Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi


Finikiya  koloniyalarini markazi


Download 1.87 Mb.
Pdf просмотр
bet19/53
Sana08.12.2019
Hajmi1.87 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53

Finikiya  koloniyalarini markazi 

 

319 


Er. avv.  VII  asrdan boshlab Karfagen tarixida 

ikki yuz yilga yaqin  davom etgan yangi davr 

boshlanadi. Bu davrda Karfagen  shahri  G`arbiy 

o’rtayer  dengizidagi   Finikiyaning   boshqa 

koloni,yalarining  markaziga  aylanadi.  Finikiya 

koloniyalariichida Karfagenning yetakchi bo’lishining 

bir qancha  sabablari bor edi. 

1. Finikiyaning     Osuriya va Eronga qaram 

bo’lishi  natijasida   metropoliya   bilan  siyosiy  

aloqalarni zaiflashuvi. 

2. Yunonlarni janubiy Italiya va G`arbiy o’rtayer 

dengizini faol  kolonizasiya kilishi  tufayli  ularni 

foydali  xalqaro savdo va dengiz  yo`llarida  hukmron 

bo’lish xavfi.  

3.G`arbiy  o’rtayer  dengizidagi  Finikiya  

koloniyalarini ichki taraqqiyotini ma'lum  darajada 

koordi  nasiya  qilish  va  hamkorlikni  kuchaytirish  

extiyoji. 

 Eramizdan avvalgi  VII   asr  o’rtalarida Karfagen 

Shimoliy Afrikadagi   rivojlangan hunarmandchilik 

markazi,   Markaziy  o’rtayer  dengizining  ko’p  

havzalarini savdo  munosabatlari bilan bog`lagan eng 

yirik  Finikiya  koloniyasi bo’lgan. Shahar xududi  va 

aholisi  tez o’sib  ketadi. Karfagenning qulay  tabiiy  

gavani  kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish 

xisobiga  kengayadi.  

Karfagen  shahar-davlat  doirasidan chiqib faol 

tashqi siyosat olib   boradi. U G`arbiy o’rtayer 



 

320 


dengizining boshqa qismlarida o’z koloniyalarini 

barpo   qila boshlaydi. Shu bilan birga  bu yerda  

mavjud bo’lgan Finikiya  koloniyalari ustidan  o’z 

homiyligini  o’rnatadi.  Karfagenning  Afrikadan 

tashqaridagi birinchi koloniyasi Ispaniya  yaqinidagi 

Pitius  orollaridagi  Ebes (er.avv.  VII  asr  o’rtalari) 

bo’lgan.  Ebesni  tayanch  nuqta  qilgan  holda  

Karfagenni Ispaniyaga kirishga   yo’l bermayotgan 

Finikiya koloniyasi   Gadesni  tor-mor qilib er.avv.  

VII-VI    asrlarda    Karfagen     Pireney    yarim  oroli    

janubiga  o’rnashadi. Yunonlar Karfagenni Ispaniya 

sharqiy   qirg`og`ida o’rnashib qolishiga   yo’l 

bermadilar. Karfagen Sisiliyada faol harakat qilib, 

orolning g`arbidagi    Finikiya koloniyalarini  o’z 

nazorati ostiga oladi. Karfagen    eramizdan avvalgi  

VI  asr  o’rtalariga  kelib   Ispaniyadagi mulklari  bilan 

janubiy Sisiliyaning g`arbi,  Pitius   orollari   va  

shimoliy Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat 

birlashmasi markaziga aylandi.  

Karfagen er.avv.  VI    asr oxirida Yaqin Sharqda 

o’zgargan xalqaro  ahvoldan yaxshi foydalandi.  Bu 

vaqtda   Old Osiyoda o’tmishda   qudratli bo’lgan  

Osuriya,  Misr kabi  davlatlar zaiflashib qoldilar. 

Yangi  qudratli davlat ahmoniylar Eroni butun Old 

Osiyoda va Shimoliy Afrikada o’z  ta'sirini  o’tkaza 

boshlaydi. Karfagen ahmoniylar Eroni bilan aloqa 

o’rnatdi.  Bu aloqa Karfagen  uchun noqulay bo’lsada, 

lekin Karfagen Sisiliya va  uning janubiy   qismini



 

321 


janubiy  Italiya, Korsika va Sardiniyani  yunon 

shaharlariga karam bo’lishiga qarshi faol siyosat olib 

borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eramizdan   avvalgi   

VI   asr  o’rtalarida Karfagen  Markaziy Italiyadagi 

etrusklar bilan do’stona  shartnoma tuzdi. Er.avv. 535  

yilda   Karfagen  –  etrusklarning  birlashgan  floti  

Korsika yonidagi  Alali jangida yunon flotini  yanchib 

tashlaydilar. Karfagen  Sardiniya janubini egallashga 

muvaffaq bo’ldi. Natijada Yunonlarning Ispaniyaga  

ta'siri  kamaydi. Er.avv.  V   asrda Bolqon yarim 

orolida   yunon  shahar-davlatlarining   zaiflashuvi  

natijasida   Kichik Osiyoning   g`arbidagi   barcha  

yunon   shahar-davlatlari   Ahmoniylar Eroni ta'siri  

ostiga tushib   qolganlar.  Ahmoniylar  Yevropa 

tomon yurish qilib,   Bolqon yarim oroliga ham  

bostirib  kirdi.  Er.  avv.  V  asrda  Eronning  

Yunonistonga  bostirib  kirishidan  foydalangan 

Karfagen   qulay paytni poylab Sisiliyadagi yunon  

shaharlariga   hujum   qildi.   Hujum muvaffaqiyatsiz  

chiqdi oqibatda Karfagen   Sisiliyaning g`arbida 

o’zining bir necha shaharlarini zo’rga saqlab qoldi.  

 

Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi 

Karfagenning    gullab-yashnagan  davri 

eramizdan avvalgi  V   asr o’rtalaridan- eramizdan 

avvalgi  III  asr o’rtalariga to’g`ri keladi. Sisiliyadagi 

yurishlarda  mag`lub  bo’lgan  Karfagen  o’z  tashqi  

siyosatining asosiy yo’nalishini  Shimoliy Afrikaga 



 

322 


qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va  Jazoir qirgoqlarini 

va  bu  hududlarning  ichki  xosildor  yerlarini  

kolonizasiya  qila boshladi. Karfagen dengizchilari 

Mavritaniya,  Marokkoning  Atlantika  okeani 

qirgoqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgoxlarga asos 

soldilar. Er avv VII asrda Karfagen dengizchisi 

Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz 

ekspedisiyasi  bilan Atlantika qirgoqlarini tekshirdi. 

Afrikada  katta-katta  xududlarni bosib  olinishi, 

Ispaniya janubidagi Sardiniya  orolidagi va Sisiliya 

garbidagi  koloniyalar Karfagenni ko’p sonli axoliga  

ega  bo’lgan iqtisodiy va siyosiy  jihatdan qudratli  

katta imkoniyatlarga ega imperiyaga  aylantirdi.  O’z  

savdogarlarini ximoya qilish, muxim savdo yo’llarini   

o’z qo’lida  saqlab turish uchun Karfagen boshqa 

davlatlar bilan o’nlab shartnomalar tuzdi va faol 

tashqi siyosat  yuritdi. Bu  Karfagenning  g`arbiy 

o’rtayer dengizi havzasida  uzoq vaqt  yetakchi o’rinni  

egallashiga qulay shart-sharoitni   yaratdi.     

 

Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 

(er. avv.  V-III asrlar) 

Er. avv. V-IV   asrlarda Karfagen o’rtayer 

dengizidagi   vositachi savdoning   markazi edi. 

Karfagen orqali Sharqiy o’rtayer dengizining turli  

viloyatlariga, yunon shaharlariga,  va Pireney yarim 

orolining  Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlarni 

yetkazib  beradi.  G`arbiy  o’rtayer  dengizida 


 

323 


Karfagenning savdo  manfaatlarini  himoya  qiladigan 

Rim bilan uchta   shartnoma tuziladi. Er.avv.  V-III   

asrlarda Karfagen  yirik  hunarmandchilik markazi 

edi. Kulolchilik, zargarlik, kurolsozlik  ustaxonalarda 

oliy navli mahsulotlar tayyorlangan. Karfagenliklar 

moxir   quruvchi  bo’lganlar,karfagen  shahri 

mustahkam  devorlar bilan o’rab olingan edi. Shahar  

ichida ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar,   oddiy 

fuqarolar uylari, ombor va   doklar   (kema 

tamirlanadigan  va  quriladigan  joy)  qurilgan. 

Kemasozlik yuqori  darajada rivojlangan.  

Karfagen bepoyon  ekin yerlariga  ega edi. 

Dehqonchilik  quldorlik  xo`jaliklarida asosiy  soha 

edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar 

mo’l-ko’l  hosil  bergan. Er.avv.  VI-III  asrlarda 

Karfagenda  rivojlangan qulchilik  unsurlari   bo’lgan 

quldorlik  jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga erkin 

ishlab   chiqaruvchilar ko’p  bo’lgan. Karfagen 

shahrining o’zida  200 ming  aholi  yashagan.  Oliy 

tabaqa yirik   yer egalari, katta savdogarlar va 

koxinlardan iborat bo’lgan. Sharq   mamlakatlaridan  

farq   qilgan   holda   Karfagenda   byurokratik  

boshqaruv  apparati yuk edi. Mamlakatning iqtisodiy 

qudrati asosini ko’p sonli qullar va qaram aholini 

shafqatsiz talashi tashkil qilgan.      

 

Karfagenning siyosiy tuzumi 



 

324 


Karfagenning siyosiy  tuzumi eng boy  Karfagen 

oilalarining tor guruhi manfaatlarining aks  ettiradigan  

oligarxiya edi. Er.avv.   V-IV      asrlarda  oliy  

fuqarolik   hokimiyati  vakolati  berilgan  bir  yil  

muddatga saylanadigan  oliy mansabdor    ikki  sufet  

edi. Barcha davlat ishlarini  30 lar kengashi va  300 

a'zodan  iborat  oqsoqollar kengashi  hal qilgan.  Oliy 

nazorat organi  104 lar kengashi bo’lib, u sudyalik  

vazifalarini ham bajargan. Karfagenning xalq  yig`ini  

axyon-axyonda   chaqirilgan. U siyosiy   hayotga  

sezilarli   ahamiyatga ega emas edi. Kengashlarda 

qatnashadigan  oligarxlar  biror-bir zodagon oilaning 

hokimiyatni bosib olishiga yo’l qo`ymaslik  uchun 

harakat qilganlar. Karfagenning  ichki siyosiy  hayoti  

tarixi  hokimiyatni bosib olish uchun oliy tabaqa 

zodagon   guruhlari o’rtasidagi doimiy   kurashdan  

iborat edi.  Er.avv.   VI   asr o’rtalarida  dastlab 

lashkarboshi   Malx  Karfagenda  o’z  hokimiyatini  

o’rnatadi. Keyin esa zodagon  Magon oilasi qariyb  50 

yil davomida  hokimiyat   tepasida turadi.  

Er.avv.  V  asr  o’rtalaridagina   Karfagen 

oligarxiyasi   Magon  oilasining  hukmronligidan 

qutulib, yana o’z hokimiyatini qayta  tiklay olgan. 

Er.avv.      V    asr  ikkinchi    yarmidan    III    asr  

o’rtalarigacha  Karfagen   o’rtayer  dengizining 

g`arbidagi eng qudratli davlat bo’lib, uning qudratini  

asosi yuqori  rivojlangan iqtisodiyot, dinamik ijtimoiy  

tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi.  Ammo 



 

325 


er.avv.  III   asrning  60  - yillariga kelib Karfagen  

G`arbiy  o’rtayer  dengizi   havzasida  hukmronlik  

uchun Rim bilan keskin kurashga kirishadi. Er. avv.  

III-II    asr o’rtalarida puni urushlari natijasida 

Karfagen batamom  tor-mor  qilinib,  uning hududi 

Rim  respublikasining  Afrika  profinsiyasiga 

aylantiriladi (er. avv. 146- yil).  

                    

 

 

Karfagen madaniyati 

Karfagen   Misr, Xett, Bobil va Osuriya 

madaniyatlarini doimiy  ta'siri  ostida  bo’lgan va  shu 

sababli uning madaniyati sinkretik (madaniyatlar 

qo`shilmasi  hosilasi)  xususiyatiga  ega  edi. 

Karfagenning  muntazam urushlar bilan  bandligi 

yuqori  darajada   rivojlangan  madaniyatning 

taraqqiyotiga  shart-sharoit  yaratmaydi.  Jumladan, 

adabiyot, tasviriy san'at va  falsafa zaif’rivojlangan. 

Amaliy  fanlardan  agronomiya,  geografiya, 

matematika,   fortifikasiya va astronomiya   sezilarli  

rivojlanadi.  Britaniyaga  dengiz  sayoxati  

Atlantikaning  ekvatorial  qirgogiga  Gannonning  

mashhur  sayohati va  Karfagen  atrofini  mudofaa 

devorlari bilan   o’rab olish   tabiiy fanlarning 

taraqqiyoti natijasi edi. Magon tomonidan maxsus 

yozilgan agronomiya     traktati lotin tiliga tarjima  

qilingan. Karfagenliklar qadimda Afrika, o’rtayer 



 

326 


dengizi,  atlantika  qirg`og`i,  Kanar  va  Azor  

orollarining eng aniq geografik   xaritasiga ega 

bo’lganlar. Karfagen panteonining   bosh xudolari 

ma'buda  Tinnit va Vaal-Melkart edi. Tinnit shahar 

homiysi, donolik, mo’l-ko’lchilik va   tirilayotgan 

tabiat, hayotbaxsh ne’mat yaratuvchisi edi. 

Dushmanlarni qurqituvchi Molox - urush xudosi 

bo’lib, ba'zida odamlarni  qurbonlikka  keltirishni 

talab qilgan. Bu xudolar sharafiga   Finikiya 

an'analarini, Misr motivlarini va yunon me'morchiligi 

usullarini  o’zida  to’plagan   sinkretik uslubda 

ibodatxonalar qurilgan.Karfagen madaniyati g`arbiy 

o’rtayer dengizi va Shimoliy Afrika  tarixida muhim 

iz qoldirdi. 



                    

Tayanch iboralar  

Koloniya, Gades, Utika, Pitius, Ebes, Pireney, 

Gannon, Puni urushlari, Misr, Xett, matematika, 

Tinnit, geografiya, Osuriya, Bobil, Vaal-Melkart, 

Molox, Magon, Ebes, puni, er. avv. 146- yil, alaliy 

jangi, Malx 



         

 Tavsiya etilgan adabiyotlar 

    Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. 

T.1998 yil. 

Ладынин И. А. и др. История древнего мира: 

Восток, Греция, Рим.   «Слово»,  «ЭксмоЭ-М. 

2004. 


 

327 


Ñèðêèí É.Á. Êàðôàãåí è åãî êóëòóðà. Ì. 1986. 

Èñòîðèÿ  Äðåâíåãî   Âîñòîêà.Â.È.Êóçîúõèí  òàõðèðè 

îñòèäà.úÌ. 1988.                                     

 

Asosiy sanalar  

Er. avv. IX  

asr oxiri     

Karfagen 

shahriga asos solinishi. 

Er. avv. V  asr o’rtalari-III  asr o’rtalari 

  Karfagen  davlatining gullab- 

  

 yashnashi. 



Er. 

avv. 


535-yil       

Alaliya 


jangi 

Er. 


avv. 

146-yil.      

Rimliklar 

tomonidan Karfagenning   



                          

 bosib olinishi 

Mustaqil ish mavzulari 

Karfagen davlatining paydo bo’lishi 

Karfagen shaxar-davlatining  tashqi siyosati 

Karfagenning  ijtimoiy-iqtisodiy hayoti  



 

 

                                   Reyting savollari 

1. G`arbiy ortayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini 

markazini ko’rsating? 

A) Karfagen           B) Gades  

S) Sisiliya              D) Utika             E) Korsika 

2. Finikiyaliklar g`arbiy   o’rtayer dengizida o’z 

koloniyalarini  barpo   eta  boshlagan  sanani 

ko’rsating? 



 

328 


A) er.avv.  I   ming yillik  oxirlarida  

B) er.avv.  II-I  ming yillik oraligida  

S) er.avv.  III   ming yillikda      

D) er.avv.   II   ming  yillik oxirida  

E) er.avv.   II   ming yillik  boshlarida  

3. Eramizdan avvalgi   I  ming yillik boshlarida 

finikiyaning Ispaniyadagi   yirik savdo markazini 

ko’rsating? 

A) Karfagen    B) Utika 

S) Gades             D) Sardiniya  E) Tir 

4.Qadimgi Karfagen Tir shahri barpo etilgan  yillarni 

aniqlang? 

A) er.avv. 825  yoki 814 yil        B) er.avv. 823  yoki 

811 yil 


S) er.avv. 830 yoki 815 yil         D) er.avv. 850 yil 

E) er.avv. 875 yoki 828 yil 

5. Er.avv.  VII   asrda Karfagen tarixida  qanday 

voqea ro`y berdi? 

A)  Karfagen axmoniylar Eroni bilan aloqa o’rnatdi 

B) Karfagen tarixida 200  yil davom etgan  yangi davr 

boshlandi 

S) Karfagen Pitius  oroliga hujum  qildi 

D) Karfagen g’arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya 

koloniyalarini markaziga  aylandi. E) B  va D 

6.Karfagen  tomonidan  Finikiya  koloniyalarini  

bo`ysundirilishi sabablarini  ko’rsating? 



 

329 


A)  Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo’lishi 

natijasida  uning koloniyalarini metropoliya  bilan 

siyosiy aloqalarining zaiflashuvi 

B) yunonlarning xalqaro savdo va dengiz savdo 

yo’llarida xukmron  bo’lishi  xavfi 

S)  G’arbiy o’rtayer dengizi  koloniyalarini ichki 

taraqqiyotini ma'lum darajada  koord’nasiya qilishga  

bo’lgan extiyojini paydo bo’lishi 

D)  Finikiya  koloniyalari  bilan  xamkorlikni 

kuchaytirish ehtiyoji   

E) barcha javoblar to’g’ri 

7. Karfagen shahrini  kemalarga mo’ljallangan  sun'iy  

gavan qurish  hisobiga  kengayishiga nima sabab 

bo’ldi? 


A) aholining tez o`sishi  

B) shahar hududini kengaytirishga bo’lgan ehtiyoj 

S)  Karfagenning yirik savdo  markaziga aylanishi 

C) kemasozlikning rivojlanishi   

E) A  va B 

8. Karfagenning  Afrikadan  tashqaridagi  birinchi 

koloniyasini ko’rsating? 

A) Pitius  orolidagi Ebes shahri         B) Pireney yarim 

orolidagi Ebes shahri 

S) Ispaniyadagi Gades shahri            D) Italiyadagi 

Korsika oroli 

E) Sardiniya oroli  



 

330 


9. Karfagenning   Ispaniya   sharqiy  qirg`ogiga 

o’rnashib  qolishiga  yo’l  bermagan  xalqni 

ko’rsating? 

A) samnitlar        B) yunonlar 

S) xitoylar           D) ispanlar           E) arablar 

10. Yirik davlat birlashmasining   markazi  Karfagen 

hududini aniqlang? 

A)  janubiy Sisiliyaning g`arbiy qismi      B) Pitius 

orollari 

S) Shimoliy Afrika                D)  Sardiniyaning 

janubi   

E) barcha javoblar to’g’ri 

11. Karfagen er. avv.  VI   asr oxirida  aloqa o’rnatgan 

davlatni ko’rsating? 

A) Eron         B) Hindiston  S) Misr        D) Suriya   E) 

Yunoniston 

12. Er. avv.  VI  asr o’rtalarida Karfagen Markaziy 

Italiyada yashagan  qaysi  qabila  bilan do’stona  aloqa 

o’rnatib  shartnoma  tuzdi? 

A) gallar  bilan      

B) forslar bilan  

S) etrusklar bilan       D) sardlar bilan         E)  

ispanlar bilan 

13. Karfagen-etrusk floti  Korsika yonidagi Alalida  

yunon flotini yanchib  tashlagan yilni ko’rsating? 

A) er.avv. 346 yil                B) er.avv. 393 yil 

S) er.avv. 519 yil                D) er.avv. 613 yil       E) 

er.avv. 535 yil 



 

331 


14. Er. avv. V  asrda  Yunonistonga  bostirib  kirgan 

davlatni ko’rsating? 

A) Arabiston         B) Eron         S) Hindiston       D) 

Xitoy         E) Misr 

15.  

Karfagenning  gullab-yashnagan  davrini 



ko’rsating? 

A) er.avv.  V  asr o’rtalaridan-er.avv. III   asrgacha 

B) er.avv.  IV-III  asrlar        S) er.avv.  III-II  asrlar 

D) er.avv.  I asridan  eramizning   II  asri    E) er.avv.  

VI-III  asrlar 

16.  Karfagen o’z tashqi siyosatini asosiy  yo`nalishini 

qaratgan hududni aniqlang? 

A)  Korsika oroli                  B) Sardiniya oroli 

S) Sisiliya oroli                    D) Misr            E) 

Shimoliy Afrika 

17.  Karfagen  dengizchisi  Gannon  ekspedisiyasida 

necha kema qatnashganligini aniqlang? 

A) 100 ta kema                    B)  38 ta kema 

S) 60 ta kema                      D) 55 ta kema           E) 18 

ta kema 

18. Karfagen dengizchisi  Gannon  30 ming  kishilik  

ekspedisiyasi   bilan  sayohat  qilgan  hududni 

ko’rsating? 

A) Hind okeani                     B) Atlantika okeani 

S) Amerika qit'asi                  D) Mikroneziya orollari     

E) Yava  oroli 


 

332 


19. G’arbiy o’rtayer dengizida Karfagenning savdo  

manfaatlarini  ko’zlab   Rim   bilan  tuzgan 

shartnomalari sonini ko’rsating? 

A) 2                B) 5            S) 3          D) 4        E)6 

20.  Eramizdan avvalgi   V-III  asrlarda Karfagenda  

yuqori  darajada   rivojlangan  xo`jalik  sohasini 

ko’rsating? 

A) zargarlik               B) kulolsozlik 

S) quruvchilik           D) kemasozlik               E) 

qurolsozlik 

21.  Karfagen   quldorlik   xo’jaliklaridagi  asosiy   

sohani ko’rsating? 

A) dehqonchilik            B)  uzumchilik           

S) chorvachilik             D) baliqchilik              E) A va 

22. Eramizdan avvalgi  VI-III  asrlarda Karfagen 



shahrida yashagan  aholi sonini ko’rsating? 

A) 200 ming kishi                    B) 253  ming kishi              

Ss) 150 ming kishi 

D) 500 ming kishi                   E) 70 ming kishi 

23. Qadimgi Karfagenda oliy tabaqaga mansub 

bo’lgan toifani  ko’rsating? 

A) katta yer egalari, savdogarlar          B) kohinlar, 

dindorlar 

S) qurolsozlar                                        D) A  va B                    

E) chorvadorlar 

24. Qadimgi Karfagenda oqsoqollar  kengashi tarkibi 

necha  kishidan iborat bo’lgan? 



 

333 


A) 50               B) 300             S) 200           D) 150          

E) 25     

25. Er.avv.  IV  asrda Karfagenda eng muhim davlat 

ishlarini hal qilgan  tashkilot? 

A) 30 lar kengashi va 330  kishidan iborat oqsoqollar 

kengashi  

B) 300 lar kengashi  30  kishidan  iborat  oqsoqolllar  

kengashi 

S) 100 kishidan iborat oqsoqollar  kengashi va 30 lar 

kengashi  

D) 30 kishidan  iborat oqsoqollar kengashi  va 104  lar 

kengashi 

E) 300 lar kengashi va 104  kishidan iborat oqsoqollar 

kengashi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

334 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

IV  BOB. 



 

Qadimgi Eron 

                          

           

                                  Eron  iqlimi va aholisi 

Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat 

kontinental  iqlimli  mamlakat. Dehqonchilik uchun 

qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. 

Shimolda Elburs  tog’ tizimi va unga Turkman, 

Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan 

Zagros  va janubiy Eron tog`lari  o’rab turadi. Janubiy 

g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari 

vodiysida yuqori  hosil beradigan yerlar mavjud.  

  Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy 

(gutiy)  va  kassit  hind-yevropa   tillarida  


 

335 


so’zlashadigan   qabilalar  yashagan.  Eron   so’zi  

«ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. 

Er.avv.   II   ming   yillikda oriy qabilalari Eron,  

Hindiston,  Markaziy  Osiyo  va  Kavkaz  ortiga  

tarqalgan.  

            



Qadimgi Eron  tarixi manbalari va tarixnavisligi 

Eron tarixining  alohida davrlari  turli xil  yozma  

manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv.  

III-I  ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi  

bo’lgan Elam tarixini  yoritadi: ular podsho yozuvlari, 

huquqiy  hujjatlar, bag`ishlov  matnlari, davlatlararo  

shartnomalardir. 

Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha  manbalar  

xilma-xil: bu xo’jalik  hujjatlari,  tarixiy  yozuvlar, 

amaldorlarning  rasmiy yozishmalari. Hozirgi  vaqtda  

qadimgi fors tilida elam  va akkad tillariga tarjima  

qilingan 200  ga yaqin (podsholar)  mixxat yozuvlari 

chop   etilgan. 1972   yilda   fransuz arxeologlari  

Suzada Doro   I   ning  ulkan  haykalini  topdilar.  

Haykal  qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif  

matnlari  bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari 

Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks  yozuvlari 

nusxalari topilgan. Persepolda er.avv.  III  ming 

yillikka  oid elam  tilida  mixxat  bilan yozilgan 800 ta  

hujjat topilgan.  

Fors qabilalarini   Old Osiyo chegaralaridagi 

harakati  to’g`risida  er.avv.    IX-VII        asrlarga    oid  



 

336 


Osuriya yezuvlari  ma'lumot beradi. Bobil tarixiy 

xronikasi  Mesopotamiyani  forslar tomonidan  bosib 

olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy 

taxtachalarda yezilgan  10000  ming bobil xususiy  

huquqiy  va ma'muriy  xo’jalik hujjatlari mavjud.  

Shuningdek, Misrdan forslar  davriga  oid turli xil  

ma'muriy xo’jalik   hujjatlari, podsho Kumbizning 

Misr ibodatxona mulklarini   cheklash to’g`risidagi 

dekreti, Doro  I  ning  Misr qonunlarini kodifikasiya  

qilish to’g`risidagi farmoni  katta qiziqish uyg`otadi.  

Midiya va Eron tarixi bo’yicha   ma'lumot 

beradigan manbalardan biri  bu yunon mualliflarining 

asarlari hisoblanadi. Gerodot  (er.avv. V asr)ning 

tarixi, Fukidid (er.avv. V asr)  tarixi, Ksenofontning 

«Yunon tarixi» asari, uning  «Anabasis» memuari, 

sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy  kutubxona»si   kabi 

asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy,  ijtimoiy,  

harbiy-diplomatik  ma'lumotlar beradi. 

 

Eronda  mezolit  va  neolit  davriga  oid  



manzilgohlar,   arxeologik   topilmalar, kulolchilik 

buyumlari  Suza  shahrining  ilk  qatlamlari 

yedgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, 

Pasargad xarobalaridan  topilgan ulug’vor haykallar, 

qoya tosh relyeflari qimmatbaho  metallardan qilingan  

buyumlar-riton-qadahlar,  harbiy  qurollar  va  

taqinchoq-bezaklar  topib  o`rganilgan.  Yevropa  

olimlari J. de Margo va Grishman bu qadimgi 


1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling