suqilib kirdilar, 

Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo’rg’oshin 

tashiganlari ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida 

Yahudiyada monoteistik harakat boshlanadi. Yaxva, 

yagona xudo deb e’lon qilinadi.  

Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy o’rtayer 

dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga 

aylanadi. Er. avv. 609-yilda firavn Nexo II Megiddo 

yonidagi jangda Iosiya qo’shinlarini yenib, Yahudiya 

Misrga tobe bo’ladi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat  

oxir-oqibatda er. avv. 587-yilda Yahudiyani halokati, 

yahudiylarning  Mesopotamiyaga  asir  qilinib  olib 

ketilishi, butun Sharqiy o’rtayer dengizini Bobilga 

tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. Er. avv. 539-yilda  

axmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu 

hududda  forslar  hukmronligi  o’rnatiladi  va  

Ahmoniylar Quddus   uning atrofidagi hududlarga 

cheklangan muxtoriyatlar berdilar. 

 


 

293 


 

Sharqiy O’rtayer dengizi madaniyati 

Sharqiy o’rtayer dengizi hududini eng katta 

yutug’i alfavitli yozuvni yaratilishi edi. Er. avv. II 

ming yillikda  Sharqiy o’rtayer dengizi shaharlarida  

savdo-hunarmandchilik,  dengizchilikni  taraqqiyoti, 

barchani  qondiradigan savdo ishlarini  tez yuritishga 

imkon beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. 

Er. avv. XV-XII asrlardayoq Ugaritda o’ttiz belgili 

mixxat alfaviti qo’llanilgan. Finikiya alfaviti yanada  

takomillashgan tizim bo’lib yunonlar tomonidan qabul 

qilinib, keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga 

asos bo’ldi. 

Sharqiy o’rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat 

kuchlarini aks ettiradi. Har bir shaharni o’z homiy 

ma’budi bor edi: Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida 

Melek (“podsho”, boshqacha aytilishi Molox),  Tir 

shahrida Mel’kart (“shahar podshosi”), ayol ma’buda 

Astarta (Mesopotamiyada Ishtar).  Falastinda er. avv. 

VIII-VI asrlarda  monoteistik ta’limot keng tarqaldi. 

  Ugarit  va  Ebla  shaharlarida   hashamatli 

me'morchilik inshootlari  saroylari bunyod qilingan. 

Dengizchilik kemasozlik sohalari yuksak darajaga 

ko`tariladi.   Yog`och va toshdan   podsho va 

ma'budalar haykallari yasalgan. Er. avv. 600-yillar 

atrofida firavn Nexo buyrugi bilan finikiyaliklarni 

dengizchilik  tarixida  ilk  bor   Gibraltar  orqali  

Atalantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o’tishlari  


 

294 


buyuk kashfiyot edi.  Finikiyaliklar mohir kemasoz 

bo’lganlar.   Ularning kemalaridan misrliklar va 

boshqa Old Osiyo xalqlari keng foydalandilar. 

 

       Tayanch iboralar 

Tavr, Bibliya, Lazurit, Naramsuen, Megiddo, 

Quddus, Laxesh, Xalpa, Yamxad, Ugarit, Giksos, 

Filistim, Utika, Damashq, Benxadad III,   Dovud,  

Sulaymon, Xudo Yaxva, Axmoniylar, Finikiya, Ebla, 

monoteizm.  



 

Tavsiya etilgan adabiyotlar 

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.  «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 2004. 

Àâäèåâ Ý.  Êàäèìãè Øàðê òàðèõè. Ò.1964 é. 

Øèôìàí È.Ñ. Ôèíèêèéñêàÿ èñòîðè÷åñêàÿ òðàäèòñèÿ â 

ãðå÷åñêîé  è  ðèìñêîé   èñòîðèîãðàôèè.  (ïðîáëåìèú 

ïðîèñõîæäåíèå Ôèíèêèíÿí). Â. êíèã. Âîñòîê è ìèðîâàÿ 

êóëòóðà.  Ì. 1981 . ñòð. 103-106 

Øèôìàí È. Ñ.  Ôèíèêèéñêèå ìîðéèõîäè. Ì. 1965 . 

Áðåíòåñ Á. Îò Øàíèäàð äî Àêêàäà. Ïåðåâîä  Ñåì¸íîâà. Ì. 1976 

 

Asosiy sanalar 

Er. avv.  XIII-VII ming yilliklar Iyerioxon 

dehqonchilik va   chorvadorlar  

madaniyati 



 

295 


Er. 

avv.  


XIII-asr     

Falastinga  qadimgi 

yahudiy qabilalarining  

bostirib kirishi  

III ming yillikning II yarmi   Ebla davlati 

II ming yillikning II  yarmi    Ugarit shahar-davlati 

X-IX  

asrlar     



Tir-Sidon 

davlatining 

gullab-yashnashi  

IX  


asr       

Damashq podsholigining 

yuksalishi 

Er. 


avv. 

722-yil     

Osuriya  tomonidan 

Isroilni bosib olishi 

Er. 

avv. 


622-yil      

Yahudiya  podshosi  

Iosiyning diniy  islohoti 

Er. 


avv. 

587-yil     

Iyerusalimning Bobil 

tomonidan bosib olinishi 



  

          Mustaqil ish mavzulari 

Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`ining qadimgi etnik 

tarkibi, tabiiy sharoiti, geografiyasi 

Isroil va Yahudiya davlatlari 

Qadimgi Sharqiy o’rtayer dengizi  qirg`og`ining Old 

Osiyoda tutgan o’rni 

Qadimgi Sharq va Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`i 

xalqlari madaniyati muloqoti 



 

Reyting savollari 

1. Qadimgi  Sharqiy o’rtayer dengizi mamlakatlariga 

qaysilar kirishini ko’rsating? 


 

296 


A)    Suriya,    Osuriya,  Falastin                     B)  Suriya,  

Finikiya, Falastin 

S)  Finikiya,  Mesopotamiya                           D)  Osuriya,  

Finikiya 

E) Akkad, Shumer 

2. Falastinga eng qadimgi   aholi qachon kelib 

joylashgan? 

A) er. avv.  80-90 ming  yillar ilgari 

B) er. avv. 60-50 ming yil ilgari 

S) er. avv. 40-30 ming yil igari 

D) er. avv. 30-20 ming yil  ilgari  

E) er. avv.  20-10 ming yil ilgari   

3. Falastinda qadimda  qaysi qabilalar yashagan? 

A) akkad, osur, filimstim 

B) filimstim, yahudiy, xanaanlar 

S) lulubeylar, xurritlar, kassitlar 

D) amoriylar, liviyaliklar, nubiyaliklar 

E) xabiriylar, nubiyaliklar 

4. Falastin tarixi to’g`risida ma'lumot beradigan tarixiy 

manbani  ayting? 

A) bibliya                                       B) yevangeliya          

S) tavrot 

D) Ashshur arxivi                         E) Gezerdagi 

ibodatxona yozuvi 

5. Falastin aholisining etnik ola-quroqligini sababini 

ko’rsating? 

A) turli davlatlar bostirib kirib,   o’z aholisini 

joylashtirgani sababli 



 

297 


B) Osiyo, Afrika va Yevropaga boradigan karvon 

yo’li  ustida  joylashgani uchun  

S) turli qabilalar bu yerni o’zlashtirishda hamkorlik 

qilgani uchun  

D) Misr fir'avnlari turli qabila-urug`larni zuravonlik 

bilan olib kelganlari uchun 

E)  yuqoridagilarning barchasi 

6. Qadimgi Falastinda ilk shahar-davlatlar Gezer, 

Laxesh,  Megiddo,  Iyerusalim  qachon  paydo 

bo’lgan?  

A) er.avv.  IV   ming yillikda        B) er.avv.  III  ming 

yillikda  

S) er.avv.  II  ming yillikda          D) er.avv.  II   ming 

yillik oxirida  

E) eramizning  boshlarida  

7. Jezdan foydalanishni falastinliklar qachon kashf 

qilganlar? 

A) er.avv.   V ming yillikda  

B) er.avv.  III  ming yillikda  

S) er.avv.  II  yillikning boshlarida  

D) er.avv.   II  ming yillik oxirida  

E) er .avv. I ming  yillikda  

8. Falastinda bundan   III-V  ming yillar ilgari qaysi 

metall kashf etilgan? 

A) mis     B) jez      S)  qalay         D) temir        E) 

simob 


9.Sharqiy o’rtayer dengizi   aholisinig asosi til 

shoxobchasini ko’rsating? 



 

298 


A) semit                                B) Xamid  

S) oromey                             D) shumer              E) 

akkad 

10. Falastin  madaniyatining yutuqlari   nimada 



ifodalanadi? 

A) suyakka ishlov berishda  

B) harfli alfavit yaratilishida   

S) tasviriy san'at, arxitekturada 

D) aniq fanlarning yutuqlarida 

E) adabiyot, musiqa san'atida  

11. Yahudiy  qabilalari Falastinga qachon bostirib 

kirdilar?  

A) er.avv.   VIII  asrda   B) er.avv. XIV  asrda  

S) er.avv.  XV  asrda      D) er.avv.  XVIII  asrda  

E) er.avv.   IX  asrda  

12.Saul qaysi podsholiklar bilan kurashib Isroil 

podsholigini  tuzdi? 

A) semit-xamit                 B) Filimstim va moav 

S) Xanaan   va yahudiy         D) Xanaan va xurrit 

E) lulubey va yahudiy    

13.  Isroil-yahudiy  podsholigini  tashkil  qilgan 

podshoni ko’rsating. 

A) Saul                 B) Dovud 

S)    Sulaymon                D)    Rovoam                  E)  Tukulti-

Ninurte I 

14. Finikiya qadimda Sharqiy o’rtayer dengizining 

shimoliy va markaziy qirg`oqlarida  joylashgan davlat 


 

299 


edi, u qadimda  qaysi xo’jalik sohasining taraqqiy 

etgani bilan  mashhur edi?  

A) dehqonchilik va hunarmandchilikni  

B) dengiz  ishi va savdoni 

S) zargarlik  va metallurgiyaning ba'zi sohalarini 

D)  o’ziga xos  me'morchilik  va matematika 

sohalarini 

E)  adabiyot va musiqa san'atini 

15.Birlashgan  yahudiy  davlatining  poytaxtini 

ko’rsating. 

A) Quddus              B) Xevron               S) Gazo 

D) Gezer          E) Troya 

16.Qaysi  podsho  davrida  Isroil-yahudiy  davlati 

gullab-yashnadi?  

A) Sulaymon  davrida         B) Saul davrida  

S) Dovud davrida               D) Rovoam davrida  

E) Tukulti-Ninurti 1 davrida  

17.Er. avv. 722 yilda  Isroil-Yahudiy podsholigida 

qanday voqealar bo’lib o’tdi?  

A) Misr podshosi  Sheshonk  Falastinga bostirib kirdi 

B) Osuriya podshosi  Isroilni bosib oldi 

S) Sargon  II   27290   isroillikni  asir olib,  Osuriyaga 

olib ketdi.  

D) Yahudiy podsholigi  qayta tuzildi 

E) tangalar zarb qilindi. 

18. Finikiya va Suriyada o`troqlashuv jarayoni qachon 

boshlandi?  

A) er. avv.  VI-V  asrlarda  



 

300 


B) er. avv.   IV  ming yillikda   

S) er. avv.   IV-V ming yillikda 

D) er. avv III  ming yillikda      

E) er. avv.  II ming yillikda   

19. Suriya va Finikiyaning  eng qadimgi aholisi? 

A) xurritlar edi                       B) semitlar edi 

S) amoriylar  edi                   D) somiylar  edi             

E) filimstimlar edi 

20. Er. avv.  II  ming yillik oxirlarida  Suriya va  

Finikiya qaysi davlatga tobe bo’lib qoldi?  

A) Bobilga      B) Misrga 

S) Xettlarga         D) Osuriyaga   E) Xitoyga 

21. Er. avv.  IX  asrda Finikiyada  xo’jalikning qaysi 

sohasi kuchli rivojlandi?  

A) kulolchilik, chorvachilik                                    B) 

dehqonchilik, vinochilik 

S) kemasozlik, savdo                                               D) 

harbiy soha 

E) kulolchilik uzumchilik 

22. O’rtayer dengizi  sharqida joylashgan  o’lkalar 

qaysilar? 

A) Damashq, Falastin      B) Suriya, Finikiya 

S)  Finikiya,  Yamxad                D)  Isroil,Midiya              E)  

Finikiya, Midiya 

23. Sharqiy o’rtayer dengizi   qirg`og`i mamlakatlari 

qadimgi  tarixiga oid muhim manba qaysi? 

A) payg`ambarlar kitobi 

B) bibliya 



 

301 


S) qadimgi yahudiy badiiy mifologik adabiyoti 

D) 


Gerodot 

«Tarix»i    

E) tavrot 

24. Er. avv. IX asrda finikiyaliklar asos solgan 

shimoliy Afrikadagi  eng qudratli shahar?  

A) Utika                         B) Karfagen 

S) Gades        

D) Ebes             

E) Ugarit 

26. «Geografiya» asarining  muallifini ko’rsating? 

A) Gerodot                   B) Ksenofont 

S) Pompey Trog                 D) Diodor          E) Strabon 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Arabiston yarim orolining  qadimgi davlatlari 

 

 

Geografik o’rni, iqlimi va aholisi 

Arabiston Osiyodagi  eng katta yarim orol bo’lib, 

3 mln. kv.km. hududni egallaydi. Uni g`arbda  Qizil 

dengiz, sharqda Fors va Ommon    qo’ltiqlari  suvi,  

janubda Adan  qo’ltig`i va Arabiston dengizi yuvadi. 

Arabistonning  bepoyon yerlari  asosan sahrolardan 


 

302 


iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli 

tabiiy boyliklarga boy.  Qadimgi  Sharqda o’zining 

ziravorlari  va xushbo’y   moylari  bilan  mashhur 

bo’lgan. Ziravor  va xushbo`y moylardan  qadimda 

kosmetika   va   parfyumeriya, tibbiyotda, diniy 

marosimlarni bajarishda  foydalanilgan.  Arabistonni 

o’rab turgan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va 

qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, 

qalay, mis  va surma kabi   xomashyolar bor. Janubiy-

g`arb  va janubiy-sharqda   qadimda oq marmar, 

oniks,  alebaster,  qimmatbaho  toshlar:  zumrad, 

berulliy, feruza,  va tuz qonlari bor edi.  

Arabiston yarim oroli orqali   qadimda xalqaro 

savdo yo`llari  o’tgan. Bosh savdo yo’li  «Xushbuy 

moy yo’li»  deb atalgan. Arabistonning  janubiy-

sharqi, sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`iga   ikki 

yo’nalish bilan: biri Gazo va  Ashdad, boshqasi, Tir va 

Damashqqa yo`nalgan, yana bir savdo    yo’li  janubiy 

Arabistondan  janubiy  Mesopotamiyaga  borgan. 

Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors qo’ltig`i dengiz 

yo’li orqali  Arabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston 

bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. 

Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit 

davriga   borib taqaladi. Mezolit va neolit (er.avv. X-

V  ming  yilliklar)ga  oid  yodgorliklar  mavjud. 

Arabiston yarim orolining   er.avv. IV-III-ming 

yilliklardagi  aholisi to’g`risida  aniq ma'lumotlar 

yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Melukka (ba'zi 


1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling