Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Qadimgi Arabiston tarixi  manbalari va


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53

Qadimgi Arabiston tarixi  manbalari va 

tarixshunosligi 

Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid 

manbalar  to’rt asosiy qismdan iborat:  epigrafik 

ma'lumotlar,  ashyoviy yodgorliklar, yozma manbalar,  

antik mualliflar ma'lumotlari. 

Janubiy  Arabistonning    tosh, jez, sopolga 

yozilgan va o’z mazmuniga ko’ra, ikki guruhga 

bo’linadigan   davlat hujjatlari (podsho farmonlari,  

podsholarning harbiy va   ichki siyosatiga oid 

yozuvlari)  va xususiy  huquqiy  qabrtosh lavhalari,  

sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan  2500 tasi  

saqlanib qolgan.  

 Arxeologik  qazishlar  bizga  boy  ma'lumotlar 

beradi. Sana podsholigining    bosh shahri Marib  

xarobalari (Yaman Arab respublikasi poytaxti Sanaga 

yaqin joy)  o’rganilgan. Shaharda  saroy qoldiqlari, 

devorlar,  haykallar topilgan.  Shaharning g`arbidagi 


 

304 


ulkan Marib to`g`oni  qoldiqlari  kishini hayratga 

qoldiradi.   Kataban   poytaxti   Timna   shahrini  

ibodatxonalari,   nekropol,  qal'a  qoldiqlari  qazib  

ochilgan.   Nabatey   podsholigi  poytaxti  Petra  

shahrida me'morchilik inshootlari,  haykallar topilgan.   

Bundan  tashqari,  Arabiston  va   arablar 

to’g`risidagi  qisqa ma'lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, 

Eron manbalari   va   bibliyada uchraydi. Antik 

tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning   «Tarix» 

asarida, Feofrastning  (er.avv.  IV  asr) «O`simliklar 

tarixi», Diodorning   (er.avv.   I asr) «Tarixiy 

kutubxona»  va     Strabonning  (er.avv.  I  asr)  

«Geografiya» kabi asarlarida   qadimgi Arabiston 

to’g`risida qator  ma'lumotlar bor.    

Arabiston tarixi    XIX  asrdan  o’rganila 

boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar o’rganildi.   XX  

asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda  Arabiston 

xalqlarining  geografiyasi,  madaniyati,  dini  va  

xronologiyasiga   bag`ishlangan  qator   tadqiqotlar  

e'lon qilindi.  

Shimoliy  Arabiston  qabilalari  qadimgi 

mashg`ulotlari  Shimoliy  Arabiston,  Suriya  va  

Mesopotamiya cho`llarini   qamrab  olgan keng 

hududda  chorvachilik bo’lib,  it, eshak, yirik shoxli 

qoramollar boqilgan.  

 Bu   hududda  yashagan  urug`  va  qabilalar, 

qabilalar ittifoqi va kichik  davlat birlashmalarini 

shakllantirganlar.   Ularni  hokimlari   Osuriya 



 

305 


hujjatlarida  «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat 

birlashmalari   sekin-asta   harbiy san'atni   va 

qo’shinlarni  shakllantiradilar.  Jangchilar tuyaga  ikki 

kishidan minib,   jang qilganlar. Arablar o’zlarining  

kuchli  qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi 

qirg`og`ining   kichik davlatlari  va  Osuriya  bilan  

xalqaro ziddiyatlarga  tortilganlar. 

Er.avv.  IX  asr o’rtalarida er. avv. 853-yilda 

Karkara yonidagi  bo’lgan jangda osuriyaliklar arablar 

ham kirgan   koalitsiya qo’shinlarini   tor-mor 

keltiradilar.   Arablar   Osuriyaning   Misrga qarshi  

yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha arab 

qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundiriladi. Arablar  

Osuriyaning raqiblari  Misr va Bobil bilan ittifoq 

tuzadilar. Osuriya er. avv.  VII  asrning 40 yillarida  

arab qabilalarini   to’liq bo`ysundirishga   erishadi.  

Yangi Bobil podsholigi ham  Arabiston yarim orolida   

o`rnashib olishga uringan. Bobil podshosi  Nabonid  

shimoliy  Arabistonning   bosh  markazlaridan  biri   

Teymuni bo1ysundirib,   uni   o’z qarorgohiga 

aylantiradi,    bir necha  qo’shni arab qabilalarining  

shahar va vodiylarini o’ziga bo`ysundiradi. Er.avv VI 

asrda Eron davlatining qudratini  kuchayishi va  uning 

bosqinchilik  yurishlarini  rejasi  Arabiston  yarim 

orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan 

aloqa o’rnatishiga olib keladi. Shartnoma bo`yicha  

fors podshosi  Kambiz  er.avv. 525-yil Misrga yurish 

vaqtida arab  nabateylari  yeridan  o’tish huquqini  va 



 

306 


sahroda  o’tish davrida  ulardan  fors qo’shinlarini  

suv bilan ta'minlashga roziligini oladi. Arab qabilalari  

axmoniylar     Eroniga  bir yilda ming  talant (30 t.) 

miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar 

davrida  fors qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular  

yunon – fors urushlari davrida  (er. avv. IV asr) Gazo 

shahri uchun   jangda yunon-makedon qo’shinlariga  

qattiq qarshilik ko’rsatganlar.  Iskandarning Misrga 

yurishi  davrida  arab  qabilalarining  ko’pchiligi   

yunon-makedonlarga  bo’ysunmaydi.  Shu  sababli 

Iskandar  sharqqa  yurishini  tugatgach,   unga 

bo`ysunganliklarini   bildirib,  elchi  yubormagan 

arablarga qarshi  yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar 

Rim davlati bilan ham  aloqada bo’lganlar. Rimliklar 

er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga 

urinadilar va Nabatey avlatini bosib oladilar.    

 

Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari 

 Arabiston yarim oroli  janubi va janubiy-

g`arbida (ozirgi  Yaman Arab respublikasi va Yaman-

arab demokratik respublikalari hududlari) qadimda er. 

avv. X-IX asrlarda  bir necha davlatlar vujudga 

kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari  Isil  va Karnava 

bo’lgan  Main davlati  tashkil topgan.   Maindan 

janubroqda markazi  Marib shahri bo’lgan  Saba, 

undan janubroqda poytaxti Timna  bo’lgan Kataban, 

Katabandan janubroqda   Ausan davlati, sharqroqda  


 

307 


markazi  Shabva  bo’lgan Xadramaut  davlatlari bor 

edi.  


  Qadimgi  Yaman  davlatlari   er.avv.   IX-VIII  

asrlarda shakllana boshlaydi. Er. avv.  VI-V  asrlarda 

Main, Kataban, Saba va  Xadramaut   o’rtasida 

yetakchilik uchun kurash boshlanadi.  Saba, Kataban  

va Xadramaut dastlab  Ausanga  qarshi birlashib 

kurash boshladilar. Natijada Ausan   Katabanga 

qo’shib olinadi. Main davlati  Kataban va  Sabaning  

tazyiqiga   zo`rg`a   bardosh beradi. Er.avv.   III-I  

asrlarda Kataban  Arabistondagi eng kuchli davlatlar  

Saba, Xadramaut tomonidan  bo’lib olinadi. Er. avv I 

ming yillikda eng qudratli Saba podsholigi edi. Sabani 

gullab-yashnagan  davrida  uning  hududi  Qizil 

dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan 

Hind okeanigacha cho`zilgan.  Bu davlat Yaqin Sharq 

bilan yaqin aloqalarni o’rnatadi. 

Er.avv. II asr oxirida  shu vaqtgacha  Kataban 

tarkibida   bo’lgan   poytaxti   Zafar bo’lgan yangi  

Ximyarit davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Eramizning  

IV asr boshlarida  Ximyarit davlati   butun  janubiy 

Arabistonga o’z  hukmronligini o’rnatgan. 

 Er.avv. 1 ming yillik o’rtalaridan eramizning I 

ming yillik  o’rtalarigacha  Arabiston   juda serqatnov 

savdo aloqalarini Yunoniston, ptolomeylar Misri,  va 

Rim imperiyasi bilan olib boradi. Ximyarit davlati 

davrida  janubiy Arabiston va Efiopiya o’rtasida urush 

va tinchlik munosabatlari hukm surgan. 



 

308 


 Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi 

navbatda sun'iy sug`orishga asoslangan  dehqonchilik 

va   ko`chmanchi chorvachilik bilan belgilangan. 

Marib to`g`oni   (uzunligi 600 metr, balandligi 15 

metr)  er.  avv    VII  asrda  qurilgan  va  o’n  uch  asr  

davomida mavjud bo’lgan. G`alla, poliz ekinlari, 

xurmo o`stirilib, yirik, mayda chorva mollari va tuya 

boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov 

berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, 

kulolchilik, to`quvchilik va teriga ishlov berish yuqori 

darajada rivojlangan. 

Er. avv. I ming yillikda janubiy Arabiston 

iqtisodiyotini  tushkunlikka  uchrashiga  bir  necha 

omillar sabab bo’lgan. Ulardan biri   yunonlar, 

misrliklar va forslar bevosita Hindiston bilan aloqa  

o’rnatdilar. Endilikda quruqlikdagi savdo yo’lidan 

ko’ra dengiz yo’li yetakchi o’rinni egalladi  Ikkinchi 

omil mavjud sun'iy sug`orish tizimlarini yemirilishi, 

iqlimni o’zgarishi bilan hosildor yerlarni sahroga 

aylanishi bo’ldi. Ichki va tashqi   urushlar  janubiy 

Arabiston davlatlarini tushkunlikka olib keldi.  

 

 



Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti 

Er. avv. II ming yillik o’rtalarida Mina, Saba va 

Kataban  qabilalari  ittifoqi  shakllana  boshlagan. 

Eramizdan avvalgi   I ming yillik boshida  ishlab 

chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy 


 

309 


tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga 

to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron 

siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish 

vositasi bo’lgan  yer  qishloq va shahar jamoalari 

qo’lida edi.  Asosiy  xo’jalik bo’g’ini  patriarxal oila  

(yoki katta oilali jamoa) bo’lgan. 

Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi.   

Qullar urushlarda asir olish   va sotib olish orqali  

paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish  zaif bo’lgan.  

Ilk  jamiyatlarning  paydo  bo’lishi  qabila 

ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy 

Arabiston  davlatlari   siyosiy  tuzulishini   Saba  

podsholigi  misolida  ko`rish  mumkin.  Saba 

podsholigini  6 qabila tashkil etgan. Uning  3 tasi  

qaram ahvolda edi. Har bir qabila  katta shoxobchaga, 

u  kichik   va yana alohida   urug`larga bo’lingan. 

Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil 

qilgan   kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. 

Qabilalarda oqsoqollar  kengashi  bo’lgan  bo’lishi 

mumkin.  

Imtiyozli qabilalar   zodagon urug`lardan  ma'lum 

muddatga   (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) 

davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni  

saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan   bogliq 

koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va 

astrologik taqvim nazoratlarini   va yer-suvdan 

foydalanishni  tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini  

boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan. 



 

310 


Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy 

hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan  olib borilgan. 

Ular 30 yoshdan  mansabga chiqib vakolat muddati 

tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan.  

Er. avv.   III-II asrlargacha   Saba podsholigini  

boshqaruv ishlari va   ijroiya hokimiyatiga   ega 

bo’lgan mansabdor shaxslar   mugarriblar bo’lgan. 

Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar  

(qurbonliklar  keltirish,  diniy  ovqatlanish 

marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining 

qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini 

e'lon  qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari 

xususiy  mulk  chegaralarini  aniqlash  va  boshqalar  

kirgan.  Mugarrib   mansabi merosiy bo’lgan. Urush 

davrida   mugarriblar  ko`ngillilarga  boshchilik 

qilganlar  va vaqtinchalik  unvon-malik,  ya'ni podsho 

unvoniga  ega bo’lganlar.  Mugarriblar  asta-sekin o’z 

qo’llarida  butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er. 

avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga 

aylanganlar.  

Saba  podsholigini  oliy  organi  oqsoqollar 

kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari 

kirgan.  Oqsoqollar  kengashi  sakral,  qonun 

chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini 

bajarganlar. Boshqa janubiy  arab qabilalari ham 

shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.  



 

311 


Qadimgi Arabiston madaniyati 

 Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng katta 

yutuqlaridan biri   yozuvning   alfavit tizimini 

yaratilishidir. Bu yozuv  farazlarga ko’ra  finikiya 

protosinay (Sinaydan topilgan   yozuvlarga ko’ra) 

alfavitlaridan kelib  chiqqan.  Shimoliy  Arabiston 

aholisi nabateylar ham oromiy yozuvlariga o’xshash  

o’z  alfavitlarini yaratadilar.  

Monumental   me'morchilik  sohasida  katta 

yutuqlarga  erishilgan.  Marib,  Timna,  Shabva  va  

Karnava  shaharlari xarobalariga ko’ra,  shaharlar 

to’g`ri to’rt burchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 

metrli tosh devorlar bilan o’rab olingan. Shahar 

devorlarida  kvadrat  shaklida  minoralar  bunyod 

qilingan.  Petra shahri  qoyatosh  bag’rida bunyod 

qilinib,  uning  inshootlari  qoyalarda  qurilgan. 

Alebaster,  jez  va  loydan  haykallar  yasalgan. 

Hayvonlar (ho`kiz, tuya, ot) tasviri dinamik va ifodali 

tasvirlangan.  

Arabiston yarim oroli dini  politeistik  xarakterda 

bo’lgan. Janubiy Arabistonda  bosh xudo Astar 

bo’lgan. Saba qabilalarida Almakaxon oy xudosi 

hisoblanib,  unga ho`kiz qurbonlik keltirilgan. Osmon, 

quyosh va bir necha sayyoralarga ham e'tiqod 

qilingan. Nabateylar    Ilaxu yoki Alloh («xudo»),  

Dusharg (chaqmoq xudosi, dunyo boshqaruvchisi)ga 

sig’inganlar.  

                            


 

312 


Tayanch iboralar 

Qizil dengiz, fors, Omon qo’ltig’i, Adan, 

«Xushbo`y   moy yo’li», Ashdod, Tir, Damashq, 

Afina, Xindiston, Magan, Petra, Melukka, Nabatey, 

Yaman,  Astar,  Lot, Kataban, Karnava, Marib, 

Osuriya, Mugarrib, zafar, Timka, Marib to’g’oni, 

Saba.  

   


         Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

    Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.   «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 

2004. 


Ëóíäèí  À.Ã. "Ãîñóäàðñòâî Ìóêàðèáîâ Ñàáà" Ì.1971  

"Èñòîðèÿ äðåâíåãî Âîñòîêà". Ì. 1988. 230-241 ñтр. 



                       

                  Asosiy sanalar 

Er. avv. IX-VIII  

asrlar   

janubiy 


Arabistonning ilk davlatlari  

paydo bo’lishi 

Er. avv. VI-IV  

asrlar    

Saba 

podsholigining yuksalishi  



Er. avv. II  

asr     


Ximyarit  

podsholigining yuksalishi 

 

          Mustaqil  ish  mavzulari 

Qadimgi Arabiston yarim orolining siyosiy tarixi 



 

313 


Qadimgi Arabiston madaniyati 

 

               Reyting savollari 

1. Arabistonning  qadimgi Sharqda mashhur bo’lgan 

mahsulotlarini ko’rsating? 

A)  ziravorlar,  xushbo`y    moylar                 B)  tilla  

taqinchoqlar, xurmo 

S)  kemasozlik  yog`ochi,  otlar.                      D)  qurollar,  

ziravorlar 

E) ip gazlama, bo`yoq 

2. Qadimgi  Arabistonda mavjud qazilma boyliklarini 

ko’rsating? 

A) mis, jez, neft       B) toshko`mir, ohak,  mis 

S) oltin,  mis            D) surma, temir, kumush     E) B  

va D 


3. Arabistonning markaziy va shimoliy  viloyatlarida 

yashagan qabilalarni toping? 

A) main, ausan           B) nabateylar, samudlar.  S) 

semitlar, saba 

D) Kataban, Saba       E) palaylar, mina 

4. Arabiston yarim orolida  ilk davlatlar  qachon 

paydo  bo’lgan? 

A)  er.  avv  III  ming  yillikda          B)    er.  avv  II  ming  

yilikda  

S) er. avv.  V   asrda                 D) er. avv  X-IX  

asrlarda      

E) er. avv.     VIII-VII  asrlarda  



 

314 


5. Arabiston yarim orolidagi eramizdan avvalgi  I 

ming  yillikda  mavjud  bo’lgan  eng  qudratli 

davlatlar?  

A) Saba podsholigi, Ximyarit     B) Main,   Ausan 

S) Marib, Zafar                           D) Nabateylar, Mina       

E) Lidiya, Sudan 

6. Janubiy Arabistondagi davlatlarni gullab-yashnashi 

sabablarini ko’rsating? 

A) qulay geografik joylashuv,  xalqaro vositachilik 

savdosi 


B) qishloq xo’jaligi sohalarini rivojlanishi 

S)   sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilikni 

mavjudligi 

D) yirik davlat birlashmalari ittifoqini tuzilishi 

7. Er. avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolidagi 

qabilalar ittifoqining joylashuvini aniqlang? 

A) saba, mina,  midianitlar     B) saba, mina  

S) saba, midianitlar                D) semit, kassit      E) 

mina, kassit 

8. Arabiston yarim oroli orqali qadimdan xalqaro 

savdo yo`llari o’tgan. Bosh savdo yo’li qanday 

atalgan? 

A) «xushbo`y  moy yo’li»      B) buyuk ipak yo`li 

S) arab savdo yo’li                 D) katta shoxobcha 

E) savdogarlar yo’li 

9. Arabistonning   shimolida joylashgan   Main 

davlatini  bosh shaharlarini ko’rsating? 


 

315 


A)  Chasil,  Karnava        B)  Marib,  Karnava          S)  

Damashk, Koxira 

D) Gazo, Jidda           E) Ausan, Kataban 

10. Qadimgi Arabiston tarixiga oid davlat hujjatlarini  

ko’rsating? 

A) podsho farmonlari            

B) qabr tosh lavhalari 

S) podsholarning  ichki va tashqi siyosatiga oid 

hujjatlari 

D) sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlar            

E) A  va S 

11. Qadimgi Arabistondagi Saba  podsholigining bosh 

shaxrini belgilang? 

A) Marib        B) Petra          S) Timna  

D) Kataban     E) Xadramavt 

12.Qadimgi Arabistondagi Petra shahridan   topilgan   

tarixiy obidalalarni ko’rsating? 

A) to`g`on qoldiqlari, saroylar   B) me'morchilik 

inshootlari, haykallar 

S) devorlar, haykallar                D) ibodatxonalar, 

sog`onalar       

E) Petradan obidalar topilmagan. 

13.Arabiston tarixini o`rganish qachondan boshlandi?  

A)  XX  asrdan    B)  XIX asrdan          S)  XVIII  

asrdan  

D)  XVII   asr oxiridan           E)  XX  asrning 20-

yillaridan  


 

316 


14. 

Qadimgi Arabiston xalqlarining geografiyasi dini, 

va xronologiyasiga oid tadqiqotlarni   amalga 

oshirgan davlatlarni ko’rsating? 

A) Belgiya,           B) Fransiya,          S) AQSH 

D) Italiya              E) A, B va S 

15. Qadimgi Arabistondagi  kichik davlatlar hokimlari  

Osuriya hujjatlarida  qanday atalgan?  

A) fir'avn        B) oqsoqol       S) podsho    D) vazir      

E) koxin 

16.Eramizdan  avvalgi  853- yilda  Karkar yonidagi  

jangda  qaysi xalqlar to`qnashdi? 

A) Osuriyaliklar, arablar   B) xettlar, arablar 

S) arablar, misrliklar         D) yunonlar,  hindlar E) 

yunonlar, xitoylar 

17. Osuriya arab qabilalarini  bo`ysundirgan sanani 

aniqlang. 

A) er.avv. VI asr                                 B) er.avv. IV 

asrning 20 yillari 

S) er.avv. VII asrning 40 yillari          D) er.avv. II asr 

E) er.avv. III asr oxirlari 

18.  Qadimgi  Arabistonning  markazlaridan  biri 

Teyshuni  bo`ysundirib,   uni  o’z  qarorgohiga  

aylantirgan yangi Bobil podshosi kim?  

A) Kambiz            B) Nabonid          S) Hammurapi   

D) Tutmos III       E) Exnaton 

19. Qadimgi Arabiston yarim orolining  tarixiga oid  

manbalarni ko’rsating ? 

A)  epigrafik ma'lumotlar               B) ashyoviy dalillar 


 

317 


S) yezma manbalar                         D) antik mualliflar 

asarlari 

E) barcha javoblar to’g`ri 

20.  Qadimgi  Arabistonda  hunarmandchilikning  

rivojlangan sohalarini ko’rsating ? 

A) metallni qayta ishlash.       B) kulolchilik  

S) tikuvchilik                          D) teriga ishlov berish 

E) barcha javoblar to’g`ri 

21. Qadimgi Arabistonda sinfiy tengsizlik  qachon 

kuchaydi? 

A) er.avv. I ming yillik boshlarida  

B) er.avv. I ming yillik oxirlarida  

S) er.avv. II ming yillik  boshlarida  

D) er.avv. II ming yillik oxirlarida  

E) er.avv.  VII –VI  asr oxirlarida  

22. Qadimgi Arabistonda Saba podsholigini necha 

qabila tashkil qilgan qabilalarning soni?  

A) 5 ta             B) 2 ta              S) 6 ta             D) 7 ta          

E) 3 ta  

23.Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng katta 

yutug`ini ko’rsating ? 

A) shishani kashf qilinishi                  B) yozuvning 

alfavitli tizimini yaratilishi 

S)  musiqa  asbobini    kashf  qilinishi          D)  dori-

darmonlarni ishlatilishi 

E)  savdoda  bojning   joriy etilishi 

24. Janubiy Arabistondagi bosh xudoni belgilang. 

A) Ilaxu yoki Olloh 



 

318 


B) Dushara                       S)  Almakahon 

D) Astar                           E) Manu 



«Karfagen er. avv.  IX-III asrlarda» 

 

 

Karfagen tarixining ilk davri 

Eramizdan avvalgi II-I ming yilliklar oralig`ida 

finikiyaliklar  G`arbiy o’rta-  yer  dengizida  ilk 

koloniyalarini barpo qila boshlaydilar. Er. avv.   I   

ming yillik boshlaridagi   Finikiyaning Ispaniyadagi   

koloniyalari  Gades, Afrikadagi  Utika shaxarlari yirik  

savdo-hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Ammo  

Finikiyaning barcha koloniyalari ichida Tir shahri 

Shimoliy Afrikada Karfagen yeki Karxemish yangi 

shahar edi (eramizdan avvalgi  825  yoki 814 yil barpo 

qilingan) iqtisodiy jixatdan yuqori darajada taraqqiy 

qilgan va   siyosiy   qudratga erishgan.O’rtayer 

dengizida savdo va dengiz yo`llari kesishgan qulay  

joyda joylashgan  Karfagen asta-sekin boyiy boshladi. 

Dastlab ko`chib   kelganlar yersizlikdan qiynalib, 

mahalliy axoli yerlarida yashash huquqi uchun  pul 

to’lashga majbur bo’lganlar. Shahar boyib borishi 

bilan uning atrofidagi  yerlar mahaliy  aholidan sotib 

olina  boshlanadi yoki bosib olinadi.  

 

Karfagen  G`arbiy o’rtayer dengizidagi   


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling